Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Abadiy muhabbat. Erkak kishi umrbod faqat bir ayolni sevishi mumkinmi?

Odamlar muhabbatga, ustiga-ustak abadiysiga ishonishmaydi. Ommaviy axborot vositalari faol tarzda sevgi atigi uch yil yashashining tasdig‘ini targ‘ib qilmoqda. Ehtimol, shuning uchun nikohdan ko‘ra ajrashishlar soni ortayotgandir. Ayrim zamonaviy qizlar va ayollar ularni bir umr sevadigan erkakni uchratishni orzu qilishadi. Erkak kishi umrbod faqat yagona ayolni sevishi mumkinmi?

Sir emaski, ayollar va erkaklar turli sayyoradan. Ayollar ko‘proq his-tuyg‘ularga tayanadi va doimo erkaklardan romantikaga boy sevgi iqrorlarini kutishadi. Erkaklar uchun o‘z his-tuyg‘ularini namoyish qilish qabul qilinmagan, shu sabab ular astoydil o‘z hayajonlari va tilaklarini yashirishadi. Qoidaga ko‘ra, erkaklar o‘z sevgilarini so‘z emas, amaliy harakatlar bilan isbotlashadi. Qachonki erkak kishi sevsa, u g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, moliyaviy savollar va boshqa muammolarni hal qilishni o‘ziga oladi. Kamchilik ayollar buni tushunishadi, ular o‘z his-tuyg‘ularini so‘zlarda ifodalashga ko‘nikishgan, buni erkakardan ham kutishadi. Natijada ko‘p xonimlar erlari ularni sevishmaydi, deb o‘ylashadi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham abadiy muhabbat mavjud, hatto bizning shafqatsiz dunyoda ham. Bir ayolni sevadigan erkak – kamyob hodisa. Lekin bundaylar sevimli rafiqalari uchun barcha narsani qilishga tayyordir. Ularga mahbubalari baxtli bo‘lishlari muhim, birgalikda o‘zlarini baxtli his etishdan mamnun bo‘lishadi. Uning muammosi shundaki, javobsiz sevgi va ajrashishni juda ham og‘riqli o‘tkazadi. Ular boshqa ayol bilan kamdan-kam holatda oila qurib, farzandlar orttirishadi, ko‘pincha, ular sevimli ayollarini qaytarish uchun barcha ishga qo‘l urishadi yoki yolg‘izlikda bir tomonlama sevgi tuyg‘usidan jimgina azob chekishadi.

 

Ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, bir insonni sevadiganlar o‘z mohiyatiga ko‘ra baxtsiz odamlardir. Oddiy odamlar bir necha marta sevishlari, turli xil sheriklar bilan baxtli bo‘lishlari mumkin. Yagona sevgi sohiblari bir bor sevib, bunga arzirli javob olishmasa, bir umr javobsiz muhabbat tuyg‘usi bilan yashashga mahkum bo‘lishadi. Demak, ular hech qachon haqiqiy sevgini boshdan kechirishmaydi. Yolg‘izlikdagi, oilasiz va yaqin insonlarsiz hayot bizni baxtli qilmaydi. Mayli yuragimiz bir necha bor parchalansin, lekin natijada biz o‘zimizga kerakli insonni topamiz va haqiqiy sevgi tuyg‘usini his qilamiz. Bu hayotda faqat muhabbat ahamiyatga ega.

Umr bo‘yi bitta ayolni sevadigan erkak o‘zi ayoliga sodiq qoladi, ajoyib ota va benuqson er bo‘ladi. Eng muhimi, tanlagan yori ham xuddi shunday sevishi va qadrlashi darkor. Ana shundagina bunday nikohni bekamu-ko‘st deb atash mumkin. Erkaklarning sodiqligi ayollarning ularga munosabatiga qarab o‘lchanadi. Har qanday ayol eri unga sodiq qolishi va faqat uni sevishiga zamin yaratishi mumkin. Buning uchun erkakni boricha qabul qilish, uni janjallarsiz, ta’nalarsiz va qaytadan o‘zgartirish istagisiz sevishning o‘zi kifoya.

Sizga omad tilaymiz!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.01.2016 18:39
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz