Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Dunyo podshohining yuragini zabt etgan Xurram xonim sirlari

Shubxasiz aytish mumkinki, Xurram xonim haqidagi epos romantizmga to’la edi. “Muhtasham yuz yil” seriali qahramoni Xurram xonim o’z hukmdorini qanday qilib o’ziga rom etgan? Tarixga nazar solsak, bu voqealar haqiqatda ro’y bergan. Betakror va jasur malikaning sirlari esa quyidagicha edi:

 

1. Mardonavor erkinlik
Albatta, birinchi o’rinda Xurram xonimning mardonavor va jasur xarakteri va qat’iyatli erkinligini aytib o’tish lozim, chunki, har bir erkak ayoli qiziqarli hamda mustaqil bo’lishini istaydi.

Mardonavor ayol – aqlli. Turmush o’rtog’ini jalb qilish uchun o’ziga xos go’zallikdan tashqari aql va farosat zarur. Qiyinchiliklarga o’rgangan va katta maqsadlar sari harakat qiladigan podshoh uchun bunday shaxsiyatli ayol o’ziga rom etmasligi mumkin emas.

2. Aql va zehn
Aql, yanada aniqroq aytsak, ijobiy donishmandlik. Donishmand ayol erkak kishi uning shaxsiy mulki emasligini yaxshi tushunadi. U erini qo’llab-quvvatlaydi, cheksiz ishonch bildiradi. Insonga psixologik erkinlik va mustaqillik hamda shaxsiy hudud kerakligini to’g’ri anglaydi. O’zi esa sevimli mashg’uloti bilan shug’ullanadi.

 

3. Fe’l-atvor
Fe’l-atvor yoki o’ziga xos tavvakalchi xarakter sohibasi. Haramxonaga ilk bor kelganidayoq Xurram o’zining xarakteri va tavakkaliga ish tutgani uchun uni olib qolishgan. Bu har doim ham qo’llab bo’lmaydigan va qisman xatarli ish bo’lgan, ammo aynan shu jasorati tufayli Xurram hammadan yaqqol ajralib turgan. Shuningdek, o’zini quldan ko’ra yuqoriroq his etishini barchaga bildirib qo’ygan.

4. Yaqinlik, sodiqlik tuyg’ularini namoyish qilish
Har qanday ayol Sulaymondek buyuk sarkardaning baxtli turmush o’rtog’i bo’lib qolishni orzu qiladi, lekin u faqatgina podshoh emas, balki erkak hamdir. Har qanday erkak kabi ayoli uni rad etishidan oz bo’lsada cho’chishi tabiy holdir. Erkak kishiga qanchalik u bilan birga bo’lishni xohlashingiz bilan uni ushbu shubxalardan xalos etasiz. Sulton Sulaymon o’z shuhrati va boyligi uchun emas, balki uni haqiqiy erkak sifatida qadrlagani uchun Xurram xonimni boshqa ayollardan ko’ra ko’proq sevgan.

5. Kuchli ekanligiga qaramay ojiza bo’lish
Har bir erkak ayoli oldida o’zini kuchli va qudratli his etishni xohlaydi. Shuning uchun, ushbu sifatlarni ko’rsatishida yordam bergan ayol o’z-o’zidan erkakni ipsiz bo’g’lab qo’yadi. Ushbu usulning samarasini Xurram xonim serial boshidayoq sinab ko’rgan. G’azab otiga mingan Moxidavron unga tashlangan vaqtda Xurram qarshilik ko’rsatmagan, garchi jismonan undan ancha baquvvat bo’lsa ham. Chunki erkak kishi uchun ayoldagi eng yoqimsiz jihat bu – jahldorlik, qiziqqonlikdir.

6. Kerakli vaqtda itoatkorlik
Erkak kishi sizga ustozlik qilishi va maslahatlar berishiga yo’l berib, uni diqqat bilan tinglasangiz, unga nisbatan qiziqishingizni namoyon etgan bo’lasiz. Shu bilan birga o’z o’rningizni mustahkamlagan bo’lasiz. Nigor xonim maslahatiga quloq tutib, Xurram xonim Islomni qabul qiladi va bu bilan Sulaymon sulton o’z hayotini o’zgartirib yuborishida yagona insoni ekanligini isbotlaydi.


7. Fahmlash
Ko’pchilik ayollarning xatosi shundaki, ular erining har bir ishida ishtirok etishga urinadilar. Turli suhbatlar sizni yaqinlashtirishi mumkin, ammo erkak uchun muhim hisoblangan tinchini buzadi. Xurram xonim Sulaymon sultonning davlat ishlariga aralashmagan.


8. Erkak kishi uchun yaxshilik va quvonch manbai bo’lish
Sulaymon xotinini bejizga “quyoshim”, “tuganmas bayramim”, deb erkalamagan. Xurram doim xushchaqachaq va baxtli bo’lgan. Bu tasodifan emas. Tabiatan yorqin, sho’x, xushchaqchaligi sultonning yuzlab tashvishlarini vaqtinchalik unutib, baxtni his etishiga sababchi bo’lgan.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 29.08.2017 18:06
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz