Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Erkak va ayol orasidagi do'stlik haqida

Erkaklar do‘st tutinganda ularga hurmatimiz yanada oshadi, ayollar do‘stligini ko‘rganda esa doim ularga havasimiz keladi. Ayol va erkak do‘stlashsa-chi? Ba’zida ularga nisbatan darrov ishonchsizlik, xavfsirash, xattoki g‘azab hislari ham uyg‘onishi mumkin. Xo‘sh, nima uchun ayol va erkaklar do‘stligiga boshqacha nazar bilan qaraymiz? Aslida ular do‘st bo‘la oladimi? Keling, masalaga xolisona yondashamiz.

Birinchidan, “do‘stlik” tushunchasini ayol va erkaklar turlicha qabul qiladilar. 
Ayollar do‘stligi o‘zaro ishonch asosida qurilgan munosabatlardir. Ya’ni, ular ko‘nglidagini to‘kib-sochadilar, dugonalaridan turli maslahatlarini ayamaydilar, erkaklar mavzusida ham uzoq suhbat quradilar. Erkaklar esa do‘stlikni amalda namoyon etadilar. Ular kuchsiz ko‘rinishni yoqtirmaydilar va ayollar kabi ko‘p gapirmaydilar. Eslab ko‘ring-chi, erkak kishi do‘sti bilan telefonda soatlab suhbatlashganini ko‘rganmisiz? 

Ikkinchidan, jamiyat tomonidan qolip qilib olingan stereotiplar fikr-u xayolimizga katta ta’sir o‘tkazadi. Ya’ni, faqat ayol yoki faqat erkaklar orasidagi do‘stlikka tabiiy holat deb qaraymiz. Albatta, ayol va erkak orasida ham do‘stlik paydo bo‘lishini va bu ham odatiy hol ekanligini unutib qo‘yamiz. Agar sinchiklab e’tibor bersangiz, aksariyat erkaklar ayol do‘stni tashqaridan qidiradilar. Ayollar esa hamkasb yoki kursdosh erkaklar bilan do‘stlashishadi. Nega? 

O‘sha erkak oilali bo‘lsa, vaziyat kundek ravshan bo‘ladi: chunki erkak kishiga oila bera olmagan narsalarni do‘stlari beradi. Masalan, o’sha erkak oilasida taqiqlangan mavzuda ayol do‘sti bilan ochiq-oydin so‘zlashishi mumkin. O’sha mavzular noto‘g‘ri ishlar, hissiyotlar va qandaydir xavotirlar haqida bo‘ladi. Shuning uchun, uylangan kishi biror ayolni yoqtirib qolsa, yoki qimorda katta pul yutqizib qo‘ysa, xatto jiddiy kasallikka chalinsa ham xotiniga aytgisi kelmaydi. Natijada u do‘stlashgan “begona” inson esa eng katta ishonchiga sazovor bo‘ladi. To‘g‘ri, erkak do‘stlar bir-biridan yordamni ayamaydilar, lekin qalb tubidagi sirlarini ham bo‘lishavermaydilar. Erkaklar yurakdagi gaplarni faqat ayol kishi uchun saqlab qo‘yadilar. O‘sha ayol esa, afsuski, doim ham rafiqasi bo‘lib chiqmaydi…

Haqiqiy do‘stlik hozirgi zamonda juda kam uchraydi. Do‘stlikni qadriga yetadigan insonlar ham ko‘p emas. Shunday ekan, o‘zingizga savol berib ko‘ring: sizning chin do‘stingiz kim? Balki javobni uzoq vaqt davomida topa olmassiz. Chunki insonlar “do‘stlik” tushunchasiga juda ko‘p ma’nolar yuklab tashlashgan.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.12.2017 21:12
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz