Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Har bir erkak kishi bilishi kerak bo’lgan odob-ahloq qoidalari

1. Ko’chada  erkak kishi ayol kishining chap tarafida yurishi kerak. O’ng tarafda faqat harbiylar yurishi mumkin, harbiycha salom berishlari uchun.

 

2. Agar ayol kishi qoqilib yoki sirg’alib ketsa, erkak kishi uning tirsagidan ushlab qolishi kerak. Boshqa payt erkak kishining qo’lidan ushlash-ushlamaslikni ayol kishi o’zi hal qiladi.

 

3. Ayol kishining oldida erkak kishi uning ruhsatisiz chekmasligi kerak.

 

4. Kirish va chiqish joylarida yigitlar honimlarga yo’l berib, o’zlari orqada yuradilar.

 

5. Zinadan tushayotgan yoki  ko’tarilayotganda erkak kishi ayol kishidan bir-ikki zina oldinda yoki orqada, yiqilib qolmasligi uchun tutib qolishga tayyor holda yurishi kerak.

 

6. Liftga esa birinchi  bo’lib erkak kishi kiradi, chiqayotganda ayol kishiga yo’l beradi.

 

7. Avtomobildan birinchi  bo’lib erkak kishi tushib, uni aylanib  o’tadi va ayol kishi  o’tirgan  o’rindiqning eshigini ochib, uning mashinadan chiqishiga yordamlashadi. Mashinaga  o’tirayotganda esa erkak kishi ulovni  o’zi boshqarsa, avval ayol kishining o’tirishiga yordam beradi, avtomobilning eshigini ochib, ayolning tirsagidan ushlab, uning oldingi o’rindiqqa  o’tirishiga yordam beradi. Agar ular taksi  yo’lovchilari bo’lsa, ikkalovligi ham orqa  o’rindiqda ketishlari kerak. Salonga avval ayol joylashadi, erkak uning yoniga o’tiradi.

 

8. Biror bir binoga kirganda erkak kishi ayolga ustki kiyimini yechishga, chiqayotganda esa kiyishiga yordam berishi kerak.

 

9. Jamoat joylarida ayol kishi turgan bo’lsa, erkak kishining o’tirishi joiz emas. (Bu transportga ham taalluqli).

 

10. Qoida  bo’yicha  erkak kishining ayol bilan uchrashuvga kechikishi mumkin emas, aksincha  u sal vaqtliroq kelishi kerak. Chunki uning kechikib kelishi xonimni xijolatga solishi mumkin. Kutilmagan holda ushlanib qolsa, ogohlantirishi va uzurini aytib qo’yishi kerak.

 

11. Istagan yoshdagi har bir ayolga yirik buyumlar va og’ir sumkalarni ko’targanida yordam berishi kerak. Ayollar sumkachasi, yengil po’stin va mantolar bularning sirasiga kirmaydi. Agar ayol sog’lig’i  tufayli bu narsalarni ko’tarishga holi kelmasa, uni olishingiz mumkin.

 

12. Jamoat joylarida, ayniqsa erkaklar davrasida ayol kishi haqida oshkora suhbat qurush odobga to’g’ri  kelmaydi.

 

13. Ayol bilan suhbatlashayotganda erkak kishi qo’lini ko’kragiga chalishtirishi, qo’lini  cho’ntagiga tiqishi to’g’ri emas. Qo’lida har xil narsalarni aylantirib turishi ham mumkin emas.

 

14. Bilib qo’ygan  yaxshi: erkak kishi restoranga birinchi  bo’lib kiradi, chunki bosh ofitsiant tashabbus kimdan chiqqanini va  to’lo’vni  kim amalga oshirishini bilishi kerak. Agar restoranga katta kompaniya kelsa ham, birinchi  bo’lib tashkillashtirgan va pulini  to’laydigan odam kiradi. Kiraverishda shveytsar kutib olsa, birinchi bo’lib ayolni o’tkazib yuborish kerak. Shundan keyin erkak kishi bo’sh joy topadi.  

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.01.2016 18:39
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati), Yigitlarga Maslahat!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz