Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Javobsiz sevishganlarga nima maslahat bersa bo‘ladi?

Umuman javobsiz tarzda sevadiganlarga maslahat berish mumkinmi? Agar siz shunga o‘xshash vaziyatga tushmagan bo‘lsangiz, hech narsani maslahat bera olmaysiz, chunki javobsiz sevgi nima ekanligini tushunmaysiz.

Dastlab siz holatingizga nisbatan faylasufona yondoshing. Hayot bilan hisob-kitob qilish, hushdan ketguncha ichish yoki boshqa bemulohaza harakatlarni amalga oshirish mutlaqo shart emas. Shunchaki, vaziyatni boricha qabul qiling, “Nimaga men emas?”, “Undan nimam kam?” kabi savollar bilan o‘zingizni qiynamang. Holatingizni chuqurlashtirmang, yulduzingiz bir-biriga to‘g‘ri kelmagan bo‘lsa bunda hech kimning aybi yo‘q, barchani boricha qabul qiling. Balki bir tomonlama sevgi hayotingizdagi kichik bir voqeadir, burilishdan keyin sizni eng muhim uchrashuv kutib turgandir. Oshiqlik bu kasallik, o‘zingizni o‘zingiz “mubtalo qiladigan” narkotikdir. Demak, faqat siz o‘zingizni bu qaramlikdan qutqarasiz.

Har qanday yo‘l bilan javob tuyg‘usiga intilishga harakat qilmang. Muhabbat – istakka binoan sodir bo‘lmaydi, o‘z harakatlaringiz bilan sidqidildan sevgan insoningizning rahm-shafqati yoki yoqtirmasligiga erishasiz. Oradan vaqt o‘tgach, bu ishingizdan uyalib qolasiz. Qolaversa, boshqa bir odam sizning xususiy mulkingiz hisoblanmaydi. U siz istagan tarzda o‘zini tutmaydi. Agar sevmasa, sizni baxtli qila olmaydi va uni sevishga majbur qila olmaysiz.

Sidqidildan sevgan insonga yoki atrofdagilarga tuyg‘ularingizni namoyon qilib, muammolar yaratish kerak emas. Ustiga-ustak sevgan insoningizning oilasi bo‘lsa. Oshiqligingiz tezda o‘tib ketadi. Bu pallada keltirib chiqargan muammolaringizni uzoq vaqt hal qilishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha kimnidir sevib qolsak, umuman olganda bu qanday inson, deb o‘zimizga hisob berishni to‘xtatamiz. Balki u oilaviy hayot va me’yordagi munosabatlar uchun moslashmagandir. Odatda ayol sevib qolsa va erkak buni o‘z vaqtida anglab yetmasa uning hayotini zaharlaydi.

Esda tuting, bularning barchasi o‘tkinchi. Sulaymonning uzugida yozilgandek “bu ham o‘tib ketadi”. Faqat bir-biriga nisbatan o‘zaro muhabbat uzoqqa cho‘zilishi mumkin, lekin u ham keyinchalik odatga, hurmatga va do‘stlikka aylanadi. Javobsiz oshiqlik tezda o‘tib ketadi, chunki u hech narsa bilan mustahkamlanmagan. Asosiysi, vaziyatdan to‘g‘ri chiqib ketish. Taqdirdan ranjish, sevgiga yarasha javob bermagan insonni qarg‘ash bilan yashash mumkin. Yoki barchasini to‘g‘ri tushunib, vaziyatni o‘tkazib yuborish, yurakni qiynamay haqiqiy muhabbatni uchratish uchun oldinga yurish mumkin.

O‘z qayg‘u va ozorlaringiz bilan qorishib yurganingizda hayot shundoqqina yoningizdan o‘tib ketganini ham sezmaysiz. Aynan siz uchun sevimli insoningizni uchratish va suyukli bo‘lishni his etish imkoniyatini qo‘ldan boy berasiz. Yuragingiz uning qadam tovushlaridan titrasa, so‘ngra uning salgina teginib ketishi natijasida yanada qattiqroq ura boshlaydi. Bularning baridan o‘zingiz yuz o‘girib, yo‘qotganingiz uchun vahimaga tushasiz. Shu sababli taqdirdan va tuyg‘ularingizga javob bermagan insondan xafa bo‘lish kerakmikin, degan savolni o‘zingizga bering.

Baxtli bo‘lish yoki bo‘lmaslikni o‘zingiz hal qilasiz.

Mirmuhammad Ergashev tayyorladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 15.02.2016 23:20
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем
Javopsiz sevgi?
Muxabbat?
Sevgi?
Agar. rostan sevga bösez javopsz bösayam. yaxw kôrvuras. Lekn. brga bôlomsz. Bu sevgs. 1 csi va oxrgsi bôladi. afsuski. keyngi. taqtrz bögan insoni qancali urnme. barbr sevomsz. tepadi gaplada hatola bor. töri unitmasa. odam ôzin yôqotp qôyadi. lekn unitwka imkon yö. oxri barbr bowqasi blan bôsayam yure. unkimas. 1 sevglsniki bop qoladi. javopsz sevgi haqiqiy muxabbat. i. sinovdir!!!!
hammaga sevgda omat. iloym 1 tomonlama hc kmda bômasn(((
Yaxwi maslahat mani hali rat qiliwmagan unaqa yam bomagan man
Qanchali unutishga urunsam shunchali ko'p o'ylay boshliman man aniq bilaman bu sevgi 1 va ohirgisi buladi
Man 6 yildan beri sevaman javob esa....
sevgi shunde faqat chin sevganla bir birini qiynaydi!
manimcha javobsiz sevgi bo'lsa ham unutish oson bomidi ayniqsa u birinchi sevgi bo'lsa
Bu qanchalar kerakli maslaxat, ayniqsa hozirgi kunda

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz