Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Munosabatlar haqidagi unutib bo‘lmaydigan oddiy haqiqatlar

1.Hech bir inson sizning hayot yo‘lingizda behudaga uchramaydi.
Har kuni biz yangi insonlarni uchratamiz va har bir uchrashuvdan o‘zimiz uchun nimadirni olamiz. Kimdir bizni sinovdan o‘tkazadi, kimdir foydalanadi, kimdir saboq beradi, kimdir yangi ko‘nikmalarni olishga yordam beradi, yana kimdir esa bizni yanada yaxshiroq shakllantiradi – bu eng ahamiyatlisi.

2.Munosabatlarda o‘zingiz beradigan narsani olasiz.
Injiqliklar, ayblash va haqoratlashga javoban tabassum, quchoqlashish va sevgi izhorini olishga ishonmang. Agar siz tushunishlarini istasangiz o‘zingiz tushunishga harakat qiling. Barchasi qaytib keladi, bu har doim ishlagan oddiy formula.
3.Biron inson hayotidagi o‘rin uchun kurashish kerak emas.
Zo‘rlik bilan yoqimli bo‘la olmaysiz, ko‘pchilik bu oddiy va juda dono haqiqatni unutib qo‘yishadi. Hech qachon boshqa insoning hayotidagi makon uchun jang qilmang. Axir siz bu unga kerak yoki kerak emasligini bilmaysizku.
4.Barcha odamlar o‘zgaradi, bu tabiiy.
Odamlardagi talablar, fikrlar va hatto ishonch ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Shu sababli kimdir siz o‘zgarganingizni aytsa, xafa bo‘lmang va o‘zingizda kamchiliklarni izlamang. Ehtimol, bu o‘zgarishlar sizning foydangizga bo‘lgandir. Sizning qiziqishlaringiz yaqin insoningiz bilan mos kelmasligi, muloqot bo‘lmasligida qo‘rqinchli narsaning o‘zi yo‘q. Goh-gohida bir-biringizga tabrik xatlarini jo‘natib turing va iliq xotiralarni saqlab qolish kerak. Samimiy bo‘ling.
5.Munosabatlar ustida ishlash kerak.
Munosabatlar o‘zidan o‘zi qurilib qolmaydi. Ular ikki tomonning faol ishtirokini talab qiladi. Samimiylik, o‘zaro muhabbat va hurmat – bularsiz har qanday munosabatlar barbod bo‘ladi.
6.Kechirishni o‘rganish kerak.
Ko‘pchilik kechirishni – ojizlik belgisi deb tushunishadi. Lekin “Men seni kechiraman” iborasi umuman “Men haddan tashqari yumshoq inson bo‘lganim uchun xafa bo‘lmayman, sen esa yana hayotimni barbod qilishing mumkin, men senga yagona bir so‘zni aytmayman” deganni bildirmaydi. Bu “Men o‘tmish kelajak va hozirgi hayotimga putur yetkazishiga yo‘l qo‘ymayman, shu sababli men seni kechiraman va barcha xafagarchiliklarni unutaman”, degan ma’noni anglatadi.
7.Bahs va tortishuvlar – bu vaqtni behudaga sarflashdir.
Sizni g‘azablantiradigan odamlarni haqorat qilish bilan kamroq vaqt o‘tkazsangiz, sizni sevadigan insonlar bilan birga o‘tkazishingizga ko‘proq vaqtingiz bo‘ladi. Agar siz va yaqin insoningiz o‘rtasida bahs sodir bo‘lgan bo‘lsa, o‘zingizni qo‘lga oling. Nafrat sizni bo‘ysundirishiga yo‘l qo‘ymang, aks holda butun umr sizga uyatli bo‘ladigan so‘zni aytib yuborishingiz mumkin. Ba’zida mustahkam munosabatlar birgina ehtiyotsizlik oqibatida aytilgan so‘z ta’sirida barbod bo‘lishi mumkin.
8.Siz boshqa insonni o‘zgartira olmaysiz.
Inson o‘zini-o‘zini o‘zgartira olishga qodir, lekin boshqa birov emas. Shu sababli siz yaqin va qadrli insonlaringiz boricha qabul qiling. Agar siznga kimdir yoqmasa, ochiq bo‘lib, buni unga ayting. Ehtimol, siz sevadigan inson siz uchun o‘zgarmoqchidir.
9.Hayotingizdagi ba’zi insonlarnig yo‘qligi sizning foydangizgadir.
Atrofni o‘zgartirishdan qo‘rqmang. Hayotingizga noqulaylik olib kelayotgan insonlarni qo‘yib yuborishni o‘rganish zarur. Agar oxirgi paytlarda eng yaxshi do‘stingizdan sotqinlik va haqoratni ko‘rsangiz, unga yopishmang va uni qo‘yib yuboring.

10.Yoningizdagi insonlarni qadrlang.
Yaqin insonlaringizga ular qanchalar qadrli ekanliklarini aytishni unutmang. Ularga keragicha vaqt ajrating. Ehtimol, sizning munosabatingiz qachonlardir tugar, hatto agar nimadir uzoq davom etmasa ham, bunga vaqt ajratish kerak emasligini bildirmaydi.

Deb xabar tarqatadi quydagi manba.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.12.2016 19:46
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем
Hayotiy maslahatlekan

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz