Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Nega erkaklarga erkalatadigan laqab qo’yish mumkin emas?

“Qanday qilib kemani atasangiz, shunday qilib u suzadi” degan mashhur iborani hayotimizning turli sohalarida qo’llash mumkin.

 

Erkalatish so’zlari ham shular jumlasidan. Albatta, agar sevgan odamingizni quyoncha deb atasangiz, quyonchaga aylanib qolmaydi, ammo sizning himoyachingiz jahli chiqishi mumkin.

 

Juda ko’p ayollar o’zining sevimli insonlarini har xil erkalatadigan laqablar bilan ataydilar, ular (quyoncha), (mushukcha), (pupsik), (chaqaloqcham) va har hil nomlar bo’lishi mumkin.. Ko’pchillik erkaklar buni yoqtiradi deb o’ylashadi va ayollar sevgi va mehr haqida ko’p gapirishadi. Ammo ruhshunoslar boshqa fikrda: bunday laqablar boshqa muammolarni keltirib chiqarishi va butun oila azob chekishi mumkin.

Ruhshunos:
Har bir ayol o’zining oldida erkakni ko’rishni xohlaydi, himoyachini, askarni, uning uchun ishongan tog’I bo’lishni xohlaydi. Bu tabiiydir. Quyoncham deb atagan erkak, sizni himoya qilishi mumkinmi? Chaqalog’ingiz sizni istagingizni bajarishi mumkinmi? Mushukcha sizga yordam beradimi?

Menimcha, javob aniq.

Ayol, o’zining jasoratli erkagini “chaqaloqcha” yoki “pupsik” deb atasa, ularning munosabatidagi mas’uliyat butunlay unga bog’liq ekanligini tushunib etadi, uni kichkina bola deb ko’radi, unga faqat ona nazorati kerak. Unutmang, erkak psixologiyasi – “bola”ga o’xshab, juda oddiy: ona har doim yordam beradi. Shuning uchun ayol nafaqat sevimli ayol va ona rolini o’ynaydi, bolasini g’amxo’rligi haqida tashvishlanadi va uning uchun hamma narsa qiladi.

Shunday holler ham bo’ladiki, o’zining semiz erlarini “filcha” yoki “begemotcha”, deb chaqiradi. Bunday holatda, uni to’liq qo’llab-quvvatlashingizni tushunib yetgandek his qilasiz. Lekin unutmang: qancha yoqimli bu hayvonlar bo’lmasa, ular bilan hamkorlik salbiy.

Ruhshunos:
Yana esingizdan chiqarmang, sevgan erkagingizni uning do’stlari oldida mushukcha deb chaqirmang, quyoncha va boshqa hayvon ismlaridan ham (albatta, pupsik emas). Agar siz hali ham sevgan odamingizga laqab bermoqchi bo’lsangiz, o’z qobiliyatlarini va sizning istagingizni kuchaytiradigan narsalarni o’ylab ko’ring.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 29.08.2017 19:08
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz