Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Nega meni sevishmaydi?

Yaqinda qabulga bir ayol keldi. U ancha kelishgan, o‘qimishli, yoshi 35 lar atrofida bo‘lsada, yoshiga nisbatan ancha yosh ko‘rinadi. Yuzidan uning ancha jizzaki ayolligi bilinib turardi. Ayol ancha vaqt gapni nimadan boshlashni bilmay talmovsirab turdi. Bu hol unga yoqmadi shekilli sharttakiligi tutib gapni indallosiga o‘tib qo‘ya qoldi.

– Yoshligimdan xarakterim ko‘proq o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshab ketardi, juda o‘yinqaroq, ko‘chadan beri kelmasdim. Faqat o‘g‘il bolalar bilan o‘ynardim. Sho‘xligimdan onamni rosa jovratardim. Aslida onam ham yoshliklarida juda sho‘x, shaddot bo‘lgan ekanlar. Ammo otam meni rosa yaxshi ko‘rardilar. Ishdan kelgunlaricha onamdan qochib ularni tomda kutib o‘tirardim. Ulg‘ayganimda sinfdosh qizlar yigitlari haqida gapirishsa ensam qotardi. Yigitlarning kamchiliklarini topib, ustidan kulishni yaxshi ko‘rardim. Balki shuning uchun-mi oliygohni tugatib kechroq turmushga chiqdim. Yoshim katta bo‘lgani uchun kuyov tanlashga katta imkon ham yo‘q edi. Turmush o‘rtog‘im yaxshi joyda ishlasada, xarakteri juda ham kuchsiz edi. Bilasizmi yoshligimdan o‘zimdan kuchsizlarga toqat qila olmayman. Ayniqsa , erkaklarga . Shuning uchunmi o‘g‘lim tug‘ilgandan keyin ajralib ketdik. Hozir o‘g‘lim katta bo‘lib qoldi. Yaxshi lavozimda ishlayman. To‘g‘risi ishxonamda ayollar tugul erkaklar ham men bilan o‘ylab gaplashadi. To‘g‘ri juda jahlim tez chiqadi, so‘kinib yuborganimni o‘zim ham sezmay qolaman. Yaxshiyam shu xarakterim bor ekan, bo‘lmasa ming‘illab, hech narsaga erisha olmay yurardim. Axir men o‘g‘lim uchun ham ona, ham otaman. Ammo keyingi paytlarda bir narsa meni ezayapti. Ayniqsa, bayramlarda yakka qolayapman. Bilasizmi, negadir o‘ylab ko‘rsam hech qachon meni hech kim juda ham sevib qolmagan. Menga doim xarakteri kuchsiz erkaklar duch keladi. Bunday erkaklarga toqatim yo‘q. Hatto huzur qilib urusholmaysan ham. Nega meni sevishmaydi? Axir biror bir kamchiligim yo‘q-ku.

Ayolning gaplarini eshitib shunday fikrga borasan.. Xalqimizda bunday ayollarni erkakshoda ayol deyishadi. Nega ayollar erkakshoda bo‘lib qolishadi? Keling bunga chuqurroq nazar solaylik. Yaqinda qabulga bir yosh ota-ona 4 yoshli qizlarini olib kelishdi. Qiz juda ham sho‘x, bir joyda o‘tira olmasdi. Doim o‘g‘il bolalar bilan ko‘chada shataloq otib o‘ynashni yaxshi ko‘rarkan. Gapirganda ham o‘g‘il bolalarga o‘xshab gapiradi. Onasi bundan norozi. Otasi esa qizini shunaqa shaddotligidan maqtanib ham qo‘yadi. To‘g‘ri ba’zi bir qizaloqlar xarakterida o‘g‘il bolalar xarakteriga o‘xshash tomonlari, moyilliklari bo‘ladi, xuddi ba’zi o‘g‘il bolalar qo‘g‘irchoqlar bilan o‘ynashni yoqtirgandek. Ayniqsa, qo‘y, arslon, chayon va qovg‘a burji ostida tug‘ilgan qizlarda bunday moyilliklar ko‘proq namoyon bo‘ladi. Ota-onalar bilib-bilmay mana shu moyilliklarni kamaytirish o‘rniga rivojlantirib yuboradilar. Bunga yo qiz bolaning o‘g‘il bolalar orasida o‘sayotganligi (taqlid qilish oqibati) , yo bo‘lmasa juda erka, kenja farzand bo‘lganligi sabab bo‘ladi. Ba’zida oilada onaning shunday xarakterga egaligi, yoki qizi bilan sirlasha olmasligi ham sabab bo‘lishi mumkin. Buning natijsida qiz o‘g‘il bolalardek qo‘rs muomilali, yuzi qattiqlashib, uyat, andishadan yiroqroq o‘sadi. Bu yerda avvalo ona e’tiborli bo‘lishi kerak. Ona qizga tanbeh berib, tartibga chaqirishi lozim. Qiz bola hayoli bo‘lishi, bunday nojo‘ya qiliqlarni qilishga, uyatsiz gaplarni gapirishga uyalishini ona chiroyli muomila bilan, tarbiya orqali singdirishi zarur. Odatimiz bo‘yicha qiz bolaga ota tanbeh berib urushmaydi, haqorat qilmaydi, jazolamaydi. Chunki ota tanbeh berganda qo‘pollashib ketishi mumkin. Doim qo‘pol muomila qilinsa qiz bolaning beti qotib, gap ta’sir qilmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Qiz bolaning tarbiyasi bilan ona shug‘ullanishi kerak. Agar onaning o‘zi ham baqiroq, og‘zidan bodi kirib shodi chiqadigan bo‘lsa, qiz bola ham shunday tarbiya ola boshlaydi. Ba’zi onalar “men orqadan gapirmayman, birovning xatosini shartta o‘ziga aytaman” deb o‘zlarining qo‘rsliklarini izohlamoqchi bo‘lishadi.

Aslida sharttakilik ayollarga xos xususiyat emas. Chunki ayol qanday holatda bo‘lmasin o‘z ayolligini, nazokatini saqlab qolishi kerak. Sharttakilikni onasidan ko‘rib ulg‘aygan qizning nazarida , ayol jamiyatda, oilasida shunday e’tborga tushishi uchun bu xususiyatga ega bo‘lishi lozimdek tuyuladi. U ham beixtiyor onasiga taqlid qilib, boshqalarga ochiq-oydin gapirishga, sharttakilikka o‘tadi. To‘g‘ri bunday qizlar hayotda yaxshi yashashga, mansabga erishishlari mumkin. Chunki bunday sharttaki ayollardan ko‘pchilik hayiqadi. Erkakshoda ayollarning oldida har qanday qo‘pol erkak ham muloyimlashib qoladi. Chunki, bunday erkaklar ushbu toifaga kiruvchi ayollarning qanday sharttaki, betga choparligini bilgani uchun ayol bilan teng bo‘lib o‘z obro‘sini to‘kkisi kelmaydi. Boshqalarning unga ehtiyotkorlik bilan muomalada bo‘lishi bu ayolga yaxshi bo‘lishi mumkin. Biroq u aynan ushbu qusuri bilan jamiyatdan ajralib , yolg‘izlanib qola boshlaydi.

O‘ziingiz o‘ylab ko‘ring, har kanday erkak sevgan ayolining nozik, hayoli, itoatkor bo‘lishini xoxlaydi. U doim ayolidan nazokatni, muloyimlikni, itoatkorlikni kutadi. Shunday ayolning yonida erkak o‘zini kuchli, baquvvat, har qanday sharoitda sevgilisini himoya qila oladigandek his qiladi. Mobodo, ayolda u kutgan hislatlar, fazilatlar bo‘lmasa, bu bevosita oiladagi munosabatlarning sovushiga, erkakning ayoliga muhabbat bilan emas, shunchaki xayrixoxlik bilan munosabatda bo‘lishiga olib keladi. Agar ayoldan erkakning “hidi” kelib tursa uning yonida erkak o‘zini kuchsiz, himoyaga muhtojdek seza boshlaydi. Bunday hayotga ko‘p erkaklar rozi bo‘lmaydi. Natijada ayol yolg‘iz qoladi. Yolg‘iz qolgan ayol farzandiga ham ota, ham onaman deb yanada qo‘pollasha boshlaydi. Bora-bora ayolligi ham esidan chiqib ketadi. Unga e’tibor yo‘qligini ko‘rib o‘ziga qarashni ham unutadi. Demak, shaxsiy hayot ham o‘z-o‘zidan yo‘qolib boradi. Bunday ayollar ko‘p hollarda shunday ahvolga tushib, yolg‘izlanib qolishlariga farzandlarini aybdor deb bilishadi. “Sizlarni boqaman, tarbiyalayman deb bu dunyodan yolg‘iz o‘tdim. Senlarga umrimni bag‘ishladim, ayolligimni unutdim ”,-deyishadi. Ularning bunday ahvolga kelishiga albatta o‘zlari aybdor. Axir ayollik nafosatini saqlab, go‘zal ko‘rinish bilan ham farzand tarbiyalab, uning kelajagini yaratish mumkin. Qo‘pollik, sharttakilik bilan nimaga erishiladi? Shunday rahbar ayollar bor-ki, ularning yonida erkaklar ham xijolatdan chetga o‘tib turadi.

  1. yurakchi? Ayol yuragi bor ekan, u doim mehrga, muhabbatga tashna bo‘ladi. To‘g‘ri ba’zida hayotiy muammolarni yechishda, yo bo‘lmasa kasbidan kelib chiqib ayol biroz qo‘pollashishiga to‘g‘ri keladi. Ammo vaziyatdan chiqdingizmi yana ayolligingizga, mehribon yorligingizga qayting. Ayol doim mehr-muhabbat, sevgi ramzi bo‘lib kelgan. Sevgi ibo-hayoga, go‘zallikkka, mehrga to‘lgan yuraklarda ko‘karadi. Sizni sevgan inson yonida muloyim, nafosatli, itoatkor, himoyaga muxtoj ayolga aylaning. Zinhor uning yonida kuchliligingizni, uning himoyasisiz ham yashay olishingizni bildirmang. Shunda u boshingiz ustida soyabon bo‘lib, sizni hayotning beshafqat qiyinchiliklaridan asraydi.

Endi maqolamiz boshidagi fikrga qaytsak. Men bu ayoldan “O‘zingiz biror kishini, o‘zdan kechar darajada sevganmisiz?”,-deb so‘radim. Nega o‘zimiz berolmaydigan narsani o‘zgalardan talab qilamiz. Agar siz kimnidir yurakdan sevsangiz, unga mehr bilan boqsangiz, hech qachon bu sevgingiz javobsiz qolmaydi. Unutmang, erkaklar doim ibo-hayoli, muloyim, itoatkor, himoyaga muxtoj ayollarni yoqtiradilar. Axir ular guldek nozik ayollarni himoya qilish uchun yaralganlar-da. Shunday hikmat bor “Erkak g‘ayrati va ilmi bilan dunyo quradi, ayol latofati va shirin tili bilan. Erkak hamisha bezovta, borini sarflab dunyo kezgani kezgan, ayol- osuda, mehrini sarflab uyini bezagani bezagan. Erkak uchun dunyo –uy, ayol uchun uy-dunyo. Erkakning qismati jabr, ayolning qismati-sabr. Chunki erkak jabr tortib taxt topadi, ayol sabr qilib -BAXT ”.

Hamdamova Dilbar, psixolog

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 02.04.2017 05:20
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz