Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Olimlar baxtli turmush kechirish kimga bog‘liqligini aniqladi

To‘ydan keyin ayol o‘zini qanchalik baxtli his etsa, uning eri ham o‘zini juda baxtiyor sezadi. “Chunki, ayol o‘zini baxtli his qilgandan keyin erining ko‘nglini olishga urinadi. Erkaklar esa his-tuyg‘ularini oshkor etishni istamagani bois ularning holati oilaviy turmush sifatiga kuchli ta’sir etmaydi”, deydi Rutgers Universiteti sotsiologiya kafedrasi professori Debora Karr.

Tadqiqot davomida, o‘rta hisobda 39 yildan beri birga yashayotgan, 60 yoshdan oshgan 394 nafar juftlikning ma’lumotlari tahlil qilindi.

Er-xotinlar orasidagi munosabatlarga oydinlik kiritish maqsadida ulardan necha marta urishishlari, bir-birlarini tushunishlari va bir-birlarining qadriga yetish-yetmasliklari haqida savollar berildi. Ulardan birgalikda televizor tomosha qilish, sayr qilish, do‘konlarni aylanish so‘ralib, 24 soat davomidagi kechinmalarini qog‘ozga tushirish so‘raldi. Sinov natijasida hayotining barcha jabhalaridan mamnun bo‘lgan odamlargina, oilaviy hayotidan qoniqishini bildirdi.

Karrning so‘zlariga qaraganda, agar erkak kasal bo‘lib qolsa, ayol o‘zini baxtsiz, chorasiz his qiladi, ammo erkaklarda bunday emas, bu borada ular ayollardan keskin farq qiladi.

“Agar er kasal bo‘lsa, ayolning tahlikaga tushib, yelib-yugurishi hech kimga sir emas. Mabodo ayolning biror joyi og‘rib, to‘shakka mixlansa, u eriga emas, balki o‘ziga, qiziga suyanadi”, deb qo‘shimcha qildi Karr.

Oiladagi munosabatlar mavzusida tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar uchun baxtli oila sirini topish mavzusi dolzarb bo‘lib qolaveradi. Baxtli oilani dunyoga keltirish ayollarning zimmasida ekanligi yangilik emas. Olimlar o‘tkazgan bir qator tadqiqotlar natijasida oiladagi tinchlik, xotirjamlik asosan ayolning his-tuyg‘ulariga bog‘liqligi, aynan oilada ayol kishi hamma narsani hal etuvchi muhim inson rolini o‘ynashini aniqlashdi.

Chikago Universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijasida shu narsa aniq bo‘ldiki, erkak kishining sog‘-salomatligi baxtli nikoh omili bo‘lib xizmat qilsa-da, oilaviy baxtni ta’minlay olmaydi. Kuzatuvlar oqibatida er-xotin o‘rtasida chiqqan nizo va janjallarda avvalo ayol tinchlanib, o‘zini tutib olishini ko‘rish mumkin. Baxtli turmush kechirish, ayolning turmushidan roziligiga va o‘zini baxtli his qilishiga bog‘liq. Er-xotin o‘rtasida tushunmovchilik, janjal kelib chiqqanda, ayol o‘zini qo‘lga ola bilsa, tilini tiysa, bunday juftlik mustahkam va baxtli hayot kechiradi. Tadqiqot davomida oilaviy munosabatlar keksalarning sog‘ligiga ham ta’sir qilishi ma’lum bo‘ldi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 22.08.2016 17:48
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati), Oilaviy Maslahat!
Рекомендуем
Xudo hohlagani bo'ladi kimga qanday Xotin kimga qanday Er bo'lishini va Bu Taqdir
Yoq agar er yomon bolsa xotin ming qilsin bolmaydi.Ammo xotinni yolga solish erkaklar uchun problema emas urib bolsada yolga soladi man javob!!
Ha shumaqa .erni er qiluvchiyam erni yer qiluvchiyam xotin. Yer b.gan er qandey shunaqa xotin b.n yashashi mumkin
da to'g'ri

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz