Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Psixologlarning fikricha, zamonaviy erkaklar go`zal emas aqlli ayollarni tanlashmoqda!

Avstriyalik va amerikalik psixologlar zamonaviy erkaklar bugungi kunda ayol kishining tashqi go`zalligidan ko`ra, ichki dunyosiga, aqliga ko`proq e`tibor berishmoqda, degan xulosaga keldi. Bu haqda "Darakchi" xabar bermoqda.

Bu haqda “mir24” nashri xabar beradi. Insburk va Shimoliy-G`arbiy universitetlarning mutaxassislari bir necha xalqlarning madaniyatini o`rganish jarayonida oxirgi o`n yil davomida kuchli jins vakillari o`zlariga umr yo`ldoshi qidirayotganda aqlli ayollarni tanlayotganini aniqladi.

Tadqiqot natijalari go`zallik ilgarigidek birinchi o`rinda emasligini ko`rsatdi. Zamonaviy erkaklar eng avvalo ayollarning aqliy qobiliyatlarini qadrlashmoqda, bu Evropa mamlakatlari va AQShda ko`proq ko`zga tashlanadi.

Professor Elis Iglining tushuntirishicha, erkaklar oila qurish haqida o`ylaganda, o`qimishli va oliy ma`lumotli ayol oila byudjetiga o`z hissasini qo`shishini ham e`tiborga olishadi, pul esa hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Olimlar yana qo`shimcha qilib, chiroyli, aqlli, ijobiy fazilatlarga ega ideal qizni topish katta omad ekanligini ham aytib o`tishdi. Buni erkaklar ham qo`llab-quvvatladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 18.02.2016 19:19
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati), Psixologiya
Рекомендуем
Balkim wunaqadir
Yo baribiram ayol kiwida aqli ham chiroyi ham boliwi kerak,

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz