Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qizlar bilan tanishish usullari

Masalaning murakkabligi nima? Qiz Siz bilan muloqotni davom ettiradimi yoki ismini aytishi bilan orqasini  o’girib, boshqa tomonga qarab ketadimi? Hamma gap shunda!

 

To’g’risini  aytganda, go’zal  jins namoyondalariga surbetlarcha siyqasi chiqqan iboralar bilan gap otadigan betakalluf, betarbiya yigitlar yoqmaydi.

Har qanday qiz diqqatni  o’ziga  jalb qila oladigan, qiziq suhbat qura oladigan, aqlli va yoqimtoy yigitlar bilan tanishishni istaydi.

Keling yahshisi, qizlar bilan tanishuvning eng oddiy usullarini birma bir  ko’rib chiqamiz.

Hammasi nigohdan boshlanadi. Yaqinlashishdan oldin qizga diqqat bilan qarang. Nigohingiz moyilligingizni bildirsa, muloyim tabassumingiz eng ezgu niyatda ekanligingizni ifodalamog’i kerak. Qizlarga  ba’zan  yigitlarning xijolat tortishi ham yoqadi. Unga  qat’iyat  bilan qarang, javob tariqasidagi nigohni  ko’rishingiz  bilan xijolatomuz kulib  qo’ying  va bir-ikki soniyadan keyin teskari  o’girilib oling. Agar Siz  qizni qiziqtirib  qolgan bo’lsangiz, u Sizni  nazardan qochirmaydi. Ana shundan keyin  qo’rqmasdan yaqinlashib, bemalol tanishishingiz mumkin.

 

Do’konda qizlar bilan qanday tanishish mumkin?

Siz haridingiz davomida lobar qiz bilan tanishishingiz mumkin. Agar xonim biror narsani diqqat bilan tanlayotgan  bo’lsa, yoniga kelib: ”Kechirasiz, yahshi qiz, diqqatingizni  bo’lganim uchun uzur, menga singlim(jiyanim) uchun sharbat (o’yinchoq) tanlashda yordam bera olmaysizmi?” deb  so’rashingiz mumkin. Erkaklarning yosh bolalarga nisbatan  g’amxo’rligi ayollarning  ko’nglini eritib, qiziqishini kuchaytiradi.

 

Transportda qizlar bilan qanday tanishish mumkin?

Bu yerda kinoteatr (teatr, klub)ga qanday yetib olish haqida  so’rash  mumkin. U yerda yaqinda qiziqarli spektakl (guruhning chiqishi) bo’lishini, Siz ushbu aktyor (qo’shiqchi)ning ijodiga qiziqishingizni va shuning uchun bilet xarid qilish uchun ketayotganingizni  qo’shib  qo’yishingiz mumkin. Shundan keyin u qiz nimaga qiziqishini  so’rash, uni  qo’llab- quvvatlash va biror joyga borishga taklif qilish mumkin. Bo’sh  vaqtni qanday  o’tkazish haqidagi iliq suhbat qizlarga xush yoqadi. Muyulishdagi bardagi  do’stlari va pivoga emas, teatrga, san’atga qiziqadigan yigitlar qizlarning hurmatiga sazovor  bo’ladi.

Foydasi tegadigan ayyorona maslahatlar ;)

1. Qizlar bilan  so’kinmasdan, mujmal  so’zlarni ishlatmay gaplashing.

2. Ko’proq jilmaying va suhbatdoshingizga  e’tiborli  bo’ling. (Bu bilan faqat kulishingiz kerak demoqchi emasmiz!)

3. Gapni boshlasangiz, jim  bo’lib qolmang, ketmoqchi  bo’lsangiz, chiroyli xayrlashing: Yordamingiz uchun raxmat; Tanishganimdan xursandman; Yana uchrashamiz degan umiddaman; Hayrli kun;”

 

Rashk  qo’zg’ang!

Rashk faqat mavjud  bo’lgan munosabatlarda  bo’lmaydimi? Qanday rashk haqida gap ketayapti? -deyishingiz mumkin

Mana bunday! Biror qiz bilan muloqotni boshlang, keyin boshqasi bilan. Lekin aynan yoqtirib qolganingizga umuman  e’tibor  bermang.

Nega boshqa qizlarga qarab, unga  e’tibor bermaganingiz u qizni aniq qiziqtirib  qo’yadi.

Muloqot qilganda uzoq suhbat shart emas, shunchaki bir-ikki  og’iz gaplashsangiz kifoya.

“Yoqtirgan qizingizga” imkoni boricha  e’tiborsiz  bo’ling. Bu qiziqishni yanayam kuchaytirish va tanishuv albatta amalgam oshishi uchun kerak. Ana undan keyin  mo’ljallagan qizingizni oldiga borib, bir-ikki  og’iz gaplashib, telefon raqamini olishingiz mumkin.

Aytganday, pari qanchalik  go’zal  bo’lsa, usulning samaradorligi shunchalik kuchli  bo’ladi! Bu ish bermaydi, deb  o’ylasizmi? Unda tekshirib  ko’ring!

 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.01.2016 18:39
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati), Yigitlarga Maslahat!
Рекомендуем
Raxmat Admin
Bilib qoygan yaxwi lekn
яхши
Ajoyub
Axa kerakli
Axa kerakli

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz