Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Sevib qolgan insonni imo-ishoralari bildirib qo’yadi

Deyarli barcha ayollar erkakning unga bo’lgan munosabatini bilishga harakat qiladilar. Buni bilish juda oson. Amaliy psihologiya – holat, imo-ishoralar, mimika haqidagi fan bizga erkaklar haqida ko’p narsalarni aytib berishi mumkin. Agar sizga bo’lgan mubosabatga yoki sevgi izhoriga oz bo’lsada shubha qilayotgan bo’lsangiz unda uning hatti harakatlarini kuzating. So’zsiz ko’rinishdagi (noverbal )muloqot ongsiz ravishda amalga oshiriladi. Uni nazorat qilishning iloji yo’q. Shuning uchun bu bosqichda his tuyg’ularni yashirish juda mushkul. Sevib qolishning noverbal belgilarini bilib olgach ayol erkak bilan shunga yarasha munosabat qilishi erkak esa uni yanada ko’proq sevib qolishi mumkin.

Imo-ishooralar

Yigitning tuyg’ularini qiz bilan gaplashish chog’ida boshiga biroz tegib qo’yishlaridan bilish mumkin. U sochlariga ohista tegib qo’yishi yoku ularni tarashi mumkin. U buni sekin va hotirjam amalga oshiradi. 

Agar erkak ma’lum sababsiz soat yoki bo’yinbog’ini to’g’irlab qo’ysa, tugmachasi yoki bo’lmasam boshqa biror aksessuarlarini tegib qo’ysa bilingki, u hayajonlanyapti. Bu yosh sevib qolgan qalbga xos holatdir.

Lekin u shunchaki tashqi ko’rinishidan tashivishlanayotgan bo’lishi ham mumkin. U suhbatdoshiga yoqishni va beihtiyor o’zini tartibga keltirishni xoxlayapti.

Agar erkak ko’zgu oldida uzoq turib qolsa, qad-qomatini kuzatsa, qornini tog’rilab, yelkalarini ko’tarishga harakat qilsa - bo’ylari baland, hushbichim, kuchli ko’rinishga harakat qilyapti. Bu ham ayolga yoqish istagi borligidan dalolat beradi.

Tuyg’uning namoyon bo’lishi


Erkakning hatti-harakatlari uning his-tuyg’ulari haqida kop narsalarni aytishi mumkin. Yigit o’zi bilmagan holda qizning holatini takrorlashi mumkin. U qizning harakatlarini, bosh va qo’lning xolati o’tirgan vaqtdagi tananing holatini takrorlaydi. Bu erkakning kuchli qiziqishi yoki sevib qolganligidan dalolat beradi. 

Agar u istalgan doirasimon buyumni manipulyatsiya qilsa bu bilvosita sevib qolganlik belgisi. Uylangan erkak barmog’dagi nikoh uzugini aylatirishi mumkin.

Qizga nisbatan tuyg’uning mavjudligi uning shahsiy chegarsini buzishida ham namoyon bo’lishi mumkin. Ya’ni yigit qizga yoki unga tegishli bo’lgan biror buyumga huddi “behosdan” tegib ketadi. Bu qizga yanada yaqinroq bo’lish istagi mavudligidan dalolat beradi.

Boshqa noverbal ko’rinishdagi belgilar qatoriga yoqtirgan obyektga qaraganda ko’z qorachig’ining kattalashishini kiriitish mumkin. Bu suhbat vaqtidagi hayajon va qonga adrenalin quyilishi bilan izohlanadi. 

Uyatchanlik, yaqqol namoyon bo’ladigan qizarish ham yigitning qizga befarq emasligini ko'rsatadi.

Uning zimdan kuzatib turishlari ham ayolga bo’lgan qiziqishi samimiy ekanligidan dalolat beradi. Sevib qolgan inson doim o’zi yoqtirgan ayolga ko’proq tikilib turishni xoxlaydi.

Yuqorida sanab o’tilgan belgilar alohida olganda sizga befarq emasligini bildirmaydi. Ularni bir butun deb qaragandagina bunday noverbal belgilar uning sizga bo’lgan tuyg’ulari samimiy ekanligini ko’rsatadi. Bunday imo-ishora va hatti-harakatlar faqat sizni sevib qolgan insonniki ekanligiga shubha qilmasangiz ham bo’ladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 29.08.2017 19:08
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем
qoyileee aytilgan so‘zlarda o‘zimni ko‘rgandek bo‘ldim ... Haqiqatdaa shunday «Zimdan kuzatish, qizarish» menda namayon bo‘lgan)) biggrin

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz