Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Sizning hatti harakatlaringiz qiz bola ko'z o'ngida

Qachonki siz juda ham odobli bo’lsangiz

Agar ko’chada kimdur sizga qo’pol gapirsa, turtsa yo’ki kuch ishlatsa, siz esa qizga faqatgina odobsiz va madaniyatsiz kishilargina muammoni kuch bilan hal qiladi desangiz , qiz bola sizning gapingizni maqulashi mumkin. Ammo, ich-ichidan sizni qo’rqoq va o’zini himoya qila olmaydigan kimsa deb o’ylashi mumkin.

Agar, qiz bola sizni janjallashishdan qaytarsa, bu vaziyat ham yuqorida aytilgan gapga misol bola oladi. Sababi shuki, u sizni yomondan asramoqchi bo’ladi. Qizlar buning udasiddan chiqqanlaridan so'ng, avval sizni qutqarganlari uchun xursand bo'ladilar, ammo keyin qiz bola oldidagi obro'yingiz tushishi mumkin.

Darhaqiqat, buni bilish juda mushkul, chunki qizlar bu haqda hech qachon gapirishmaydilar.

 

Qachonki siz dugonasiga iltifot ko'rsatsangiz

Qizlar uchun tark etilish va siz uchun eng yaxshisi bola olmaslik tuyg’ulari eng og’irdir.

Bir tarafdan dugonasi uchun iltifotli bo’lish – oddiy hol. Iltifot har bir ayol uchun yoqimlidir. Sizning juftingiz dugonasini kayfiyati yaxshi bo'lishini istaydi. Biroq, juftingiz sizni rashq qilishni va arazlashni boshlaydi.

Lekin bu sizga qizning dugonasiga iltifot ko'rsatish mumkin emasligini bildirmaydi. Ammo juftingiz sizdan ranjisa yoki hurmat qilmay qolsa bu yo’lni ishlatsa boladi.

Biroq munosabatlaringiz yaxshi bolsa, uning yonida o’zgalar uchun iltifot korsatmaslikka harakat qiling.

 

Qachonki siz ishqiy sarguzashtlaringiz haqida maqtansangiz

Odatda bunday narsalar do’stlar davrasida muhokama qilinadi.

Agarda siz qizning oldida ishqiy sarguzashtlaringiz haqida gapira boshlasangiz,  bu juda g’ayri – odatiydek tuyuladi. Bundan tashqari,  bu bilan qiz va ayolar bilan muloqot qila olmasligingizni namoyon qilasiz.

 

Qachonki siz hamma narsadan mamnun bo’lsangiz

Siz o’zingiz maoshingizdan mamnunmisiz? Hayotingizdanchi? Siz  hamma narsani o’zini vaqti bor, deb o’ylaysizmi?

Juda yaxshi, juftingiz siz uchun xursand bo’ladi, ammo sizga nisbatdan hech qanday qiziqishi bo’lmaydi.

Agar siz har doim nimagadir ehtiyoj sezib tursangiz, qiz bola siz  haqiqiy mard inson deb bilmaydi.

 

Qachonki siz qizlarni ayblasangiz

Qaysi qizni yoki nima uchun ayblashingiz ahamiyatsizdir. Har qanday holatda, bu yaxshilik belgisi emas, aksincha bu qizni sizdan uzoqlashtirib qo’yadi.

Bu vaziyatlar sizni ma’suliyatdan qochuvchi, muammolarni yaqinlariga yuklab qo'yuvchi inson qilib ko'rsatadi. Agar munosabatlaringiz dars keta boshlasa, siz tez chekinib va uni yolg’iz qoldirishingiz mumkin va hakozolar hayoliga kelishi mumkin.

Siz qizni behostan ham ayblab qo’yishingiz mumkin. Agar e’tibor bergan bo’lsangiz qizlar suhbat paytining o’rtasida:“ Nimaga munosabatlaringizni uzgansizlar” deb savol berishni yaxshi ko'rishadi.

Bilasizmi, nega aynan shuni so’raydilar?:)

Chunki, qizlar sizning qanchalik masuliyatli va qanday nuqsonlariz bor ekanligini bilishmoqchi bo’ladilar.

 

Qachonki siz orzu qilb gapirsangiz

“Qaniydi allaqaysidir orolni plyajida bo'lib qolib, usha yerda dam olsam” – degan iborani qiz bola oldida aytsangiz, unda siz huddi maqsadsiz va o’ziga ishonmaydigan insondek o’zingizni namoyon qilasiz. Va qiz sizni "hayotning har bir daqiqasidan lahza ololmaydigan" inson bilan taqoslaydi.

Ishni puxta bajaradigan inson ko'p ham hayolga berilmaydi, ayniqsa ularni ommaga namayon qilmaydi.

Hamma mavzular ham qizlar bilan muhokama qilanavermaydi. Hatto bu mavzular qiziqarli va yoqimli bo'lsa ham.

 

Qachonki siz o’tmishni “Ajoyib davrlar” deb eslasangiz.

Agar siz o’tmishdagi sarguzashtlaringizni (misol uchun  mashinada tez yurganingiz, ayiq ovlaganingiz, dostlaringiz bilan maza qilib o’tgan davralaringiz yoki shunga o’xshagan boshqa vaziyatlarni) takroran yodga olsangiz, bu siz hozirgi hayotingizdan mamnun emasligingizdan va hayotingizni boshqa tomonga o’zgartirish uchun hech nima qilmayotganingizdan dalolat beradi. Bunday paytda qiz sizni o’gir vaziyatlarda juftingizni yonida bo’lmay, tashlab ketishi mumkin degan hayolga boradi.

 

Bu hammasi siz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Albatta o’tmishni eslab turish ham kerak, ammo bu meyorida ham bo’lishi lozim.

 

Qachonki siz juftingizni begonalar bilan yoqimli suhbatiga hech qanday e’tibor bildirmasangiz

Sizni rashqingizni keltirish yoki g’ashizga tegish uchun, u o’zgalar bilan yoqimli suhbat qurishi mumkin. Agar siz shu paytda vaziyatga e’tibor bermasangiz, sizning xurmatingiz pasayib ketadi.

O’zini qat'iyatli qilib ko’rsatmagan erkak – kuchsizdir.

Har qanday ayol bitta insonga tegishli ekanligini his qilishi lozim. Agar bu hissiyot bo’lmasa – siz uni yoqotasiz.

 

Qachonki siz vaqtingizni behuda maqtovlarga sarflasangiz

Siz qizga harid qilgan qimmat-baho narsalaringizni masalan, 50 000$ ga faqqat bitta spirtli ichimlik yoki “Lacetti” olganingiz haqida  aytsangiz, u buni xushlamaydi.

U siz haqingizda, faqat  pulni o’ylamay ishlatadigan yo’ki moliyaviy sharoitni yaxshilashni o’rniga, mastlik tufatli barcha topilgan mablag’ni behuda sarflashingiz va oilani og’ir moliyaviy axvolda tashlab ketishingiz mumkinligi haqida o'ylashi tabiiydir.

 

Qachonki siz qizning shaxsiy muammosiga siqilsangiz

Siz uning muammolariga jiddiy yondashib va har gal, har bir shikoyatini arz deb bilishingiz bu ham tabiiy. Ushbu vaziyatda yordam ko’rsatish g’oyasi ijobiyligiga ishonib, hurmatingizni oshirishga yordam  beradi deb o’ylaysiz.

Ammo, qizning hayolida “Nega u meni muammolarimga aralashayapti?” degan savol o’tadi.

Ayollar faqatgina ularni dardini ovutishlarini ishtashadilar. Ular yordamga muhtoj bo’lmaydilar. “Shunaqami, kim sani hafa qildi” yoki “Bechoragiman” so’zlarni aytib, boshqa mavzuga o’tishingiz shart.  Vaqtida mavzuni o’zgartimasangiz va ayolning nolalarini uzoq eshitsangiz siz yana mag’lub bo’lasiz.

 

Qachonki siz o’z gapingizda turmasangiz

Agar siz o’z gapingizda turmasangiz, bunda siz o’zingizni aldoqchi va doimo vaziyat sizdan ustun ekanligini isbotlab berasiz (sizning axloqiy zaif ekanligiz belgisidir).

Gapirgan so’zingiz ustidan chiqing, xatto bu ahamiyatsiz va’dalar bo’lsada. Agar qiz sizga “hechqisi yo’q ” yoki “xojati yo’q” desa ham, o’z gapinigiz ustida turing.

Qizlar har doim ham dilidagi gaplarni sizga aytaverishmaydi. Shuning uchun ham, har bir ustidan chiqqan va’dangiz tufayli, sizning qiz bola oldidagi obroingizni yanada ko’tariladi. So’zingiz ustida tura olmasligingiz esa, aksiga olb keladi.

 

Erkaklar quyidagi barcha xatoliklarga yo’l qo’yishi sababi, bu ularning kuchsiz ekanligidandir. Agarda siz kuchli inson bo’lmoqchi bo’sangiz, quyidagi barcha aytilganlardek o’zingizni tutmang. Ertami-kechmi siz o’zingizning jasurlik qobiliyatidan maxrum qilishingiz ham mumkin.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.01.2016 18:39
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati), Yigitlarga Maslahat!
Рекомендуем
Ajoyib maslahatlar

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz