Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Taqdir bo‘lsa ajrasharmidik?

Bilasizmi, siz bilan sodir bo‘ladigan hamma yaxshi va yomon voqealar oqibatda sizga dars bo‘lishiga ishoning. Insonlar bilan ham shunday. Xar bir inson hayotimizga biror yangilik olib kiradi va hayotimizdan chiqib ketishlari bilan bizga dars berishadi.

Shuningdek, inson hayotida bitta katta sevgidan boshqa ko‘proq narsa bo‘lishi mumkin. Siz hozir hayotingizni muhabbatingizsiz tasavvur qila olmasligingiz mumkin. Ammo ishoning, hayot u insonsiz ham shunday davom etaveradi.

Xar bir yangi munosabat sizga keyingi insondan nima xohlash va xohlamasligingizni o‘rgatib boradi. Bu sizga nima mumkin emasligini, nimani yaxshi ko‘rishingiz va nafratlanishingizni umuman,siz o‘zingizni anglashga yordam beradi.

Birinchi yoki ikkinchi muhabbatingiz tugagani bu butun hayotingiz chilparchin bo‘ldi va siz undan yaxshiroq insonni topa olmaysiz degani emas. Bu hammasini yangidan boshlashga bir imkoniyat xolos.

Ayriliq - yangidan sevish va sevilish imkoni

Hozir hayotingizni u insonsiz tasavvur eta olmaysiz. Siz kelajakni usiz ko‘ra olmayapsiz. Uni shu darajada qaytargingiz kelyaptiki, hatto yuragingiz parcha-parcha bo‘lib ketayotganga o‘xshaydi.

Ishoning, va’da berib ayta olamanki, agar bu munosabatlar tugagan bo‘lsa, demak shunday bo‘lishi kerak edi. Buni o‘z sababi bor.
Siz menga ishonmasligingiz,hayotni bilmaydi deb o‘ylashingiz mumkin. Siz haqingizda hech narsa bilmaydi nima his qilayotganingizni tushunmaydi deb o‘ylayapsizmi? To‘g‘ri, munosabatlaringiz haqida hech narsa bilmayman. Qanday boshlandi, qanday shirin xotiralaringiz bor va nimaga bu munosabatlar yakun topganini bilmayman. Lekin bu munosabatlar tugashi kerak edi. Balki ertaga sizga yengilroq bo‘lmas balki oylar, yillar o‘tib ham sizga oson bo‘lmas. Ammo bu barchasi yaxshilikka. Yorug‘ kunlar hali oldinda.

Shuning uchun, tushkunlikka tushmang. Noumid bo‘lmang, hayotingiz davom etmoqda. Vaqti kelib, kim bilan birga bo‘lishdan qat’iy nazar, siz o‘z yo‘lingizni va baxtingizni topasiz.

Tushunaman, siz uni sevardingiz, doim birga bo‘lamiz deb o‘ylagan edingiz. To‘y haqida orzu qilgansiz. Lekin, bir narsani tushuning: bu sinov. Xar bir mag‘lubiyatimiz bizni kuchli qiladi va irodamizni mustahkamlaydi.

Hayotingizdagi ayriliq bu oxiri berk ko‘cha emas. Siz o‘ylaganingizdan ham kuchliroqsiz. Siz o‘zingizni o‘zingiz tarbiyalab yangi insonga aylandingiz.
Siz uni sevishdan to‘xtamasligingiz va hech qachon unutmasligingiz ham mumkin. Lekin ishoning, sizni hayotda undan-da yaxshi insonlar kutishmoqda.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.12.2017 21:12
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz