Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Umr yo’ldoshni qanday tanlash kerak?

Bir qarashda erkaklarning sevimli ishlari bu o’zlarining obro’ — martabalari yuqori bo’lishi haqida tinmay o’ylash, oila va naslni davom ettirishni hayollariga ham keltirmayotgandek tuyulishi mumkin. Lekin umr davomida bir bora bo’lsa ham, erkak kishining hayoliga umr yo’ldoshni qanday tanlash kerak degan savol keladi. Bu ishga mas’uliyat bilan yondashish kerakligini anglab yetadilar.

Bir ayol bilan turmush qurishdan avval uni yaxshilab kuzatish va o’rganish lozim. Asosiy ahamiyatni nimaga qaratish kerak? Bugun Moqina.Net‘da shu haqda ma’lumot beramiz.

Turmushga tayyorligini bilish.

Buning ichiga umr yo’ldoshini qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish, murosali bo’lish hamda masuliyat hissi kiradi. Ko’pgina qizlar turmush qurishni bolalik chog’laridan orzu qilishadi, lekin bu ularni turmush qurishga tayyorligini bildirmaydi. O’z oilasi baxti uchun o’zining o’rgangan odatlaridan voz kecha olish bu yaxshi odatlar sirasiga kiradi.

Yetuklik

Ko’pgina erkaklar yosh turmush o’rtoq haqida orzu qiladilar. Agar qiz bolada turmush qurish jarayoniga kirishishda shaxs sifatida rivojlanish bo’lmasa, bu turmush uzoqqa bormasligiga urg’u berish zarurdir. Bu bilan hali rivojlanmagan qizni o’z yo’rug’iga yurgazib olaman deb o’ylash ham yaxshi oqibatga olib kelmaydi.

Oilaviy hayot haqida tasavvur.

Qiz bolani fikricha oilaviy hayot faqat bayrammi? Uni fikricha uning vazifasi o’z yorini hayotini yanada go’zalroq qilishdan iborat ekan. Erkak esa uni ta’minlash, u haqida qayg’urish, gullar va qimmat baho buyumlar bilan siylashi kerakmi? Agar qizning hayolida shunday fikrlar bo’lsa, demak turmush qurishga hali ertaga o’xshaydi.

Hayotga munosabat.

Hayotning ikir-chikirlar masalasida qancha oilaviy kemalar falokatga uchramaganmi? Agar sevganingiz oddiy buterbrod tayyorlashni bilmasa – bu hali tashvishga tushishingizga sabab emas, uni ovqat tayyorlashga o’rgatish mumkin. Agar uy ishlarida ayolingiz qatnashishni xohlamasa, yo uy ishlarini bajaruvchi ayolni yonlashga majbur bo’lasiz, yo bu ishlarni o’zingiz qilasiz, yoki bo’lmasa boshqa turmush o’rtoq topishga majbur bo’lasiz.

Pulga munosabat.

Haddan tashqari ko’p pul ishlatish yaxshi odat bo’lmaganday, ziqnalik ham yaxshi emas. Bu holda me’yorni erkak kishining topishiga qarab belgilagan ma’quldir.

Bolalarga bo’lgan munosabat.

Oila qurishning yana bir sababi bu o’z naslini qoldirishdir. Qiz bola farzand ko’ra oladimi? Agar yo’q bo’lsa yoki bunga hali tayyor bo’lmasa, bolalar uyidan bola asrab olish zarurmi? Balki u umuman farzand ko’rishni xohlamasachi? Balki u ko’p bola ko’rish istagidadir? Agar farzandli bo’lsangiz, farzandlar bilan muomalaga kirishishni yo’lga qo’yish kerak.

Ota-onalar tarbiyasi.

Psixologlarning ta’kidlashicha bolalar o’z ota-onalarini taqdirini o’zlarida namoyon qilish ehtimoli yuqori ekan. Agar qaynona yoqimsiz ayol bo’lsa, uning qizi ham yigirma yildan so’ng shunday taqdirni qaytarish ehtimoli yuqori bo’lishini nazarda tutmoq zarur. Agar qaynota ayolini so’zidan chiqmaydigan bo’lsa shu oilada tarbiya topgan qiz o’z erini shunday o’rinda ko’rishi ehtimoldan holi emas. Shu sababli to’liq oilalarda farzand tarbiyasiga ahamiyatli bo’lish darkor.

Ona bilan munosabat.

Onalar qizlariga katta ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga egalar. Bu yaxshi hol bo’lsada ko’pincha ular orasidagi munosabatda har-xil ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Qiz bola onasidan uzoqroq bo’lib, mustaqilroq hayot kechirgani ma’qul.

Mirmuhammad Ergashev

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 26.04.2016 23:27
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем
Tori men bunaqalaga kop duch kegaman onasini gapga kirib qzla farzandlarini otasiz osiwini oylap xam otrmay ajrawib ketwayaptilar
malumot uchun raxmat! Yigitlar haqida ham yozilsin .... biggrin

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz