Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yaxshiko'rgan insoningiz oldida o'zingizni qanday tutishingiz kerak? Ayollar makri

Hayotda eng maftunkor, baxtli onlar yozuvchisi, ammo barchada ham haqiqiysi uchramagan, misoli go'zal atirgul - bu sevgi. Uning tasvirlari turlicha. Kimgadir sevgi qayg'u va alam, kimgadir baxt, kimgadir hayotiga ma'no, kimgadir esa olam olib kelagan. Ayol sevgisiz, bu bir gul, quyosh nurisiz kabi deya tasvirlash mumkin. Ba'zi ayollar bu ulug'vor sevgiga erishib, uning qadriga etishmay qo'yishadi, ba'zilar esa etishsaham, munosabatni noto'g'ri yo'naltirishadi. Shuning uchun bu sahifamiz, sizga yaxshi ko'rgan insoningiz yonida o'zingizni qanday tutishingiz kerak ekanligi haqida.


Erkak kishining hayotiga yorqin ranglar kirgizish faqat ayol kishining qo'lidan keladi. Qancha gapirishsa ham, ayol makrisiz ular yasha olishmaydi. Ayol makri deganda biz yomon niyatda emas, to'g'ri ma'noda aytmoqchimiz. 
Har bir ayolda, bolalikdan ko'z qoqib kattalarni uni yaxshiko'raoltirish xususiyatga ega bo'lishadi. Har bir qizning ichida erkaklarni aqildan ozdiruvchi yirtqich yashaydi. Shuning uchun yaxshiko'rganiz oldida qanday tutishni o'rganishdan avval, siz dunyodagi eng chiroyli qiz ekanligizni biling, va ichingizda barchaga jar soling, ani o'shanda siz barchaga yoqimli va kerakli bo'lasiz. O'ziga bo'lgan ishonch - eng ashaddiy quroldir. Agar bu tuyg'uga ega bo'lmasangiz yoki shubxa qilsangiz, biron bir "ayol nafosati" degan tushuncha haqida o'ylab ko'rish mantiqqa o'rin qoldirmaydi. Har bir erkak kishi, ayolni yengil, xushchaqchaq, g'amxo'r ko'rishni istaydi. Shu sababdan, siz shunday qolishga majbursiz, agar sevgan insoningizni yo'qotishni istamasangiz albatta.


Yodda tuting: "Qizni chiroyli libosda uchratadi - aqli bilan kuzatadi ", degan maqol noto'g'ri. Ayol kishi har vaqt did bilan kiyingan bo'lishi kerak. Ustgi kiyimdan sizning ichki dunyoyingizni bilib olsa bo'ladi. Siz istalgan vaqtda va istalgan kunda har doim tayyor, o'ziga qaragan va yaxshi kiyingan bo'lishingiz kerak. Yigit kishida siz haqingizda bo'lgan birinchi fikr: "U o'ziga qarashni biladi", bo'lishi kerak. Buning uchun har bir narsa did bilan tursin, sochingiz bilan makiyaj to'g'ri kelsin, libosingiz oyoq kiyim bilan. Bu narsani doim yodda tuting, shunda har doim nafis va beg'ubor bo'lib ko'rinasiz.


Ichgi dunyo - bu yigit kishi kiymingiz ortida ko'rmoqchi bo'lgan narsadir, u ko'rinishingiz qanday bo'lsa ichki dunyoyingiz ham shunday bo'lishini istaydi. Siz ayolsiz, va har doim erkak kishining kuchli yelkasini his qilishingiz kerak. Uning qo'llab quvatlashi shart. Bundan foydalaning (albatta to'g'ri ma'noda). O'z zaiflik tomoningizni ko'rsatishda qo'rqmang, unga siz yosh boladek uning yordamiga muxtoj ekanligizni bildiring (aslida unday bo'lmasa ham). Erkaklar, ayol kishini zaif va himoyasiz bo'lganida sevishadi. Chunki faqat shunday erkak kishi o'zining kuchini va irodasini sizni muammolardan himoya qilgan holda ko'rsata oladi. Yodda tuting, zaif qizning ortida doim kuchli erkak turadi. Minnatdorchilik evaziga, unga bo'lgan tuyg'ularingizni uyalmastan oshkor eting. Uni har doim qilgan yutuqlari uchun maqtashni unutmang. Munosabatlardagi ochiqlik sizda 1 o'rinda tursin, shunda undan ham huddi shunday javob qaytadi. 


Uni yo'qotishdan qo'rqmang. Bo'lmasa qo'rquv ertami kechmi sizni paranoyaga olib keladi va munosabatlarni yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi. Erkak kishi sizning qo'rquvingizdan foydalanib sizni boshqarishni boshlaydi.
Tabbasumingiz, xushchaqchaqligingiz - bu siznig o'ziga tortish kuchingizdir. Bilingki, barcha qizning kulgusi mutlaqo turlichadir. Bunday jixatlar na'faqat birinchi uchrashuvda, balkim munosabatlaringizni oxirigacha siz bilan hamkor bo'lishi kerak. Chunki bu bizning psixikamiz, uni kundan kunga o'zimizni sevdirishga undaymiz. Siz faqat unga tegishli ekanligizni eslatmang, chunki barcha erkaklar mulkdor bo'lishadi, unda nimaga ular xushomad qilishmas ekan, rag'banlashtirish sifatida?


Yaxshiko'rgan insoningiz bilan munosabatingiz doim o'zaro tushunish bilan birga bo'lishi kerak. Eshitishga, maslahat berishga, kelishihsga har doim tayyor bo'ling. Hatto kichkinagina sevganingiz maslahatiga kirgan dek bo'lsangiz, u o'zini yettinchi osmonda hiz etadi. U siz bilan barcha mavzularda gaplashishi juda muhim. Bu o'zaro sitqidilligingizni asosiy yo'lidir. Uning kayfiyatiga qarab o'zingizni tuting, lekin vaziyat shuni talab qilsa o'zingiz xohlagandek manipulyatsiya qiling. Xafa bo'lish kerak bo'lsa, hazillashing, kuling yoki, yig'lang, muammoyingiz bilan bo'lishing, yoki sukut saqlang. Ayollarga tegishli bo'lgan maqol: "Sen ayolmisan - demak sen aktrisasan", rol o'ynashni o'rganing, niqoblarni har doim alishtiring, erkak kishi sizning doimiy tomoshabiningiz bo'lsin va gullarni olqishlarni faqat sizga qilsin.



Sahifamiz yakunida aytib o'tish lozimki, siz ayol ekanligizni unutmang, va barcha ayollarning o'z topishmog'i bo'ladi. Ochiq kitob yigitga qiziq bo'lmaydi. Ichiki dunyoyingizda shaxsiy jumboqlaringiz bo'lsin, va shunda yaxshiko'rganingizni o'zingizga tortasiz. U bilan birga bo'ling, ammo shu orada itoatsiz ham. Haqiqiy erkak butun umir ayolini zabt etishga intiladi. Aytib o'tkanimdek, unutmang: o'zingizni seving, shunda boshqalar ham sizni sevishadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 29.08.2017 19:08
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz