Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qanday qilib atrofdagilarda yaxshi taasurot qoldirish mumkin

Agar xohlaganimizda, tanamiz biz haqimizda o’zimizdan ko’ra ko’proq narsalarni hikoya qilib berardi. Tanamiz tili hamsuhbatimizga nima haqida o’ylayotganimiz va nimadan qo’rqayotganimizni bildirib qo’yishi mumkin. Ko’pgina kompaniyalarda ishga olish jarayonida odamning tanasi tilini biladigan xodimlar faoliyat yuritadilar. Bu insonlar ishga olinayotganlarni qanday lavozimga loyiqliklarini yaxshi tushunish qobiliyatiga egadirlar.

Ko’p hollarda biz o’zimizga masuliyatli ishlar buyurilganida noqulay ahvolga tushib qolganimizni sezamiz. Bu holatni o’zgartirish va hamsuhbatimizga o’z kuchimizga ishonishimizni ko’rsatish qo’limizdan keladimi? Bu yo’nalishda ma’lum imo-ishoralar va usullar mavjud bo’lib, odamlarni o’zingizga rom qilish sizga unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu ishni nimadan boshlash kerak?

Tabassum qiling

Agar inson tabassum bilan o’zgalarga boqsa, u hursand, o’zidan mamnun va o’z kuchiga ishonishidan dalolatdir. Uning tabassumi o’rab turgan olamdan xadiksiramayotganligini anglatibm u o’zini qulay his qilayotganini bildiradi.

Yelkalaringizni keng tuting

O’ziga ishongan inson, yelkalarini siqib, oyoqlarini sudrab yurmaydi. Belingizni to’g’ri, yelkalaringizni keng holatda tutib yursangiz atrofingizdagilarda ijobiy taasurut qoldirasiz. Yurganingizda qadamlaringizni katta tashlab, yon beriga xavotirli nigoh bilan qaramay, yo’lingizda davom ettiring.

Ko’zlariga tik boqing

O’ziga ishongan insonni yashiradigan hech narsasi bo’lmaydi. Ular suhbat chog’ida yerga qaramasdan, hamsuhbatining ko’ziga tik boqadilar. Bu holat suhbat davomida muhim bo’lib, hamsuhbatini o’z so’zlariga ishontirishda katta yordam beradi.

Qo’llaringizni cho’ntagingizdan chiqaring

Qo’llarni belga yoki cho’ntakka yashirmang. Bu holat hamsuhbatingizdan nimanidir berkitayotganingizni anglatadi. Qo’llaringizni tinch va bo’sh holda tuting. Agar o’tirgan bo’lsangiz, qo’llaringizni tizzangizga yoki stolga qo’yishingiz mumkin.

Tashqi ko’rinishingizga ahamiyatli bo’ling

Sochlari o’sgan, toza kiyinmagan, hamda yuvinmagan insondan keladigan badbo’y hid  inson atrofdagilarda o’zi haqida yomon taasurot qoldiradi. Bu esa insonga nisbatan ishonchsizlik hissini uyg’otadi. Har kuni o’zingizning tashqi ko’rinishingizga jiddiy ahamiyat bersangiz foydadan holi bo’lmaydi.

Hotirjamlikka intiling

Ko’pgina insonlar murakkab suhbatlar jarayonida oyoqlarini qimirlatib, tizzalarini harakatga keltirib, imo-ishoralar bilan o’z fikrlarini bildirishga harakat qiladilar. Bu ularni havotirlari ich-ichidan yemirayotganligining belgisidir. Bunday harakatlar hamsuhbatingizda noxush taasurot qoldirishi aniq. Birinchidan, bu sizni asabiylashayotganingizdan dalolatdir. Ikkinchidan, bu holat atrofdagilaringizga ham ta’sir o’tkazmay qolmaydi. Bu holatda o’zingizni bosib, hotirjamlikka intiling.

Qo’llaringizni qovushtirmang

Bu harakat ko’pgina insonlar tomonidan himoya ishorasi deb tushuniladi. Bu harakat bilan siz atrofingizdagilarga ular bilan muomalaga kirishishni xohlamasligingizni va suhbat mavzusi sizga yoqimsizligidan dalolatdir. Bu hol sizga hamkasblaringiz mehrini qozonishga to’sqinlik qiladi. Suhbat jarayonida bu holat eng yoqimsiz ko’rinishdir.

Keraksiz harakatlarni namoyon etmang

Bizning ko’pchiligimiz suhbat chog’ida qo’limizda nimanidir aylantirishga, barmoqlarimizni bir-biriga bog’lashga, sochlarimizni qo’llarimiz bilan o’ynashga odatlanganmiz. Bu esa o’z kuchimizga ishonmasligimizdan dalolatdir. Bu ishlarni qilgandan ko’ra, hotirjam o’tirib, kamroq keraksiz harakatlar bilan shug’ullangan ma’qulroqdir.

Hammaga bir xil yoqish mumkin emas, lekin atrofdagilarga yaxshi taasurot qoldirish muhimroqdir. Biz qayerda bo’lishimizdan qat’iy nazar, o’zimizga bo’lgan ishonch bizga hamisha yordam berishi aniq holdir.

Mirmuhammad Ergashev

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 02.05.2016 22:11
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем
Bunaqa ajoyib maqolalar ko'payaversin.

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz