Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Dangasalikdan qutulish sari 7 qadam

«Buni keyinroq bajararman. Ertaga qilsam-chi? Yo indinga qoldiraymikan?..» Bu gaplarni qanchalik ko‘p ishlatasiz? Har kuni?! Axir o‘sha «keyin» ham qachondir kelishi kerak-ku! Xuddi ayoliga uydagi yumushlarni bajarishga va’dabozlik qilgan mulьtfilьm qahramoni kabi uyingizdagi buyumlardan tog‘ paydo bo‘lib, qulab tushishi mumkin. Xo‘sh, nima qilish kerak?

  1. Nimani yo‘qotayotganingizni o‘ylab ko‘ring. Til o‘rganishni orqaga surayapsizmi? Unda sizni xorijga xizmat safariga yuborishmaydi. Ovqatni kechiktirsangiz, yo‘q joydan janjal chiqib, ko‘ngil xira bo‘ladi.
  2. O‘zingizga stimul toping. Atrofingizga nazar tashlang: tengqurlaringiz sizdan o‘zib ketibdi-ku! Hasadingiz kelayaptimi? Unda ishlang.
  3. Diqqatingizni chalg‘itmang. Kompьyuterda muhim hisobotni tayyorlashingiz kerakmi, «butun dunyo o‘rgimchak to‘ri»ga ilinmaslikka harakat qiling. Avval ishni bajaring, qolgani kutib turadi.
  4. Oldingizda turgan ishlar juda ko‘p bo‘lsa, ularni qismlarga bo‘lib, eng osonidan boshlang. Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib bo‘lgach, qolgani cho‘t bo‘lmay qoladi.
  5. Siz ishlayotganda o‘zgalar bezovta qilmasligini ta’minlang. Telefon, turli gurunglar odamni ishdan chalg‘itadi. Ularga berilmaslik tadbirlarini ko‘ring.
  6. O‘zingizga ish yig‘mang. Masalan, ba’zi ishlar (misol uchun, idish yuvish)ni o‘sha zahoti qilgan ma’qul. Chunki tartib o‘rnatishdan ko‘ra uni saqlab turgan osonroq.
  7. O‘zingiz kabi o‘zgarishni istayotgan hamfikrni toping. Bir-biringizga erishgan eng kichkina yutuqlarni-da gapirib berishga kelishib oling. Shunda o‘zingizni avval o‘rtog‘ingizga, so‘ng boshqalarga tan oldirish uchun kattaroq ishlarni bajarishga rag‘batlantirasiz.

Maslahatlarni shu joyigacha o‘qib tugatdingizmi? Demak, dangasalik zanjirini uzishni boshlabsiz. Endi reja asosida ishlarni taqsimlang. Natijalar ko‘zga tashlanishi bilan yutuqlarni o‘zingizga o‘zingiz sovg‘a qilib mustahkamlang.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 21.11.2016 23:37
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем
ajoyib so'zlar tasano

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz