Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Biznes yuritish qoidalari

Aristotel Onassisning ko’pgina davlatlar flotidan katta bo’lgan yuk tashuvchi va supertankerlardan iborat bo’lgan flotni barpo etishga muyassar bo’lgan boy insondir. Bugun Moqina.Netda Aristotel Onassisning ish yuritish bo’yicha maslahatlarini taqdim etamiz.

“Muavffaqiyatli bo’lmoq uchun, oftobda toblanganday bo’lib, hashamatli binoda yashang (agar u uyning bolxonasi bo’lsa ham), yaxshi restoranlarda ko’rining (faqat bitta ichimlik iste’mol qilsangiz ham), agar qarz olsangiz, katta miqdorda qarz oling”.

“Agar pulingiz bo’lmasa, qarz oling. Hech qachon kichik miqdorda qarz so’ramang. Katta qarz olib, tezda qaytarishga odatlaning”.

“Ishingizda rivoj bo’lishi uchun siz ko’rayotgan narsalarni o’zgalar ham shunday ko’rishiga majbur qiling”.

“Ko’p uxlamang. Agar kuniga uyqudan 3 soat iqtisod qilsangiz yiliga sizda ishlaringizni yo’lga qo’yishga qo’shimcha bir yarim oy vaqt hosil bo’ladi”.

“Ish jarayonida na do’stingiz va na dushmaningiz bo’lmaydi. Faqatgina sheriklaringiz va raqobatchilaringizgina mavjud”.

“Agar hayotingizda ayollar bo’lmaganida, dunyoning barcha pullarining qadri bo’lmas edi”.

“Ish yuritishning siri oddiy – siz bilgan narsani, birovlar bilmasligi darkor”.

“Qanchalik ko’p narsaga ega bo’lgan saringiz, shunchalik kam narsaga egaligingizni anglaysiz”.

“Biz ongimizni �dengiz qachondir tinch holiga keladi� degan fikrdan ozod etishimiz lozim. Biz kuchli shamol esganda ham, suzishni o’rganishimiz kerak”.

“O’zigizni jismoniy rivojingizdan xavotirga tushirmang. ideal bo’lishingiz shart emas”.

“Eng og’iri birinchi million dollarni ishlab toppish”.

“Rohat olganda ham, o’zingizga foyda ko’rish mo’ljalini niyat qilgan holda ko’ring”.

“Pul ortidan quvlamasdan – unga ro’baro chiqing”.

“Muayyan nuqtaga yetganda pul maqsad sifatida o’z qadrini yoqotib, ahamiyatsiz bo’lib qoladi. O’yinning gashti qalbingizni zabt etadi”.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 28.04.2016 21:14
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем
Ajoyib, rahmat maslahat uchun
Ajoyib, rahmat maslahat uchun
Qoyil harakat qilamiz
Qoyil harakat qilamiz

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz