Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Hayotni yengillashtiruvchi 5 maslahat

Hayotda barchamizda quvonchli paytlar bo'lgani kabi qayg'uli va qiyin davrlar mavjud. Ammo, qiyinchiliklarni yengillatish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz bas. Bugun Moqina.Net'da qiyinchiliklarni yengib o'tishni yengillatuvchi maslahatlarni taqdim etamiz. Marhamat!

1.Nola qilaverish yaxshi emas.

Kơp hollarda insonlar o'ylamaydilarki bunday fikr yuritish insonni tanazzulga boshlaydi. Nolachi har xil bahonalar qiladi. “Boshqa davrda tug’ilgan”, “boshqa burj ostida tug’ilgan”, “qơshnilaridan bahona izlaydi” vaxokazo. Ushbu holatda u oddiygina nolachi, chunki bunday yo'l tutish qulay-da! Shu yo'sinda u javobgarlikni boshqa shaxsga  yuklaydi – ota-onasiga, hukumatga, boshlig’iga. Buning barchasi shunday fikrlashga va shunday xayot tarziga ơrganganligidandir.

 

2. Muammolarni hal qilishni ơrganing

Inson miyasi – bu har qanday masalani yechimini izlovchi kompyuterdir,  eng asosiysi yechimni topish. Quvvat yetadi, bu haqda qayg’urmasangiz ham bo'ladi. Astoydil harakat qilinsa atom reaktorini qurish masalasini ham hal qilsa bo'ladi. Bu holda eng asosiysi qo'limdan kelmaydi yoki uddalay olmayman, singari  bahonalarni  izlamaslik kerak. Muammolar mavjud  emas, ularni turli  yechim  yo'llari mavjud. Shunda aniq! Hayot o'zgaradi!

 

3. Bor imkoniyatlaringizga tayaning.

Barchamizda nimadur bor – nimadur yo'q. Sizda mavjud unsurlardan tơg’ri foydalangan holda vazifalarni yecha olishingizga ahamiyat berganingizdagina  olg’a  yura olasiz.

Mana  yaqindagina xabar oldim: “Salom, Do'stim! Menda ma'lum vazifa bor – sho'rva tayyorlash darkor. Biroq muzlatgich deyarli bo'sh. Nima qilishim kerak?” qanday hol bu... nima qilish kerak? Borib do'kondan barcha kerakli oziq ovqatlarni sotib olish mumkin, sabzavotlarni tomorqada yetishtirib qishin bo'yi ularni iste'mol qilish mumkin, va nihoyat bor imkoniyatdan foydalangan xolda pishirish mumkin. Shundan xulosa qilamanki, ayni vaziyatdagi imkoniyatimizdan kơra, ahamiyatimizni bizlarda mavjud bo’lmagan imkoniyatlarga qaratamiz.  

 

4. Yaxshilikka intilish kerak.

Intilish – hayotimning asosiy shiori. Har qanday vaziyatda  yaxshiroq bo'lish kerak, ushbu tamoyilga amal qilgan har qanday inson xoh skripkachi hox tadbirkor  bo'lishidan qat'iy nazar barcha narsalarga  erishadi. Barcha millionerlar qay sohada  yutuqlarga  erishganlaridan qat'iy nazar ơzlarini ustasi omon deb atashlari  mumkin. 

 

5. Optimistlarga doim omad kulib boqadi.

Hayotimizdagi  yaxshi vaziyatlarning miqdori ơzimizga bog’liq. Ob-havoga emas, borliqqa  emas faqatgina ơzimizga bog’liq. Aslida biz qanday qilib bahtga erishishimiz mumkin? Bahtli inson  bo'lmoqlik ichki tanlovimiz bo'lishi lozim.  

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.01.2016 23:00
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем
Raxmat

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz