Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Hech narsaga erisha olmayabman. Nima qilish kerak?

Ko’pchilikka ma’lumki, insonning omadi yurishi faqat o’ziga bog’liq: bor kuchi bilan ishlash kerak, bir qancha kerak bo’lmagan fikr va ishlarni tashlash kerak va siz barchasiga erishasiz. Biroq inson mukammal emas, uning boshida bir qator xato tushunchalar mavjud. Bugun Moqina.Net da maqsadingizga erishishga to’sqinlik qilayotgan hato sindromlari haqida ma’lumot beramiz.

Birinchi marafonchi sindromi

Ko’pchilik odamlar bir xil stereotip bilan yashashadi. Agar inson ma’lum bir yoshgacha biron narsaga erisha olmasa, demak u “omadsiz”, “u hech narsaga erisha olmaydi”. Negadur har doim boshqalardan o’tib ketgisi keladi, yoki o’zidan oldinda yugurayotganlar bilan musobaqalashgisi keladi.

Qanday fikrlash lozim:

Baxtimizga, hayot jismoniy tarbiya darsi emas. Har bir insonning o’z taqdiri bor. Barchasi o’z vaqtida bo’ladi. Agar siz juda ham hoxlayotgan istagingizga hozirgacha erishmagan bo’lsangiz, demak hali vaqti kelmagan. O’ylagan narsangizni omadli tarzda rivojlantirish uchun kerak bo’lgan sizdagi ruhiy va amaliy sifatlar hali to’liq shakllanmagan. Shunday vaqt keladiki aynan siz butun umr orzu qilgan istagingizga erishasiz.

Nemis yozuvchisi Ekxart Tolle shunday degan ekan: “Nima aynan seniki ekanligini bilishni istaysanmi – barchasini qo’yib yubor, seniki o’zing bilan qoladi.”

Va eng muhimi hech qachon o’zingizni birov bilan solishtirmang, Unutmang, siz o’zingizga xossiz!

Ikkinchi sindrom. Aybdorlarni qidirish

Ko’pchilik insonlar o’zlarining omadsizliklarida birovlarni ayblashni harakat qilishadi. Ular aybni barchaga qo’yishlari mumkin – ota – onalar, do’stlar, boshliq, hukumat, adolatsiz hayot va yana nimadurlar… Shunday hayollar insonning ongiga o’rnashib qoladi va pozitiv fikrlashga halal beradi va quyidagicha fikrlar rivojlanishiga sabab bo’ladi: “ Do’stimning ota – onasi juda yaxshi, Ular unga yaxshi ko’rgan ishi bilan shug’ullanishiga qarshilik qilishmadi, shuning uchun u hozir baxtli” Menga bo’lsa doim to’sqinlik qilishdi va mana natijasi”.

Qanday fikrlash kerak:

Shuni bilish kerakki hech kimda, hattoki eng omadli insonda ham o’zini rivojlantirishi uchun mukammal sharoit bo’lmaydi. Kimdir bir tomondan ustunlikka ega bo’lsa, yana kimdir boshqa tomondan imkoniyatlarga ega bo’ladi.

Muhimi, siz o’zingizning imkoniyatlaringizni hisobga olib, to’g’ri yo’lni topa olishingiz kerak. Agar har doim aybdorlarni qidirilsa biron narsaga erishishingizning imkoni bo’lmay qoladi.

Uchinchi sindrom: Ushalmas orzular

Bu sindrom inson maqsadga erishish yo’lini bilgan vaqtda paydo bo’ladi. Mana shunday paytda u orzu qilishni tanlaydi. Misol uchun, “ Ajoyib g’oya tug’ildi. Kelajakda u millionlab daromad keltirishi mumkin. Endi uni amalga oshirish kerak. Bizga buni hayotga tatbiq etish uchun mutaxassislar kerak. Ularni yonlash uchun esa pul kerak.

Ko’pchilik man shu yerda to’xtaydi va orzu qilishda davom etadi. Ba’zi bir odamlargina oxirigacha kurashib, omadga erishadilar.

Ho’sh, nima uchun ko’pchilik odamlar orzu qilishni afzal ko’radilar? Buning sabablari ko’p: kimdir qo’rqadi, kimdurning erinchoqligi tutib qoladi. Yana kimdir esa shunchalik omadga erishishga ishonmaydi. Maqsadga erishish uchun esa barcha to’siqlarni yengib o’tib, oxirigacha kurashish kerak. Negaki buni siz uchun hech kim qilmaydi.

Omadning 5 siri.

Omadga erishishingizda sizni oyog’ingizdan tortadigan holatlarni ko’rib chiqdik. Endi keling o’ylagan maqsadimizga erishishimiz uchun nimalar qilishimiz kerakligini ko’rib chiqamiz.
Oldingizga aniq maqsad qo’ying. Bu maqsad hozirda sizga qiziq bo’lishi, sizni harakat qilishga undashi kerak, orzu qilishga emas. “Men buni o’rganishim kerak, uni o’rganishim kerak” deb o’zingizga kamroq gapiring. Maqsadga erishish uchun aniq reja tuzing.

Re’jalaringizni sir saqlang.

E’tibor berganmisiz? Qanchalik ko’p o’z rejalaringiz haqida atrofdagilarga gapirsangiz, shunchalik ko’p bu re’jalaringizni o’girlab olishadi. Nega shunday? Barchasi shundaki, inson ongida paydo bo’lgan g’oya bu uning o’ziniki, siz g’oyangizni birovlarga aytsangiz bu 100 % sizniki bo’lmay qoladi. Bir odamga aytdingizmi g’oyangizni 10 % ini yo’qotdingiz. U yana 2 kishiga aytdi, siz 30% yo’qotdingiz…

Agarda siz ishlarga ulgurishni istasangiz, barcha halal beradigan narsalarni tashlang va barcha kuch – quvvatni g’oyangizni amalga oshirishga qarating.

Nolish uchun sabab qoldiring.

Ko’pchilik odamlar o’zlarining omadsizliklari haqida eslashni yoqtirishadi: “Men bunga erisha olmadim, o’sha paytda mana bunday qilganimda… “, “Men uni e’tiborini qozona olmadim, o’sha paytda o’zimni boshqacharoq tutganimda… ”, Yana bir bor xatoga yo’l qo’ymaslik uchun bunday xotiralar kerak. Ammo bunday vaziyatlarni doimiy eslab siqilish yuragimizni ezadi va yangi marralarga erishish uchun harakat qilishimizga to’sqinlik qiladi.

Gaplaringizga et’ibor bering.

Siz do’stlaringiz yoki boshqa birov bilan qanday gaplashishingizni eshitganmisiz? Eshitmagan bo’lsangiz, o’zingizni diktofonga yozib olishga harakat qiling, ko’p narsani bilib olasiz. Agarda siz “Necha martta senga gapirish kerak, … “ Seni qo’lingdan hech narsa kelmaydi”, “ Qila olmaysanmi – urunma”, “Men odatdagidek hech narsaga erisha olmayabman”, “Endi menga hech narsani keragi yo’q”, “Baxtli hayot faqat kinolarda bo’ladi” shunga o’xshash so’zlarni ishlatsangiz ulardan foydalanmaslikka harakat qiling. Negaki aynan shunday so’zlar bilan siz o’zingizni va atrofingizdagilarni pesstimistga aylantirasiz.

O’zingizga yoqadigan ish bilan shug’ullaning.

Dangasalikni, qo’rqoqlikni va pessimizmni yengishning eng yaxshi yo’li bu o’zingiz qiziqqan ish bilan shug’ullanish. Onson, qiyin bo’lmagan va qiziqarli ishlardan boshlang. Omad yor bo’lsin 

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 10.05.2016 16:12
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем
Umuman tuwn madm

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz