Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Insonlar orasida obroingizni oshirishning 14 qoidasi

Haqiqiy erkakni barcha hurmat qilishi kerak. Bu shartligi uchun emas, u shunga loyiqligi uchun. Bugun Moqina.Net'da insonlar orasida o'z obroingizni oshirishning 14 qoidasi haqida ma'lumot beramiz. Marhamat!

1.Anglash zaruriyati.

 Eng avvalo, shu haqiqatni qabul qilish kerakki, erishgan mavqeyingizdan qat'iy nazar, atrofingizdagi insonlar xayotiga ta'sir kơrsatasiz. Kơpgina hollarda boshqalarga, bilvosita yoki bevosita ta'sir ơtkazishimizni tasavvur ham qilolmaymiz. Xatti harakatlarimizni anglashimiz juda ham muhim va shunga ko’ra harakat yơnalishimizni tanlashimiz zarur.

 

2. Qat'iyatli va  prinsipial bơling.

Harakatlaringiz, ơzingizni qanday inson deb bilishingizga monand bơlsin. Ơzingizga qarshi chiqmang. Onson yơl ahtarmang. Boshqalar nazdida ơz obrazingizni  yarating va ularga ơrnak bơlishga harakat qiling. Sizningta'sir doirangiz xarakatingiz bilan beliglanadi, harakatingiz esa sizning intilishlaringiz bilan belgilanadi.

 

3. Chin dildan va ochiq oydin harakat qiling.

Boshqalar oldida ơzini kơrsatish kerak emas. Haqiqiy bơling. Rostgơy bơling. Bu sizga bơlgan ishonchni oshiradi, ishonch esa sizning ta'siringizni kuchaytiradi.

 

4. Zimmangizga javobgarlikni oling.

Ơzingizni oqlamang. Agarda xatolikka yơl qơysangiz darxol tan oling. Yetakchi bơlish, mukammallik degani emas. Xatolar dars bơlsin, bir - biringizga kơmakdosh bơling.

 

5. Muammoning yechimini izlang.

Muammolarga arz qilib, qơlni qovushtirib ơtirish  yaramaydi. Buning ơrniga muammoni hal qilishga harakat qiling. Muammoni yechimini topguvchilar boshqalarning e'tiborini tortadilar.  Agar siz shunday inson bơlsangiz, mavqeyingiz oshadi – ahir siz yangi istiqbollarni ochasiz.

 

6. Tashabbus kơrsating.

Boshqaruvni kim olar ekan deb qơlni qovushtirib ơtirish kerak  emas. Hodisotga ijobiy ta'sir qilmoqchi bơlsangiz harakat qiling.  Yangi g’oyalar beruvchi, tavakkal qiluvchi va istiqbolli kelajak sari yetaklovchilardan bơling.

 

7. Boshqalarning o'rniga o'zingizni qơyib ko’ring.

Boshqalarning tuyg’ularini anglashga vaqt ajrating. Ularni aynan shunday yơl tutishlariga nima undayapti? Ularni nima bezovta qilyapti? Siz ularga e'tibor bermaguningizcha, ular sizning g’oyalaringizga e'tibor berishmaydi. Biroq... Siz chin dildan harakat qilishingiz kerak. Haqiqatdan ham qiziqqanligingizni ko'rsatib bering. Ularni aldashga urunib ham ko'rmang.

 

8. Boshqalarga tơg’ri baho bering va buni  yashirmang.

Oddiygina “rahmat” mơjiza  yaratishga qodir, ayniqsa begonalarning kơz ơngida aytilgan bơlsa. Boshqalarning tirishqoqligiga ahamiyat bering, ơrnak qilib kơrsating, hamma kơrishi uchun. Shu yơsinda ish tutar ekansiz atrofingizdagilarga qaysi harakat tơg’ri ekanligiga ishora qilasiz. Barchamiz, bizga baho berishlarini va maqtashlarini istaymiz.

 

9. Qay usulda ish tutmoq lozim?

Odamlar har doim payqashadi. Barcha hodisalarni ơz nazoratingizda ushlab qola olmaysiz, lekin siz ơz xatti-harakatingizni jilovlashingiz mumkin. Va sizning harakatingizni atrofdagilar kuzatishadi. Hissiyotlarga berilmang, tinchlaning, voqelik xaqida fikr  yuriting. Harakatingiz natijasini unutmang.

 

10. Odamlarning ijobiy tomonlarini izlang.

Bu g’ayrioddiy bơlib kơrinishi mumkin, hudbin insonga aylanmaslik uchun ơzgalar manfaatini shaxsiy manfaatdan  yuqoriroq tuting. Sizga  ergashganlarga yordam bering. Sizning ta'siringiz natijasida atrofdagilarning ijobiy qirralari ochilsin. Ularning ơzlariga sezilmas salohiyatni ilg’ashingiz mumkin. Uni namoyon qilishga yordam bering.

 

11. Zarhal qoidalar bilan ish  yuriting.

Ơzingizga nisbatan hohlagan harakatni boshqalarga nisbatan ham qo’llang. Bu oddiygina baland parvoz gaplar deb ơylamang. Ularni rơyobga chiqaring.  Ơzingizga hohlagan muomalani avval boshqalarga tuhfa qiling. Agar sizni hurmat qilishlarini hoxlasangiz, boshqalarni hurmat qiling. Ơrnak kơrsating va albatta sizga qaytadi.

 

12. Baham kơrishni ơrganing.

Qơlingizdan kelganini va bilimingizni bơlishishdan qơrqmang. Atrofdagilar bilan bơlishing, ularga yordam bering. Atrofdagilar, siz ular bilan ơz bilimingizni baham kơrishingizga umid qilsin. Onsonlik bilan bơlishing, tez-tez bơlishing.

 

13.  Yaxshilikka intiling.

“Yaxshi” kơpgina hollarda “haqiqatdan ham yaxshi” bơlavermaydi. Ơzingizga yuqori marralarni mơljal qiling, keyinchalik boshqalar ham buni qabul qilishadi. Ơzimizga marrani kơtarar ekanmiz, atrofdagilarni ham bunga chorlaymiz. Kơproq vaqt va harakat sarf eting va balki boshqalar ham sizdan ơrnak olishar.

 

14. Umumiy konsepsiyani ishlab chiqing.

Insonlar qay yơnalishda  ekanliklarini anglashlari zarur, ularga istiqbol kerak. Atrofdagilarga ta'sir kơrsatmoqchi bơlsangiz, sizga aniq bir konsepsiya zarur. Atrofdagilarni ortingizdan ergashishini istasangiz, yơnalishingizni aniq bilishingiz kerak. Tushunarli bơling. Marralarni belgilang, muzokara olib boring.  

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.01.2016 22:29
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz