Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Kechikmaslik uchun nima qilish kerak?

Kechikish mavzusi har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Muhim uchrashuv, suhbat, o‘qish yoki ishga kech qolmaslik xayoli ko‘pchilikning kundalik tashvishi bo‘lsa, ajab emas. Kim uchundir kech qolish odatiy hol, kim uchun esa tasodifiy hodisa. Lekin nima sabab bo‘lmasin, unutmangki, kechikish salbiy illatlar qatorida turadi. Doimiy kechikish siz haqingizda salbiy fikr uyg‘otishi, bir necha ortiqcha dilxiraliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Quyida kechikishning odatga aylanmasligi va vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olishga yordam beruvchi 4 qoidani taklif etamiz.

1-qoida. Erta uyg‘onish

Ba‘zida kech uyg‘onish kech qolishga sabab bo‘ladi deb, erta uyg‘onishga harakat qilinadi. Lekin ba‘zida erta uyg‘onib ham kechikadiganlar yo‘q emas. Bunga sabab, ular “hali vaqtim bor”, degan o‘y bilan sekin harakat qiladi va natijada yana shu holat takrorlanaveradi. Baribir, har qanday holatda erta uyg‘ongan ma’qul.

2-qoida. Vaqtni taqsimlash

Ertalab nonushta tayyorlash yoki ko‘ylak dazmol qilishga ketadigan vaqtni hisoblab ko‘ring, agar shu yumushlarga chindan ham ko‘p vaqt ketsa, ularni kechqurun tayyorlab qo‘ying. Hamda ertalabki vaqtni taqsimlab oling, masalan, o‘rindan turishga 5 daqiqa, badantarbiyaga 15 daqiqa, yuvinishga 5 daqiqa, nonushtaga 10 daqiqa, kiyinishga 10 daqiqa ajrating va ishga boriladigan yo‘l uchun ham vaqtni rejalashtirib oling.

3-qoida.  Vaqtni “o‘g‘irlovchi” mayda sabablarni aniqlab olish

Dastlab vaqtingizni oladigan, chalg‘itadigan mayda narsalarni ajratib oling. Bu hozirda mobil telefonlaridagi ko‘pgina funksiyar, internet, ijtimoiy tarmoqlar bo‘lishi mumkin. Balki, bu sabablarni  hayotingizni ularsiz tasavvur eta olmaganingiz uchun rad etarsiz. Biroq o‘zingizga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lgan holda, o‘ylab ko’ring, bu narsalar aslida vaqtingizni “o‘g‘irlamayaptimi”?

4-qoida. Mas’uliyatli bo‘lish

Mas‘uliyatlilik hissi kech qolmaslikka undab turuvchi “kuchdir”. Bu hisga ega bo‘lib turib ham, ayrim kutilmagan  vaziyatlar sabab, baribir kech qolish mumkin. Hayotiy misol, bir kishini odamlar kutayotgan mahal, yo‘lda mashinalar tirbandligiga duch keladi. Shu onda mashinasini tashlab, boshqa yo‘llar bilan manzilga vaqtida yetib boradi. U shinam mashinada kechikib borishni emas, qanday qilib bo‘lsa-da, kutayotgan odamlar yoniga kechikmay borishni afzal biladi.

Xalqimizda “Ishchi xodim kech qoladi, rahbar esa ushlanib qoladi”, degan hazilomuz gap bor. Albatta, rahbar bo‘lsangiz, kechikish illati shu bahona bilan yuvilib ketar, ammo, hamma ham rahbar emasligini unutmang. Punktuallik – o‘z vaqtida bo‘lish degan tushunchaga amal qilish barcha muvaffaqiyatlar kalitidir!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 23.10.2016 11:18
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz