Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Kiyimlarni to‘g‘ri dazmollash qoidalari

Hozirgi paytda ko‘plab fabrikalar dazmol qilishni talab etmaydigan matolardan liboslar chiqarmoqda. Biroq haqiqatan sifatli va qimmat matolar dazmollashni talab qiladi, aks holda ular pala-partish ko‘rinish kasb etadi. Ba’zi uy bekalari uchun dazmollash jarayoni haqiqiy mashaqqatga aylanadi. Dazmollashning asosiy qoidalarini bilib olsangiz, sevimli liboslaringizni osonlik bilan ideal holatga keltira olasiz.

Dazmollash usullari

Quruq dazmollash. Bu usulda kiyimlar o‘ng yoki teskari tomonidan dazmol qilinadi.

Namlab dazmollash. Kiyimga suv sepib chiqiladi yoki ho‘l sochiqqa o‘rab qo‘yib, so‘ngra qizdirilgan dazmol bilan dazmollanadi.

Bug‘ yordamida dazmollash. Bu holda dazmolning bug‘ chiqarish vazifasidan foydalaniladi. Kirishib ketadigan matolarni dazmollashda zinhor bu usuldan foydalanish mumkin emas.

Agar biror bir mato uchun aynan qaysi usul mos kelishida ikkilanayotgan bo‘lsangiz, uning teskari tomonidan kichikroq qismini dazmollab ko‘ring.

Turli matolarni dazmollash yo‘llari

Turli-tuman matolar dazmollashning turli usullari, namlash darajasi va turli haroratda ishlov berishni talab etganligi uchun, dazmollashdan avval albatta uning yorlig‘ini o‘qib chiqing.

Sintetik matolarni faqat iliq dazmol bilan, uning alohida qismlari uchun nam dokani qo‘llagan holda dazmollash mumkin. Bunday matolarni astar qismidan dazmollagan ma’qul.

Ipak matolarni dazmollashdan avval yarim soatcha nam matoga o‘rab qo‘yib namlantirish tavsiya etiladi. Ipakdan ishlangan matoga suv sepish umuman mumkin emas: aks holda suv tomchilari dog‘ hosil qilishi mumkin. Qora ipak matolarni yupqa mato yordamida teskari tomonidan, och ranglisini esa o‘ng tomonidan dazmollash kerak.

Astarbop gazlamalar (satin, sarja, ipak) yaltiroqligini yo‘qotmasligi va suv sepishdan hosil bo‘ladigan dog‘ qoldirmaslik uchun teskari tomonidan, namlamasdan dazmol qilish lozim.

Jun matolar tez yotib qoladi, shuning uchun ular nam mato yordamida teskari tomonidan 150—165 daraja haroratda ehtiyotkorlik bilan dazmol qilinadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 21.11.2016 23:40
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz