Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Kun davomida o‘zingizni ruhlantirish uchun 5 ta eng yaxshi usul

  1. 1. Barvaqt uyg‘oning
    Agar ertalab shoshilib hech qayerga bormasangiz, sizda yangi boshlanayotgan kunga ruhiy va jismoniy tayyorlanish uchun yetarlicha vaqt bo‘ladi. O‘zingizni dadil va xotirjam sezasiz. Kunni qanday o‘tkazishingiz, uni qanday qilib boshlashingizga bog‘liq. 
     

    2. “Kun shiori”ni tanlang
    Ertalab sizni ruhlantiradigan shior tanlang va uni kun davomida hayolingizda saqlang. Sizga qo‘shimcha rag‘bat kerak bo‘lganda u haqda eslang. Shunday tarzda har doim sizga madad beradigan va salbiy fikrlardan qutqaradigan kuch bo‘ladi. 
     

    3. Ijobiy tomonlarni qidirib toping
    Ruhlantirishni yo‘qotishni asosiy sabablaridan biri – atrofda sodir bo‘layotgan narsalarga salbiy munosabatda bo‘lish. Har safar miyangizda yomon fikrlar paydo bo‘lsa, energiyangizning bir qismini yo‘qotasiz. Agar ular sizning miyangizda doim yashasa, kun davomida o‘zingizni tushkun va bezovta his qilasiz. Agar omadsizlik sodir bo‘lsa, ega bo‘lgan qimmatli tajriba haqida o‘ylang. 
     

    4. Boshqalarga ko‘mak bering
    O‘zgalarga yordam berish doim kishini ruhlantiradi. Kimningdir muammosini hal qilishga yordam bersangiz, o‘zingizning muammolaringizdan chalg‘iysiz. Bu ulardan qochasiz degan ma’noni bildirmaydi, shunchaki ular kichikroq va kamroq qo‘rqituvchi bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari, odamlarning minnatdorligi va savobli ish qilganingizga iqror bo‘lishlari juda ko‘p ijobiy tuyg‘ularni bag‘ishlaydi. O‘z hayotingizni yaxshilash uchun boshqalarning hayotini yaxshilashga harakat qiling. 
     

    5. G‘olib bo‘ling
    G‘alaba yoki mag‘lubiyat – sizning birinchi galdagi tanlovingiz. Hech kim sizni yutqazishga majbur etmaydi, agar bunga o‘zingiz yo‘l qo‘ymasangiz. Shunday ekan, g‘olib bo‘ling. Agar o‘zingizni shunga yo‘naltirsangiz, kun davomida kuchli, jasoratli va topqir bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa muammolar sizni mag‘lub etishiga yo‘l qo‘ymaysiz.


    Mirmuhammad Ergashev

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 02.02.2016 21:54
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем
Moqina net saytiga va adminlariga katta raxmat
Moqina net saytiga va adminlariga katta raxmat
Moqina net saytiga va adminlariga katta raxmat
Moqina net saytiga va adminlariga katta raxmat
Raxmat yana kutamiza
Raxmat kattakon
Raxmat admin

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz