Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qadringiz yo‘qmi? Buning yechimi bor!

Siz o‘zingizni xurmat qilib, qadrlasangiz, bu magnit singari atrofdagilarning hurmat va e’tiborini siz tomonga tortadi

O‘zingizga bo‘lgan saxiylik bu atrofdagilarning sizga saxiy bo‘lishi demakdir. Xursandchilik xursandchilikni tortadi, pul pulni chaqiradi, odamning ichidagi g‘arazlik va doim hamma narsadan nolishi esa qayg‘u va kambag‘alikkni o‘ziga tortadi.
Inson doim o‘zini sevishi va hurmat qilishli kerak, aks xolda bu uning hayotidagi qiyinchiliklari va muammolariga sabab bo‘lishi mumkin.
Agar biz o‘zimizni hurmat qilmasak, hayotimiz asta sekin alam va yolg‘izlik tuyg‘ularidan iborat kunlarga aylana boshlaydi.
O‘zimizga bo‘lgan hurmatning yo‘qligi oilaviy munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Agar oilada ayol (ona,turmush o‘rtoq ) o‘zini hurmat qilmasa oiladagi munosabatlarning muvozanati yo‘qoladi. Ular mehr-muhabbat bilan to‘ldirilmagan bo‘ladi. Sevgi-muhabbatning mehr va enegiyasi yo‘qoladi. Shu sababli o‘zini xurmat qilmagan odamni ko‘pincha hech kim sevmaydi.
Birinchi navbatda u o‘zini sevish uchun sabab topa olmaydi. Demak, o‘zini sevishni bilmagan odam boshqalarni ham seva olmaydi. U nafaqat ishxona yoki o‘qishda, balki oilada ham o‘zini yolg‘iz his qiladi. Hatto xursandchilik paytlarida ham taqdirga nisbatan alam his etadi Shuning uchun bunday odamda turli xil komplesklar vujudga keladi. 
Bunday oilada tug‘ilgan bola ham omadsizlik tuyg‘usi bilan ulg‘ayadi va oila a‘zolari bilan tez-tez janjallashadi va ulardan alamini oladi. O‘zini hurmat qilmagan ona ham turmush o‘rtog‘i va farzandalarini ular uni sevmasliklari va uning qadriga yetmayotganlarida ayblab oila tinchligini buzadi. Bunga javoban uni sevmaydigan eri va hurmat qilmaydigan farzandlarining befarqligi bilan to‘qnashadi. Oila har kuni jang maydoniga aylanadi.
Oiladagi bu muammolar sababchisi o‘zini qadriga yetmaydigan ayoldir, chunki oiladagi mehr-muhabbatga ayol kishi javobgar deb hisoblanadi. Bunday ayolning hissiyotini qafasga tushgan jarohatlangan qushning hissiyotlari bilan qiyoslash mumkin. Hayotida azob, alam va hiyonatga duch keladi.
Sizga bunday hayot nega kerak? Axir barchaning tanlov huquqi bor. O‘zimizni sevish yoki sevmaslikni, hurmat qilish yoki qilmaslikni o‘zimiz hal qilamiz. “Nima eksang shuni o‘rasan” deydilar. Darhaqiqat “hosil ”ning yaxshi yoki yomon bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq.
O‘zini hurmat qilmagan erkak kishi ham qaysi soxa bilan shug‘ullanmasin hamma joyda yutqazadi. U umri oxirlab qolganda va o‘tmishiga nazar tashlab afsus va nadomat chekadi.
Bunday holat biz bilan sodir bo‘lmasligi uchun xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, o‘zini sevish va hurmat qilish baxtli hayot kechirish uchun muhim.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.12.2017 21:12
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz