Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qanday qilib ertalab soat 4 da turishni o‘rganish mumkin va bu nima uchun kerak?

Ko‘pchilik odamlar uchun erta turish har doim juda mashaqqatli kechadi. Eng boshida bog‘chaga, keyin maktabga, keyin universitetga va keyin esa ishga erta uyg‘onish zaruriyatini eslang. Xuddi butun umr la’nati budilnik dam olishga qo‘ymasdan orqamizdan quvib yurgandek.

Lekin aslida, erta turish — tashvish emas, balki baxt. Erta turishga odatlangan odam o‘zini yanada muvaffaqiyatliroq, sermahsulroq sezadi va ko‘proq narsalarni qilishga ulgurishi mumkin.

Biz siz uchun ertalab soat 4 da uyg‘onishga va muvaffaqiyatli odam bo‘lishga yordam beradigan bir necha maslahatlarni to‘pladik.

Bu nima uchun kerak?

Aslini olganda, o‘zingiz uchun bu savolga aniq javob topmaguningizcha erta tura olmaysiz.

Aniq maqsadingiz bo‘lsa va nimani nima uchun qilish kerakligini aniq bilsangiz, muammosiz ertalab soat 4 da tura olasiz.

Bu nima uchun muhim?

E’tibor qaratish va mahsuldorlik — har qanday odamning yuksalishi uchun zaruriy shartlar. Afsuski, aynan ular o‘sish uchun eng qiyin sifatlar  hisoblanadi. Erta turishlar sizni intizomga, u esa o‘z navbatida moslashib olishga o‘rgatadi. Bu ikki malaka bilan siz ko‘zlagan maqsadingizga bemalol erishasiz.

Ertalab nima qilish kerak?

Rejalashtirish — yangi tartibda faoliyat ko‘rsatishga o‘tishning muhim qismi. Ertalab uchun qat’iy va aniq jadval tuzing: qachon turasiz, avval nima qilasiz — mashq, yoki yuvinish, qaysi ishlar birinchi o‘rinda, qaysilarini esa keyinga qoldirish mumkin.

Sekin, lekin ishonchli

Yangi tartibga darrov o‘tishga urinmang. Agar siz bir necha yillar davomida kech soat 1 da yotgan va ertalab soat 9 da turgan bo‘lsangiz, birdan tartibingizni o‘zgartirish oson bo‘lmaydi.

Asta-sekinlik bilan o‘zingizni yangi tartibga o‘rgatib boring: har kuni 10-15 daqiqadan ertaroq turishga odatlaning.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 09.09.2017 19:39
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz