Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Samaradorligimizni yo‘qqa chiqaradigan 20 odat

Eslab qoling va qoching

1. Barcha narsaga ketma-ket chalg‘ish

Tashqi ta’sir qiluvchi narsalardan qochishning iloji yo‘q, lekin umuman ularga e’tibor berishimiz kerak, deb kim aytgan? Agar, qo‘ng‘iroq bo‘lsa, yozishsa yoki eshik taqillatib qolsa, darhol shug‘ullanayotgan mashg‘ulotingizni chetga surib qo‘yishni bildirmaydi. Ish vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalarga tanaffus bor.

2. Maqsadlarning yo‘qligi

Maqsadingizni imkon boricha aniq va lo‘nda shakllantirilgan vazifalarga aylantiring. Buni qilmas ekansiz, ular shirin xayol bo‘lib qolaveradi.

3. Juda ham ko‘p maqsadlarni ko‘zlash

Boshqa tomondan, siz aslida amalga oshirish mumkin bo‘lgandan ortig‘ini rejalashtirish kerak emas. Baribir ham har bir vazifaga yetarli darajada e’tibor qaratib bo‘lmaydi. Tavakkalchilik va xatar katta bo‘lsa, harakat to‘zonga aylanib ketadi. Keyin bizga miqdor emas, sifat muhim. Shunday emasmi?

4. Chetga surish

Biz nimadirni qanchalik uzoq vaqt chetga surib qo‘yaversak, buni qachondir hal qilish uchun kam imkoniyat qoladi. Shunchaki ishoning: ishni bu safar ham chetga uloqtirib, alam va qiynoqqa berilgandan ko‘ra unga yakun yasab, quvongan ma’qul.

5. Haqiqiy hayotni televizorga almashtirish

Agar do‘stlaringiz va yaqin insonlaringizdan ko‘ra seriallar va realiti-shou qahramonlarining hayotidagi voqealar sizni ko‘proq tashvishga solsa, nimadirni o‘zgartirish vaqti keldi.

6. Muntazam ovqat haqida unutish

Ha, ba’zan ishlar tiqilib ketadiki, tamaddi qilib olishga vaqt bo‘lmaydi, to‘laqonli tushlik qilish haqida umuman gap bo‘lishi mumkin emas. Buyrak usti bezlari buni tushunmaydi: boshqa ishlar foydasiga taom yeyishdan voz kechsak, ular qolgan quvvatni sarf etib, ichkaridan yemirilishni boshlaydi. Ertami-kechmi bu albatta yonib, kul bo‘lish bilan nihoyasiga yetadi.

7. Xarajatlarni kuzatib bormaslik

Moliyaviy ishlari tartibsiz bo‘lgan odamlarda normal hayot uchun mutlaqo hech qanday imkoniyat bo‘lmaydi. Foyda va xarajatlar nazoratining ahamiyatlilik darajasi bo‘yicha sog‘liq haqida g‘amxo‘rlik qilish bilan solishtiramiz. Bu barcha buxgalteriya hisoblariga e’tiborsizlik qilmang.

8. Boshqa odamlarning muammolariga vaqt ajratish

Hayotingizni to‘liq va batamom nazorat qila oladigan yagona inson — sizsiz. Vaqtingiz – eng katta qiymatga ega hisoblanadi, shu sababli unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak.

9. Muhim narsalarni yozmaslik

Qaydlarni kiritib borish qilishimiz kerak bo‘lgan va istagan ishlar oqimiga g‘arq bo‘lmasligimizga yordam beradi. Qolaversa, miyani yaxshi jihatlarga e’tibor qaratishiga imkon beradi.

10. Kun tartibining yo‘qligi

Soat bo‘yicha qat’iy tartib haqida so‘z ham bo‘lmaydi. Ertalabki va kechqurungi marosimlar bo‘ladi: ular kun bo‘yi o‘z ohangini berib turadi va ishonchli tayanch nuqtasi bo‘lib qoladi.

11. Tanaffussiz ishlash

Sizning tanangiz va aqlingiz hordiq chiqarishga ehtiyoj sezadi — bu fakt, uni muhokama qilinmaydi. Charchaganizni his qilishingiz bilan tanaffus qiling. Tez orada umuman holdan toydan ko‘ra, bir ozgina tanaffus qilib, fikrlarni jamlagan yaxshi.

12. Ko‘p vazifa rejimida ishlash

Bir vaqtning o‘zida bir qancha ish — yomon g‘oya: vazifa ko‘p, natija esa unchalik ham yaxshi bo‘lmaydi. Har bir vazifaning o‘z vaqti bo‘ladi. Bunday yondashuv nafaqat boshni ozod qiladi, balki burchni bajarishning ajoyib hissini beradi.

13. Uy ishlarini keyinga surish

Tirishib, bor kuch bilan ishlash ta’sirida hayot uchun vaqt qolmasa bundan nima ma’no? Juda katta haybarakallachilikda ham kamida bitta maishiy masala hal bo‘lganiga ishonch hosil qiling: hisoblar to‘langan, idishlar va choyshablar yuvilgan bo‘lishi kerak. Qisqasini aytganda, uyingiz egasining yashashi qiyin bo‘lgan ko‘rgazmali namoyishga aylanib qolishi kerak emas.

14. O‘ziga ko‘p vazifalarni olish

Shuhratparastlik yoki iztirob ustimizdan g‘alaba qozonadi va har bir g‘oyaga tezlik bilan yopishib olishga majbur etadi. Keling, uni bir oz vaqtga surib qo‘yishga harakat qilaylik Yaxshilab o‘ylab ko‘raylik, hozirgi majburiyatlaringizga baho bering va bu ish bajarishga arzishi yoki yo‘qligini hal qiling.

15. Mukammallikka intilish

Shubhali shuhrat qozonish afsonaviy benuqsonlik. Axir, biz bu hayotda mavjud emasligini bilamiza, lekin nimagadir yana va yana hamma narsani va har doim a’lo darajada bajarishga harakat qilamiz. Vaqtni foydali ishlarga sarf etgan ma’qul.

16. Qaror qabul qilishdan voz kechish

Murakkab vazifa shunchaki murakkab sanalmaydi. Lekin agar siz tanlov qilmas ekansiz, uni siz uchun kimdir bajaradi, natija sizga yoqmasligi mumkin.

17. Keraksiz ma’lumotni olish

Miyadagi tartibsizlik atrofda ulkan keraksiz narsalardan ko‘ra ko‘proq dilni xufton qiladi. Bitta qoida qutqarib qoladi: bitta elektron pochta, bitta to‘lov va bitta jamg‘arma hisobi. Kiruvchi ma’lumotlar oqimini cheklang: muhim ishlarga vaqt yetib kelganda ortiqcha jo‘natma xatlarni rad etish kerak.

18. Sog‘likka beparvolik qilish

Kuchimiz qolmaganida bizning barcha nafsoniyatimiz va intilishlarimiz zarracha ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Foydali taomlarni tanovvul qiling, sport bilan muntazam shug‘ullaning, eng muhimi kunlik uyqu meyoriga amal qiling.

19. Nimadirni yarim yo‘lda tashlab ketish

Har bir vazifani bir qancha kichik bosqichlarda amalga oshiring. Bunday yondoshuv hatto eng amalga oshirib bo‘lmaydigan ishlarni ham uddasidan chiqishga yordam beradi. Temir qoida: ishning oxirgi 10 foizi har doim kuchning 90 foizini oladi. Shu sababli buni rejalashtirishda inobatga oling.

20. Xatolarni tan olmaslik

O‘z aybini bo‘yniga olmaslik, uni inkor etish yoki uni qandaydir yo‘l bilan birovning zimmasiga yuklash hayotni yaxshilamaydi, qolaversa maqsadga erishishga yordam bermaydi. Xato — bu har doim ibrat. Uni tushunib yeting va oldinga harakat qiling.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.09.2016 22:33
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz