Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Sifatli buyumni qalbakidan ajratish uchun 10 ta maslaxat

Do‘konga yangi kiyim-kechak olgani borganimizda, sifatli va ko‘p xizmat qiladigan kiyimni olishni rejalashtiramiz. Biroq, ko‘p xollarda bir marta yuvilgan kiyim o‘z sifatini darhol yo‘qotadi.

“AdMe” nashri do‘konda sifatli kiyimni qalbakisidan farqlash borasida quyidagi 10 ta maslahatni tavsiyaetadi:

1. Matoni kaftingizda siqib ko‘ring

Matoni kaftingizda qattiq siqib ko‘ring va 1-2 soniyadan so‘ng qo‘yib yuboring. Agar mato qog‘ozga o‘xshab g‘ijimlanib ketgan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi kiyim o‘z shaklini yo‘qotmasligi uchun unga maxsus vosita bilan ishlov berganligidan dalolat beradi. Bunday kiyim bir marta yuvilganidan keyin eskidek bo‘lib qoladi.

2. Choklarni tortib ko‘ring

Sifatli kiyimlarning choklari zich bo‘ladi. Yengil choklarni tortib ko‘ring, agar tikuv choklari kengayib ketsa qo‘lingizda qalbaki mahsulot.

3. Ohirigacha taqilmaydigan zamoklardan voz keching

Metaldan ishlangan zamoklarli kiyimlarni tanlashga harakat qiling. Ular sizga uzoq muddat xizmat qiladi. Plastmassadan yasalgan zamoklar esa, tez buziladi va kiyim sifatsiz ekanligidan dalolat beradi.

4. Kiyimning chekkalari qanday qayrilganiga e’tibor bering

Shim va yubkalar chetlari 4 sm ga qayrilib tikilgan bo‘lishi shart. Sifatsiz kiyimlarda bunday qayrilish umuman yo‘q yoki uning o‘rnini oddiygina chok bilan yurgizilgan bo‘ladi.

5. Matoni biroz tortib ko‘ring

Sifatli buyum shaklini doim saqab qoladi. Kiyimning bir qismini olib uni tortib ko‘rib, qo‘yvoring. Agar mato shaklini yo‘qotgan bo‘lsa, demak bu sifatsiz mahsulot.

6. Zamok uzunligi bir xil bo‘lishi kerak

Ko‘ylak, yubka va boshqa kiyimlardagi zamoklar bir xil uzunlikda va bir biriga mos kelishiga e‘tibor bering.

7. Yorliqlarga e‘tibor bering

Sintetikadan ko‘ra, paxta, shoyi va ipakdan ishlab chiqarilgan matolar sifatliroq bo‘ladi. Ammo 100% paxtadan ishlab chiqarilgan mato yuvganingizdan keyin tez “o‘tirib” qoladi. Shuning uchun, paxta va sun’iy (5-30%) ipakli (viskoza, polyester, neylon va hokazo) matoni tanlaganingiz ma’qul. Bunday matoli kiyimlar, uzoq vaqt shaklini va sifatini yo‘qotmaydi.

8. Chok va iplar bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak

E’tiboringizni matodagi naqshlar va iplarnig rangigaga qarating. Naqshlar bilan iplarning rangi bir biriga mos kelmasa bu kiyim “qo‘l uchida” tikilganligini bildiradi. Fabrikadagilar bunday kiyimni ishlab chiqargan payt sifat haqida emas, balki uning sonini oshirish haqida o‘ylashgan.

9. Tugmalar va tugma teshikchalriga qarang

Sifatsiz kiyim tikilayotganda ko‘pincha mayda detallarga e’tibor berilmaydi. Xarid qilishdan oldin tugmalar tikilishi va iplar har xil tomonga chiqib turmasligiga diqqatingizni qarating.

10. Kiyimning buklanadigan joylaridagi bo‘yoqlarga e’tibor bering

Agar buyumning ushlag‘ich va temir detallar oldida bo‘yoq yaxshi bo‘yalmagan bo‘lsa bu sifatsiz buyumdir. Vaqt o‘tishi bilan ushbu buyumdagi bo‘yoq sekin asta ko‘chishni boshlaydi

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 12.11.2017 15:49
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz