Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Siz kechirim so‘rashingiz majbur bo‘lmagan omillar

Ularni eslab qoling:

1.Kimnidir sevganingiz uchun.

Siz sevishga va bu tuyg‘uni his etishga qodir ekanligingizdan xursand bo‘ling. Dunyodagi ko‘p odamlar qayg‘uli yo‘qotishning «dahshatli oqibatlari»ni o‘ylab, sevishdan juda qo‘rqishadi. Kimni sevishingizning ahamiyati yo‘q, bir-biriga nisbatan yoki yo‘qligi muhim emas, sevishingining o‘zi ajoyib.

2.Odamlarga «yo‘q» deya olganingiz uchun.

Odamlarga rad javobini berish o‘z hayotingizni va shaxs sifatida o‘zingizni rivojlantirishning hamda o‘zingizni hurmat qilishning asosiy belgisidir. «Asosiysi vaqtida sukut saqlash» yoki rad etish, deb gapirishni yaxshi ko‘raman. Ko‘pincha odamlar bizga ta’sir o‘tkazishadi, har biri birinchi navbatda sizga emas, o‘ziga foyda keltirishini ko‘zlab ish tutadi. Bu esa maqsadingizdan uzoqlashtirishga sabab bo‘ladi. Biron insonga «yo‘q» deb javob berish normal holatdir. Eslab qoling, siz hech kimga hech narsadan majbur emassiz.

3.O‘z orzu va maqsadlaringiz uchun

Aybdorlik, qarzdorlik, afsus, xafagarchilik bilan yashash kerak emas. O‘z ishonchingiz, orzularingiz, nuqtai nazaringizga amal qilmaganingizda bu azob beradigan tuyg‘ular vujudga keladi. Hech qachon o‘z maqsad va orzularingiz uchun kechirim so‘ramang, axir ular bizni kimligimizni ko‘rsatadi. Ota-onangiz sizni voyaga yetkazar ekanlar, kelajakda qanday inson bo‘lishngizni tasavvur qilishgan. Ular orzu qilishgan. Sizni atrofdagi odamlarga bog‘lamaydigan o‘z haqiqiy orzularingizga erishsangiz, o‘zingizda baxt va uyg‘unlikni his etasiz. Har kuni o‘z maqsadlaringiz sari harakatlarni amalga oshiring. Hech kimga quloq solmang.

4.O‘zingizga ajratgan vaqt uchun.

Sizni ko‘pincha qarzdorlik, aybdorlik, o‘z manfaatlaridan voz kechish tuyg‘ulari bog‘laydi. Hayotda baxtli bo‘lish va baxtni to‘laqonli anglash uchun o‘zingiz haqingida qayg‘uring va o‘zingiz uchun yashang. O‘z ehtiyojlaringizga vaqt ajrating, shaxsan siz xursanchilik bag‘ishlaydigan ishlarni bajaring, ana shunda hayot yorqin ranglarga to‘lib-toshayotganini his etasiz. O‘z kuchingizga ega bo‘la turib, boshqalarga ham yordam berasiz. Kamida – o‘zingi namuna bo‘lasiz.

5.Muhim ahamiyatga ega birinchiliklarni belgilash va «muhimlilik»ning yo‘qligi

Hech kim sizni aybdorlik tuyg‘usini his eishga majbur qila olmaydi. O‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalarni muhim deb hisoblang. Sizga haqiqatan ham ham qadrli va yaqin bo‘lgan insonlar tanlovingizni hurmat qilishadi.

6.«O‘z haqiqatingizning barbod bo‘lish sababi» bo‘lgan munosabatlarni tugatish uchun.

Sizga azob bergan kimdandir voz kechishi istaganingiz uchun kechirim so‘rashingi kerak? Sizni pastga tortadigan inson yoki sizga noqulay, yomon bo‘lgan holat bilan doimiy murosa qilib, yashashingiz kerak? Yomon munosabatlar sizni rivojlantirishga qo‘ymasligini tushunganingiz bilan siz oldinga katta qadam tashlaysiz. Bu yukni olib tashlab, siz ko‘ksingiz to‘lib nafas olib, yengillashasiz. Sizga nisbatan hurmat va muhabbat bilan munosabatda bo‘ladigan insonlar qurshovida bo‘ling.

7.Mukammal bo‘lmaganligingiz uchun.

Kamchiliklar bini chiroyli va uni noyob qilib ko‘rsatadi. Ularni qabul qilish kerak. Kamchiliklaringizni «pesh qiladigan»larga hech qachon e’tibor bermang, ular buni o‘zlari mukammal bo‘lmaganliklari hamda sizning hisobingizdan ko‘tarilmoqchi bo‘lganliklari uchun amalga oshirishadi. Birinchidan ular mukammal emas va hech qanday kechirim so‘rashga munosib emasdirlar. Sizni o‘ziga xos tarda namoyon etadigan failatlar uchun afsus chekayotganingizni hech qachon gapirmang. Doim o‘z yaxshi xislatlaringini o‘ylang va ularni rivojlantiring.

8.Ishonchingiz va nuqtai nazaringiz uchun.

O‘z qadriyat, nasihat, ahloq, diniy va ruhiy ishonchlarini himoya qilish insonlarga hos xususiyat. O‘z meniga ega insonlarni sevishmaydi, sababi ularga ta’sir o‘tkazib bo‘lmaydi. Kuchli shaxs egalari nimadirni samimiy, yurakdan to‘g‘ri deb hisoblashsa, buning uchun kechirim so‘rashmaydi.

9.O‘z «bilimsizligingiz» uchun.

Bilimga nisbatan doimiy intilish bizning miyamizni yoshartiradi. Ayni damda nimanidir bilmasangiz, bu uchun jon kuydirib, kechirim so‘rash kerak.

Xurshida Xonim

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 19.10.2017 19:20
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем
Raxmat, ajoyib ma'lumotlar uchun

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz