Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Siz Qanday Kiyinasiz

QIZIL - Bu rangni kiyuvchilar o’ziga ishongan odamlar hisoblanadi. Ular cho’rtkesar, qiziqqon va bir oz jahldor bo’lishadi. Ammo qizil rang bilan uyni bezab bo’lmaydi, bu rangga uzoq tikilish yaxshimas. Bu rang tez toliqtiradi. Qizil rang - kuchli xis-tuyg’u belgisi hamdir. Demak, qizil rang uchrashuvlar uchun ham ayni muddao! SARIQ - Bu rang melanxolik va gamginlik asirasiga aylanganlarga mos. Ya'ni bu oftobdek iliq rangdagi libosni kiysangiz, xayotga xush kayfiyat bilan boqish bilan birga, o’z kuchingizga bo’lgan ishonchni ham kuchaytiradi. Bu rangni kiyuvchilarni ga’yrati va shashti past insonlar hisoblanadi. Ammo ular o’z so’zida turadigan mard odamlar hisoblanadi. Sadoqat bobida tengsiz. Ular yetarlicha hayolparast omdalar. Bu rang insonga yuqori kayfiyat va energiya bag’ishlaydi. Aqliy salohiyatni yaxshilaydi, ko’z nurini tiniqlashtiradi. TO’Q SARIQ – Bu rangdagi kiyimni quvnoq va hayotdan mamnun odamlar kiyadi. Ular uchun do’stlar davrasi eng yaxshi joy. Ular bilan suhbatlashish juda qiziq va maroqli. Ular sarguzashtlarsiz yashay olmaydilar. Bu rang ham kuch g’ayrat ramzi bo’lib, bu rangdagi kiyimlarni kiygan odamlarda ish faoliyati yuqori bo’ladi. YASHIL- Bu rang avvalo, kishining ruxiy xolatini muvozanatga keltirishda yordam beradi. Bundan tashkari, yashil rang fikrni jamlashda xam foydali. Bu esa mas'uliyatli ishda juda muhim. Bu rangli kiiyimlarni kiyuvchi ayollar qat’iyatli, serg’ayrat, o’ziga ishongan odamlar. Sinchikovlik va tanqid qilishda ustasi farang. Ular his- tuyg’ularga qattiq qo’l. Bunday odamlar kirishimli, xushmomala, o’zgalarning fikrini tezda qo’llab quvvatlaydiganlar toifasidandir. KO’K – Bu rangdagi liboslarni kiyadiganlar vazmin va jiddiy odamlar. Ular tabiatan o’ta mehribon odamlar. Agar ular sevib qolsa, o’sha odamga butun umr bog’lanadilar. Ishonchsizlik va vaxima xurujidan aziyat chekadiganlarga shu rangdagi libos kiyishni tavsiya etamiz. SIYOHRANG – Bunday rangli libosni kiyadiganlar hayotda faol g’ayratli odamlar hisoblanadi. Ular har doim o’z fikrini o’tkazishga harakat qilishadi. Bu rang asab faoliyatini yaxshilaydi, uyqusizlikda tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Bu rang ijodiy imkoniyatlarga ilxom baxsh etadi. OQ – Bu rangni kiyadiganlar hayotda o’zi nima istayotganlarini o’zlari ham bilmiydi. Ularning fe’l atvori qarama-qarshiliklarga to’la. Bugun boshqacha o’ylasa, ertaga boshqacha o’yliydi. Ammo bu rang ichki siqilishga barxam beradi. Sof va toza xis- tuyg’u yetishmaganda bu rangdan foydalanish maqsadga muvofiq. Dilni yayratib, xush kayfiyat bag’ishlaydi. QORA – Bu rang haqida ruxshunoslar hali ham bir to’xtamga kelishmagan. Ayrimlar bu rangni tevarak atrofga norozilik bilan qaraydiganlar tanlaydi desa, boshqalar esa, o’z so’zida qat’iy odamlar tanlaydi deydi. Ushbu rang fikr jamligi, vazminlik va barqarorlik belgisi. KULRANG – Bular sinchkov odamlar hisoblanadi. Kamdan- kam hollarda atrofdagilarga o’z his-tuyg’ularini oshkor qiladi. Ular tashqi tarafdan sipo ko’rinsada, ichki olami juda nozik odamlar.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 21.02.2015 18:44
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!, Qiziqarli Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz