Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Telefonni qaysi cho‘ntakka solish kerak?

Bugungi kunda smartfonlar shu darajada ommalashib ketdiki, odamlar hatto o‘z telefonidan bir zumga ajralgisi kelmaydi. Bu holatni, albatta, tushunish mumkin. Biroq smartfonlarning odam organizmiga salbiy ta’siri mavjudligini ham yoddan chiqarish kerak emas.

Smartfonlar bizning ajralmas hamrohimizga aylangan. Agar kimdir uni cho‘ntagiga solib yursa, kimdir uni sumkasiga joylaydi, ba’zilar esa telefonini bo‘yniga osib oladi. Shu yerda tabiiy savol paydo bo‘ladi: xo‘sh, smartfonni qanday olib yurish kerak? Nima qilsak uning tanamizga ko‘rsatadigan ta’sirini kamaytirgan bo‘lamiz?

Mutaxassislar telefonni ustki kiyim cho‘ntaklariga (kostyum, kurtka, ko‘ylak va boshqalar) solishni tavsiya qilishmaydi. Chunki, odatda, barchaning telefoni yoqilgan holatda bo‘ladi, bu esa qurilmaning faol holatda radioto‘lqinlarni qabul qilishiga yetarlidir. Shuningdek, telefon ustki kiyim cho‘ntaklaridan biroz tezroq harakatlanganda chiqib ketib, zararlanishi ham mumkin.

Shubhasiz, ko‘pchilik telefonni shim va jinsilar cho‘ntagiga solib yuradi. Ushbu holatda, ayniqsa, telefon odam tanasiga juda yaqin turgan bo‘ladi. Smartfon ishlab chiqaruvchilari telefonni SAR ko‘rsatkichlari bo‘yicha tanadan 1,5 santimetr  uzoqlikda saqlashni tavsiya qiladilar. Ayniqsa, mutaxassislar erkaklarni o‘z telefonlarini shimning old qismidagi cho‘ntakda olib yurishdan qaytaradilar. Boz ustiga, shimning orqa tomonidagi cho‘ntakka solingan telefonlarni bexosdan ustiga o‘tirib, sindirib qo‘yish xavfi ham yo‘q deyolmaymiz. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik foydalanuvchilar aynan shu usulni eng xavfsiz, deb hisoblashadi.

Ba’zilar telefonlarni maxsus g‘ilofga solib, bel qismida olib yurish eng optimal usul ekanligini uqtirishadi. Biroq bugungi kunda bunday usul ko‘pchilikka noqulaylik tug‘diradi. Nima bo‘lganda ham shu narsa aniqki, telefonni g‘ilofga solish undan chiqadigan xavfli radioto‘lqinlarni nisbatan kamaytiradi. Telefonda ko‘p so‘zlashish odam salomatligi uchun xavfli ekanligi isbotlangan. Hozircha telefonni qaysi cho‘ntakda olib yurish haqida aniq javob mavjud emas. Ammo uni tanadan 1,5 sm masofada saqlash telefonning odam organizmiga ko‘rsatadigan xatarini bir muncha kamaytiradi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.10.2016 11:03
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz