Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Tushkunlik va kuzgi mayuslikni qanday qilib yengib o‘tish mumkin?

O‘zbekistonda kuz yetarlicha issiq kelganiga qaramay, kuzgi zerikish ko‘pchiligimiz uchun tanish holat. Yoz va ta’tillar ortda qoldi, yangi yil tantanalarigacha esa hali yetarlicha muddat bor. Kunlar qisqarib, ishdan qaytishingiz bilan qorong‘i tushadi. Quyoshli kunlar kamayib boravergani sayin zerikish kuchayib boradi.

Xo‘sh, bunday sharoitda zerikish va tushkunlikka qarshi kurashish uchun qaysi usullarni qo‘llay olamiz?

Birinchi navbatda, uyqu rejimingizni qayta ko‘rib chiqing. Bu davrda o‘z vaqtida uyquga yotib, vaqtida uyg‘onish juda muhim! 23:00 dan kech bo‘lmasdan uyquga yotishga harakat qiling. Shunda sifatli uyqu nima ekanligini anglab yetasiz, kayfiyatingiz ham ko‘tariladi.

Ikkinchi muhim jihat — ovqatlanish. Ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilib, hazm qilish uchun ko‘p vaqt talab qiluvchi yog‘li taomlarni kamroq tanovul qiling.

Shirinliklarni ham minimal darajagacha kamaytirishni tavsiya etamiz. U tushkunlikka qarshi kurashishda yordam bersa ham, kichikroq bo‘lakchalar (shokolad bo‘lakchasi yoki bitta bulochka) bilan kifoyalangan ma’qul. Aks holda shirinlikka ko‘nikib qolishingiz mumkin.

Yana bir ahamiyatli jihat — to‘g‘ri ruhiy kayfiyat. Kuz faslining ajoyib qirralarini kashf eting. Bu betakror xazonrezlik yoki uy va bog‘ yaqinidagi manzarali xiyobon bo‘lishi mumkin.

Uyda mashg‘ul bo‘lish uchun qiziqarli xobbi toping: agar odatga aylangan kino ko‘rish va kitob o‘qish kayfiyatingizni ortiq ko‘tarmayotgan bo‘lsa, pazandalik, to‘qish, bilaguzuklar to‘qish bilan shug‘ullaning. Bular sizga qo‘shimcha daromad ham keltirishi mumkin.

Kayfiyat tushishini yolg‘izlikda o‘tkazmaslikni tavsiya etamiz. Bu har doim ham yaxshi natijaga olib kelavermaydi. O‘z fikr, kechinma va hissiyotlaringizni do‘stlaringiz yoki yaqinlaringizdan biri bilan bo‘lishing. Siz bilan hamfikr kishilar qurshovida vaqt o‘tkazish shubhasiz kayfiyatingizni ko‘taradi!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.10.2016 22:37
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz