Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yangi Yilga sovg'a tanlash borasida 7ta tavsiya

Yangi yil oqshomida barchamiz qandaydir mo``jizani kutamiz. Bu uzoq kutilgan orzularimiz ushalishi yoki shunchaki yoqimli sovg`a bo`lishi ham mumkin. Yaєinlaringizga mo``jiza ulashishni istaysizmi? Unda  sovg`a tanlash borasidagi maslahatlarimiz ishingizni anchayin engillashtiradi, degan umiddamiz.

1.     Ota-onalarimizga. To`ydagi suratlari qaerda saqlanishini bilasizmi? Sekingina suratlardan birini oling-da, kattalashtirilgan ko`rinishda qayta ishlating. So`ng chiroyli ramkaga joylab, sovg`a qilishingiz mumkin. Bu ularga yorqin xotiralarni eslatadi.

2.     Buvijon va buvajonlarga esa kundalik ehtiyojlariga yaraydigan sovg`alar yoqadi, masalan, yumshoq jun ro`mol, uy ichida kiyiladigan qulay oyoq kiyimlar, devor soatlari.

3.     Ayolingizga. Unutmang, ayol kishi ham yosh boladek Yangi yilda sovg`alar kutadi. Faqat zinhor uy-ro`zg`or buyumlari sovg`a qila ko`rmang. Yaxshi atir, did bilan tanlangan taqinchoq ularni chin dildan xursand qiloladi.  

4.     Eringizga. Agar turmush o`rtog`ingizning asosiy vaqti kompyuter oldida o`tsa, unga yangi klaviatura yoki simsiz ishlovchi yangi sichqoncha sovg`a qiling. Avtoulov  egasiga mashinasini bezab turadigan biror aksessuar tanlang.

5.     Bolangizga qog`oz qalam bering-da, Qorboboga xat yozishni taklif qiling. Bolaning murg`ak ko`ngli qorboboga juda ishonadi va unga butun xohishlarini to`kib soladi. Siz eca bu xatni olingda do`konga boring va dilbandingiz orzularini amalga oshiring.

6.     Dugonangiz mohir pazandami, unda unga yangi rusumdagi qoliplar yoki pazandalik kitoblaridan sovg`a qiling. Shuningdek, go`zallik vositalaridan istaganingizni tanlashingiz ham mumkin.

7.     Qolgan barcha yaqinlaringizga qo`lda yasalgan sovg`alardan yoki sharoitingizga qarab har xil buyumlar hadya eting. Agar sovg`a olishga ulgurmay qolsangiz yoki ayni damda moddiy tarafdan salgina qiyinroq vaziyat bo`lsa, siqilmang, asosiysi Yangi yil kayfiyatini ulashish! Ko`p kuling, bayramdan zavqlaning.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 24.12.2016 20:44
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz