Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Fathulloh Gulen haqida 10 fakt

22-noyabr kuni Turkiyada mamlakat prezidentining sobiq yelkadoshi, ayni paytda hukumatning birinchi raqamli dushmani hamda 15-iyuldagi harbiy to‘ntarish tashkilotchisi hisoblanayotgan Fathulloh Gulen ustidan sirtqi sud boshlandi. Gulenning o‘zi 90-yillar oxiridan beri AQShda istiqomat qiladi. Sud yakunlariga ko‘ra u Turkiyada ikkita umrbod hamda 1900 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

“RBK” siyosatchi va diniy rahnamo Fathulloh Gulen haqidagi o‘nta faktni yodga oldi.

1. Gulen 1981-yilga qadar imom va diniy targ‘ibotchi edi, so‘ng nafaqaga chiqdi. Turkiyadagi eng nufuzli davlat arboblaridan biri hisoblanadi.

2. Gulen 90-yillar oxiridan buyon biror marta Turkiyada bo‘lmagan. AQShga davolanish uchun ketgan siyosatchi Pensilvaniyada istiqomat qiladi va siyosiy ta’qibdan qo‘rqib vataniga qaytmaydi.

3. “Xizmat” harakatining diniy rahnamosi hisoblanadi. Harakat a’zolari davrasi “jamoat” deb ataladi. Jamoat qanday tuzilgani haqida ma’lumot ko‘p emas. Harakat a’zolariga alkogol, ayrim kitoblar, jumladan, Charlz Darvin va Jan-Pol Sartrning asarlari taqiqlangan, ular bor vaqtini “xizmat”ga — qiroatga va Gulenning asarlarini o‘rganishga bag‘ishlashi lozim. “Xizmat” a’zolari radikal islomni qoralab, o‘zlarini demokratiya tarafdorlari deb hisoblaydi hamda konfessiyalararo muloqotni yoqlab chiqadi.

4. Nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda Gulen asos solgan maktablar mavjud. Turkiyada ular o‘qish sifati jihatidan eng yaxshi hisoblanardi, ammo yoz oylaridan bunday maktablar yopila boshlandi.

5. 2000-yilda Gulen Turkiya hukumatiga qarshi fitnada ayblandi. 2008-yilda jarayon jinoyat tarkibining mavjud emasligi bois to‘xtatildi.

6. “Xizmat” harakati 2002-yildan boshlab barcha saylovlarda Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlab kelgan edi. Buning evaziga harakat namoyandalari bir qancha vazirlik o‘rinlariga, shuningdek, sud hamda xavfsizlik tizimlarida o‘z odamlariga ega bo‘ldi.

7. Gulen 2013-yilga qadar Erdo‘g‘onning eng yaqin safdoshlaridan biri hisoblanar edi. Ular nega kelishmay qolgani aniq ma’lum emas. Gulen Gezi bog‘idagi norozilik namoyishlari chog‘ida Erdo‘g‘on va politsiyaning xatti-harakatlarini tanqid ostiga olgan edi. Erdo‘g‘on esa, o‘z navbatida, Gulenni odamlarning halokatiga va g‘alayonga olib kelgan mazkur norozilik namoyishlarini uyushtirishda aybladi. 2013-yil dekabrida korrupsion janjal avj oldi: Adolat va taraqqiyot partiyasidan 52 amaldor qo‘lga olindi, Erdo‘g‘on esa Gulenni ushbu ishni tashkil etishda aybladi.

8. Gulen 2016-yil iyulidagi harbiy to‘ntarishni tashkil etishda ayblanmoqda. Prokuratura uni ikki umrbod va yana 1900 yillik qamoq jazosiga hukm qilishni so‘ramoqda. Gulenning o‘zi bu ishlarga aloqadorligini inkor etib, Erdo‘g‘onning o‘zi bu ishlarni tashkil etganligini uqtirmoqda.

9. 2013-yilda Fathulloh Gulen The Time jurnali versiyasi bo‘yicha “Jahonning 100 eng nufuzli kishisi” ro‘yxatiga kirdi.

10. 2016-yil mayida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on “Xizmat” harakati terrorchi tashkilotlarga tenglashtirilishini ma’lum qildi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 23.11.2016 20:08
- Категория: Insoniyat Haqida Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz