Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Muvaffaqiyatli odamlarning 3 siri

Ko‘pchilik mashhur odamlarning hayoti va erishgan mavqei muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu vaqtdan to‘g‘ri foydalanish ekanligini ko‘rsatadi.

Muvaffaqiyatli odamlar o‘rnak olishga arziydigan foydali odatlarga rioya qiladi. Biz sizni vaqtingizni kelajakda foyda keltiradigan tarzda tashkillashtirishga yordam beradigan bir nechta samarali maslahatlar bilan tanishtirmoqchimiz.

  1. Kundalik yuriting

Ko‘pchilik mashhur odamlar ba’zida bo‘lsa ham, kundalik yuritgan.

Masalan, Benjamin Franklin har kun ertalab o‘zidan so‘ragan: «Bugun men qanday yaxshi ish qilishim kerak?» — deya. Har kun kechqurun esa kunni shunday savol bilan tamomlagan: «Bugun men qanday yaxshi ish qildim?»

Stiv Jobs, oyna qarshisida turib quyidagicha qiziqish bildirgan: «Agar bugungi kun hayotimning oxirgi kuni bo‘lganida, qilmoqchi bo‘lgan ishimni bajararmidim?»

Alьbert Eynshteyn o‘zidan keyin 80 000 dan ortiq varaqdagi har xil yozuvlarni qoldirgan. AQShning ikkinchi prezidenti Jon Adams butun hayoti davomida soni 50 donadan ziyodroq kundalik yuritgan.

O‘z fikrlaringiz, rejalaringiz va hayotingizdagi voqealarni yozib borar ekansiz, siz yanada diqqatliroq bo‘lib borasiz, fikrlashni o‘stirasiz va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganasiz.

  1. Uyqu uchun tanaffuslar qiling

Olimlar ertalabki paytlari o‘rganadigan odamlar, agar kun davomida bir soat uyqu uchun tanaffus qilgan bo‘lsa, ular kechqurun nazorat testlarini 30% ga yaxshiroq bajarishini aniqladi.

Albert Eynshteyn, Tomas Edison, Uinston Cherchill, Jon Kennedi, Ronald Reygan, Jon Rokfeller va boshqa ko‘pgina mashhur kishilar ham shu odatga rioya qilgan.

Bu odatning foydasini zamonaviy fan ham tasdiqlaydi. Uyquga ajratilgan kunduzgi tanaffuslar nafaqat unumdorlikni, balki mantiqiy fikrlashni ham rivojlantiradi.

  1. Bir kunda kamida 15 daqiqa piyoda yuring

Muvaffaqiyatli kishilar albatta sport bilan shug‘ullanish uchun vaqt ajratadi. Sayr qilish ham juda yaxshi mashq bo‘lib xizmat qiladi.

Charlz Darvin bir kunda ikki marta sayr qilgan. Charlz Dikkens bir kunda tez yurish bilan 10 kilometrdan ortiq yo‘l bosgan. Stiv Jobs agar uni oldinda muhim suhbat kutayotgan bo‘lsa, piyoda yurgan.

Bu o‘rnak olishga arziydigan odat. Chunki olimlar sayr qilish tetiklashtirish, miyani tozalash, ijodiy qobiliyatni oshirish va hatto umrni uzaytirishga ham yordam berishini tasdiqladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 23.11.2017 20:55
- Категория: Insoniyat Haqida Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz