Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Olimlar: “Chiroyli qizlar erkaklar umrini qisqartiradi»

Chiroyli ayollar bilan munosabat erkaklarda stress holatini keltirib chiqaradi, bu esa o`z o`rnida gepatit, diabet va hatto impotensiya kasalliklariga sabab bo`lishi mumkin ekan. «Valensiya davlat universitetining olimlari shunday xulosaga keldi», deb xabar qiladi “tib.islom.uz”.

Tadqiqot doirasida ular 84 talaba ustidan tajribalar o`tkazibdi. Ishtirokchilarning har biri ikkita notanish, begona shaxs — erkak va ayol bor xonada sudoku o`yini vazifalarini yechishi kerak edi.

Tajribada ishtirok etuvchining qonidagi kortizol miqdorini kuzatgan olimlar qiziq holatlarni kashf etibdi. Xonada chiroyli (nomahram) ayol bo`lganida stress gormonining darajasi yuqori bo`lgan, biroq ayol xonani tark etganida gormon normal holattga tushgan. Agar notanish qiz xonaga qaytsa talaba qonida kortizol miqdori yana oshib ketgan.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko`ra, chiroyli ayol bilan besh daqiqa yolg`iz qolish erkak qonida ko`p miqdorda kortizolning xosil bo`lishiga sabab bo`ladi ekan, bu esa stress holatidan darak beradi.

Kortizolning ko`payib ketishi xujayra metabolizmini ishdan chiqaradi va oqibat diabet va gipertoniya kasalligi kelib chiqishiga sabab bo`lar ekan. Oz-oz miqdorda mazkur gormon organizmga ijobiy ta`sir qilishi mumkin: glyukozaning qonga etib borishiga yordam beradi, ba`zi joylardagi qonning torayishi, ishtahani ochish hamda shamollashga va allergiyaga qarshi hususiyatlari ham bor.

Bunday natijalarni ko`rgan olimlar, chiroyli qizlar bilan doimiy munosabatda bo`lish erkaklarning salomatligi uchun zararli ekanini e`tirof etibdilar.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 23.08.2016 19:57
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati), Yigitlarga Maslahat!, Xayotiy Maslahatlar!, Insoniyat Haqida Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz