Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Sochlarni haftada necha marta yuvish kerak?c

Sochlarimiz doimiy tarzda yog‘lanib turishiga asosan terining yog‘ bezlari sababchi bo‘ladi. Bir sutkada ular 20 kilogrammgacha teri yog‘ini ajratib chiqaradi. U sochlarga qo‘shilib, ularni qurib qolishdan asraydi.

Yodda saqlash zarur bo‘lgan ikki asosiy narsa:

Teri yog‘i — bizni hunuk ko‘rsatuvchi tabiatning g‘ayrioddiy injiqligi emas. U sochlarning mo‘rtlashishi va haddan ortiq qurib ketish xavfini bartaraf etish uchun zarur.

Yog‘ bezlarining faoliyati shaxsning yoshi, salomatligi, jismoniy holati, genetikasi va yana boshqa omillarga ko‘ra uning individual xususiyati sanaladi.

Sochni qachon yuvish zarur

Kaiser Permanente firmasining mutaxassis-dermatologi Paradi Mirmirani bu savolga barcha insonlar uchun birlamchi yechim mavjud emasligini qayd etadi. Biroq barcha uchun tegishli bo‘lgan bir haqiqat mavjud.

Hech kim sochlarini har kuni yuvishi kerak emas!

Sochni har kuni yuvish foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi mumkin, deya qayd etadi Boston tibbiyot markazining soch klinikasi direktori Linn Goldberg (Lynne Goldberg). Ajablanarlisi shundaki, kimki sochini tez-tez yuvishga harakat qilsa, oxir-oqibat teri bezlari ko‘proq yog‘ ishlab chiqarish muammosiga duch keladi. Organizm bunday kutilmagan aralashuvlarga chiday olmaydi va zararlarni yo‘qotishga harakat qiladi.

Yuqoridagi savolga javob berishda e’tiborga olish zarur bo‘lgan uchta omil:

Teri turi. Agar sizning teri va sochingiz normal holatda bo‘lsa (o‘ta yog‘li ham, quruq ham emas), boshni haftada bir yoki ikki marta yuvish kerak. Agar soch yog‘li turga mansub bo‘lsa, u holda ozgina ko‘proq yuvish kerak bo‘ladi.

Soch to‘qimasi. Bu omil teri bezlari ildizdan soch uzunligiga qadar qanday tarqalishiga ta’sir ko‘rsatadi. Qattiq yoki jingalak soch sohiblarida bu jarayon sekin amalga oshadi, shu sababli bunday sochlarni haftasiga bir marta yuvish mumkin. Boshqa tomondan, ingichka tekis sochli insonlar haftasiga uch marta va undan ortiq yuvishlari kerak bo‘ladi.

Uslub. Siz e’tiborga olishingiz kerak bo‘lgan yana bir xususiyat — sizning soch turmagingiz. Kalta va uzun, shuningdek, kesilgan sochlar uchun turli tavsiyalar mavjud.

Ko‘p insonlar uchun to‘g‘ri keladigan maslahat – boshni uch kunda bir marta yuvishdir.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 13.04.2017 21:52
- Категория: Pardoz va Go'zallik Haqida!, Soch Turmaklash Haqida!, Insoniyat Haqida Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz