Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
O’z kuchlariga ishonadigan insonlar qilmaydigan 15 ish

O’z kuchiga ishongan odam qanday bo’ladi? Nega ular hech qachon taslim bo’lmaydilar? Bugun Moqina.Netda o’z kuchiga ishonadigan insonlar hech qachon qilmaydigan 15 ish haqida ma’lumot beramiz. Marhamat!

1. Ular o’zlarini oqlamaydilar

O’z kuchiga ishongan insonlar ma’suliyatni his qilgan tarzda o’z ishlari, fikrlari va harakatlari uchun javob berishga hamisha tayyor bo’ladilar. Ular yo’ldagi tirbandliklar uchun insonlar va vaziyatlarni bahona sifatida qabul qilmasdan, kechikkanlarini tan ola biladilar. Bu kechikishlarini ham quyidagi jumlalar bilan bezamaydilar: “Mening vaqtim yo’q edi” yoki “Bu unchalik yaxshi emas”. Ular to’g’irlanishga harakat qilib, o’z oldilariga qo’ygan maqsad sari ildam qadam tashlaydilar.

2. Qo’rquv uyg’otadigan ishlarni qilishdan cho’chimaydilar

O’ziga ishonch bilan qaraydigan insonlar ularning hayotini qo’rquv boshqarishiga aslo yo’l qo’ymaydilar. Ular qo’rquv sababini bilib, buni oldini olishga hamisha tayyor turadilar.

3. Ular sovun ko’pigi kabi yoriladigan hayot tarzida yashamaydilar

Bunday insonlar barcha qulayliklari bor joylardan yiroqroq yurishga harakat qiladilar, chunki bu joylarda barcha orzular sarobga aylanadi. Ular hamisha noqulayliklarni axtarishga harakat qiladilar. Chunki noqulayliklarni yengib o’tish ularni muavffaqiyat sari yetaklashini juda yaxshi anglaydilar.

4. Ular ishlarini keying haftaga qoldirmaydilar

Ular biladilarki yaxshi amalga oshirilgan bugungi reja, qachondir bajariladigan undanda yaxshi rejadan afzaldir. Ular qulay vaqtni poylamasdan, ishlarini tartibli va vaqtida bajarishga odatlanganlari sabab, taraqqiyot sari odimlaydilar.

5. Ular o’zgalarni fikriga bog’lanib qolmaganlar

O’ziga ishongan insonlar o’zgalarni ularga bildirayotgan salbiy e’tiborlariga ahamiyat bermaydilar. Ular o’zlarini o’rab turgan yaqinlariga g’amxo’rlik va yordam berishga hamisha tayyor bo’lib, o’zgalarni bu ishlariga bildirayotgan salbiy fikrlariga umuman ahamiyatsiz bo’lishga harakat qiladilar. Chunki ular shunga aminlarki, do’stlari ularni boricha tushunib ular bilan murosada bo’lishlarini chuqur anglab yetadilar.

6. Ular insonlarni yomon taraflariga baho bermaslikka harakat qiladilar
O’zlariga ishonganlari sabab, ular o’z hayotlariga keraksiz bo’lmagan hodisalarni kirishiga yo’l qo’ymaydilar. Ular o’zlari haqida bo’lar-bo’lmas uydurmalardan hech qanday ma’no chiqmasligini bilib ish yuritadilar. Ularning hayotlari mazmun va mohiyatlarga to’la bo’lgani sabab, ular o’zgalar hayotiga qiziqishga hojat qoldirmaydilar.

7. Mablag’ yetmasligi sabab to’xtab qolishga yo’l qo’ymaydilar

Bunday insonlar rivojlanish va maqsadlariga o’zlarida bor mablag’ni to’g’ri sarflagan holda erishishga intiladilar. Ular muavffaqiyatsizliklardan cho’chimasdan, bu muammodan yechim, topib chiqib ketishga doim harakatda bo’ladilar.

8. Ular taqqoslamaydilar

Bunday insonlar o’zgalar bilan baxsda bo’lmaydilar. Ular faqatgina o’zlari bilan baxsda bo’lib, avval qo’ygan xatolarini qaytarmaslik yo’lida bo’ladilar. Ular aminlarki har bir inson o’z hayot tarixiga ega bo’lib, uni o’zgalar bilan taqqoslash befoydadir.

9. O’zgalar fikriga qarab ular o’z yo’llarini tanlamaydilar

Ular o’zgalar talabi va istagiga monand ish yuritishga moyil emaslar. Insonlar bir-birlari bilan fikrlari bir joydan chiqmasa buni tabiiy hol deb qabul qiladilar. Ular sifatni miqdordan ustun qo’yadilar.

10. Ular doimiy barqarorlikni izlamaydilar

O’ziga ishonganlar o’zgarishlardan cho’chimaydilar. Ular hayot ularga nisbatan adolatsiz bo’lishini ham biladilar. Ular hayotlarining har bir lahzasini nazorat qilmasalarda, sodir bo’layotgan voqealarga ijobiy ko’z bilan qarashga harakat qiladilar.

11. Haqiqatdan qochmaydilar
Ular hayotlarida muammo paydo bo’lishini avvaldan ko’ra bilib, uni kattalashmasligidan avval hal qilishga odatlanganlar. Ular bu muammoni joyida hal qilib, uni to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladilar.

12. Ular kichik kamchiliklar sabab o’z harakatlarini to’xtatmaydilar.

Hayot har gal ularni pastga tashlaganda, o’z kuchiga ishonganlar hamisha ko’tarilish harakatida bo’lib, uni uddasidan chiqadilar. Chunki omadsizliklar unlarni o’sishga va kamchiliklarni to’g’irlashga odatlantiradi. Ular omadsizliklardan to’g’ri xulosa chiqarib, muavffaqiyat re’jalarini takomillashtirib yana olg’a qadam tashlaydilar.

13. Ular harakat qilishga izin so’ramaydilar

Bunday insonlar o’z harakatlarida shubhaga o’rin qoldirmay harakatda bo’ladilar. Ular har kuni o’zlariga quyidagi so’zlarni eslatib turadilar: “Men qilmasam, kim qiladi?”

14. Ular o’zlariga cheklov qo’ymaydilar

Bunday insonlar birgina re’ja bilan ish yuritmaydilar. Ular ish jarayonida o’zlarida bo’lgan har bir ish qurolini mukammal darajada tekshirib, so’ngra yuqori ko’rsatkichlar sari ildamlaydilar.

15. Internetda o’qigan hamma so’zlarga ham ishonavermaydilar

O’zlariga ishongan insonlar internetda yozilgan hamma so’zlarga ham ishonavermaydilar, bunga sabab muallifning shunday deb o’ylashidir. Ular maqolalarda istiqbolli narsalargagina ahamiyat bilan qaraydilar. Har bir o’qigan narsalarini fikrlab, tekshirib, o’zlari qo’llashi mumkinligiga alohida e’tibor qaratadilar. Chunki muvaffaqiyatga erishgan insonlar o’zlariga kerakli bo’lgan maqolalarni tanlashga odatlanganlar.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 30.04.2016 18:17
- Категория: Dunyo Haqida Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz