Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yulduzlar bilan sirlashgan alloma

Sohibqiron Amir Temurning nabirasi, Shohruh Mirzo­ning o‘g‘li Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek (1394-1449 yillarda yashab o‘tgan) hukmdor va olim sifatida dun­yoga ma’lum va mashhur. 

Mirzo Ulug‘bek 17 yoshidan boshlab to vafotigacha, ya’ni 39 yil mobaynida Movarounnahrga saltanat sohibi bo‘ldi. Lekin tarixda buyuk tabiatshunos olim, munajjim va matematik sifatida dong taratgan. O‘z davrida tengi yo‘q Samarqand rasadxonasini qurdirgan. Bu dargohda G‘iyosiddin al-Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqa bir qator yirik olimlar xizmat qilganlar. 
Mashhur «Ziji Ko‘ragoniy» kitobidan tashqari u boshqa sohalarda ham salmoqli ijod qilib, ko‘plab nodir qo‘lyozmalar qoldirgan. Uning «To‘rt ulus ta­rixi» asari shular jumlasidandir. U bir qancha madrasa va ma’rifat maskanlarini ham qurdirgan. Ilmli bo‘lish, ilmiy haqiqatni yechish inson uchun oliy fazilat ekanligini alohida ta’kidlagan.

Alloma fanda kuzatish usuliga va ilmiy asboblarga katta e’tibor beradi. Tadqiqotda matematik vositalar va mantiqiy usullar o‘rnini alohida qayd etadi. 

Mirzo Ulug‘bek tartib bergan «Zij» jahon xalqlari uchun muhim dastur bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Yil hisobi, era­lar, vaqtni aniqlash, ekvator, evkliptika, azimut, kenglama, uzunlama, umuman, samoviy jismlarning koordinatlari va harakat xususiyatlari, Quyosh va Oy tutilishlari, samoviy jismlar harakatlarining tenglamalari, harakat jadvallari, yulduzlar va sayyoralar nurlari kabi masalalar tarixda qanday bo‘lgan, degan savollarga Mirzo Ulug‘bek mukammal javob bergan. 

Ulug‘bekning ilmiy merosini o‘rganishga Yevropa olimlari alohida ahamiyat berishdi. Polyak, ing­liz, fransuz astronomlari, keyinchalik nemis sharq­shunoslari va Yevropaning boshqa mashhur olimlari uning asarlarini atroflicha o‘rgandilar. Bobomiz Mirzo Ulug‘bek o‘z zamonining eng yetuk olti astronom olimlarining birinchisi deb tan olingan. O‘tgan XX asrda ham olimlar Ulug‘bek ilmiy ijodini izchil o‘rgandilar.

Mirzo Ulug‘bek benazir xizmatlari bilan jahon fani rivojiga hissa qo‘shdi. Shuning uchun ham YUNESCO Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini jahon miqyosida o‘tkazishga qaror qabul qilgandi. Xalqimizning Ulug‘bekka bo‘lgan mehri juda baland. Toshkent shahri tumanlaridan biri, Toshkent astronomiya instituti, Kitob tumanidagi xalqaro kenglik stansiyasi, Samarqand arxitektura-qurilish instituti va bir qancha maktablar, shaharchalar, Toshkent metro stansiyalaridan biri va ko‘chalar uning nomi bilan ataladi. Bir so‘z bilan aytganda, Mustaqil O‘zbekistonimiz tarixida Mirzo Ulug‘bek siymosi mustahkam o‘rinni egallagan.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 22.02.2015 23:20
- Категория: Dunyo Haqida Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz