Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Asabni chiniqtirish oltin qoidasi

Asabni chiniqtirish oltin qoydasi...
Hayot har doim ham bir tekis
bo‘lavermaydi. Goh shodon,
goho qayg‘uli kunlar umr
atalmish yo‘llarimizda bizga
yo‘ldosh. Hursand paytlarimizda
bir sevinsak, ozginagina
ko‘ngilsizlik uchun ming iztirob
chekish insonga xos xislat.
Lekin arzimas muammolar va
ko‘ngilsizliklarni yurakka juda
yaqin olish ham yaxshi emas.
Tinimsiz siqilish va asabiylashish
organizm uchun ziyonli.
Hayotdagi bo‘hronlaridan omon
chiqishni istasangiz, o‘zingizni
ruhan va jismonan
chiniqtirishingizga to‘g‘ri keladi.
Asabni chiniqtirishning quyidagi
oltin qoidalariga rioya qilsangiz,
o‘zingiz uchun ham,
yaqinlaringiz uchun ham
foydalidir.
To’yib miriqib uxlang.
Uyqusizlik asabni yemirishi bor
gap. Buning oldini olish uchun
uyqu tartibiga qat'iy amal qiling.
Kuniga 7-8 soatlik uyqu me'yor
hisoblanadi. Bir vaqtda yotib, bir
vaqtda turishga odatlaning.
To‘g‘ri, tetik bo‘lish uchun
kimgadir 6 soat ham kifoya,
boshqa birovga esa 9 soat kerak.
Bunisi endi organizmning o‘ziga
xosligi. Tiniqib uxlash uchun
ovqatlangandan yoki xoh aqliy,
xoh jismoniy faol mehnatdan
ke-yinoq uyquga ketishdan
saqlaning.
Shovqindan qoching.
Ko‘pchiligimiz televizorga
shunchalik o‘rganib qolganmizki,
uning yoniq holati hatto
sezilmaydi ham. Vaholanki,
ba'zan oynai jahondan
uzatiladigan agressiv
ma'lumotlar asablarimizga
qo‘shimcha yuk bo‘lib tushadi.
Demak, televizorni faqatgina
o‘zingizga ma'qul dasturlarni
tomosha qilish uchungina
yoqing. Qolgan paytda
xonangizdan yoqimli musiqa,
eng yaxshisi, mumtoz musiqa
yangrab turgani ma'qul.
Ochiq havoda ko’proq bo’ling.
Kayfiyatingiz buzilganda tabiat
qo‘ynida 10-15 daqiqa sayr
qiling. Toza havodan to‘yib-
to‘yib simiring. Qarabsizki,
ko‘ngil g‘uboringiz yozilib,
ruhingiz tetiklashadi. Ochiq
havo, ayniqsa, aqliy mehnat
bilan shug‘ullanadigan kishilar
uchun juda muhim. Miyaning
yaxshi ishlashi uchun kerak
bo‘lgan kislorodni biz tabiatdan
olamiz.
Shifobaxsh giyohlardan
foydalaning.
Asablarni mustahkamlash va
uyqusizlikni bartaraf etishga
tirnoqgul (kalendula) damlamasi
yordam beradi. 1 osh qoshiq
giyohni 1 stakan qaynagan
suvda 1 soat damlab qo‘ying.
Suzib, yarim stakanini uxlashga
yotishdan oldin ichasiz. Bu
borada arslon-quyruq
(pusto‘rnik) ham foydali: 15
gramm giyohni 1 stakan qaynoq
suvda 20 daqiqa damlang. Suzib,
kuniga 3-5 mahal 1 osh
qoshiqdan ichasiz. Yoki mana bu
retseptdan foydalansangiz ham
bo‘ladi. Dorixonada sotiladigan
do‘lana (boyaro‘shnik) hamda
valeriana tindirmalarini olib, teng
miqdorda aralishtiriladi. Yarim
stakan suvga 20 tomchisini
aralashtirib, uxlashdan oldin
ichiladi.
Badantarbiya bilan shug’ullaning.
Har kuni bajariladigan jismoniy
mashqlar nafaqat mushaklarni
mustahkamlaydi, balki kishiga
intizomni o‘rgatadi va xotirjam
bo‘lishga ham yordam beradi.
Qolaversa, mushaklar
ishlayotgan payt organizmda
shodlik gormoni - endorfinlar
hosil bo‘lishi kuchayadi. Bu
gormon stresslarga qarshi tabiiy
doridir.
Ovqatlanishga e’tiborli bo’ling.
V guruhidagi vitaminlar
asabiylikni yengish va xotirani
yaxshilash, diqqat-e'tiborni
jamlashga ko‘maklashadi.
Dukkakli o‘simliklar, xususan,
soya bu vitaminlarning koni
hisoblanadi. Kaltsiy
yetishmaganda ham odam
tajang va bexalovat bo‘lib
qoladi. Uni sut-qatiq
mahsulotlaridan topasiz.
Hayotga ishonch bilan boqing.
Mulohazakor bo‘lishga harakat
qiling, omadsizliklardan
ko‘nglingizni cho‘ktirmang,
ijobiy fikrlashni o‘rganing. Har
qanday holatda ham shukur
qilishdan o‘zingizni to‘xtatmang.
Negaki, sizdan ham holi
yomonlar bor bu dunyoda.
"Bundan ham yomoni bo‘lishi
mumkin edi" degan hikmat bejiz
aytilmagan. Unutmang, salbiy
his-tuyg‘ularlar asablarimizni
yemirib, tanamizni dardga
duchor qiladi.
Asabni chiniqtirish qoidalari
juda-juda oddiy. Faqat sal
e'tiborliroq va hafsalali
bo‘lsangiz kifoya. Qolgani o‘z-
o‘zidan izga tushib ketishi
shubhasiz.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 10.07.2015 23:59
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz