Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Aybdorlik hissidan qanday qutulish mumkin?

Aybdorlik - qalbimizni tig‘ kabi yemirib, erkin nafas olishga yo‘l qo‘ymay, hayotdan zavq olib yashashga imkon bermaydigan yoqimsiz his. Doim aybdor kayfiyatda yurganimiz tufayli xatto harakatlarimizni oqlashga ham qo‘rqib qolamiz. O‘zligimizga bo‘lgan hurmat va ishonchni yo‘qota boshlaymiz. Qilgan har bir ishimizdan kamchilik qidira boshlaymiz va haddan ortiq siqilganimizdan atrofdagilarga keraksiz va baxtsiz his etamiz. Agar bu his qalbimizda chuqur ildiz otgan bo‘lsa, undan birdaniga xalos bo‘lish qiyin bo‘ladi. Ba’zan bunga erishish uchun butun umrimiz ham yetmasligi mumkin. Ba'zan esa bir kunning o‘zidayoq undan qutulishimiz mumkin.

 

Qanday qilib aybdorlik hissidan xalos bo‘lish mumkin? O‘tmish haqida qayg‘urmasdan yashashning iloji bormi?

 

Aybdorlik hissidan qutulishning birinchi sharti uni tan olishdir. Aybingizni yoqimsiz, ammo sodir bo‘lgan va o‘zgartirib bo‘lmaydigan haqiqat sifatida qabul qiling. Ha, siz do‘stingizga yordam bera olmadingiz. Bunga sharoitingiz yo‘l qo‘ymadi. Bu esa ayni haqiqat. O‘tib ketgan va o‘zgartirib bo‘lmaydigan narsa uchun nega o‘zingizni qiynashingiz kerak?

 

 

Bu hisdan xalos bo‘lishning ikkinchi sharti kechirishdir. Sizni sevgan insoningiz tashlab ketdimi? Uni bir umr qarg‘ab, qilgan yomonliklari o‘ziga qaytishini tilab o‘tishingiz mumkin. Bunga haqqingiz bor, albatta. Xiyonatkor insonni kechirish uchun qanchalik kuch kerakligini so‘z bilan ta’riflash qiyin. Kechirimli bo‘lish mushkul, ammo buni uddalasa bo‘ladi. Shunday ekan, uni avf etishga harakat qilib ko‘ring. Hech bo‘lmasa aybdorlik haqidagi xayollar, unga bo‘lgan nafrat sizni qiynamasligi uchun kechirish lozim.

 

Avvalo, o‘zingizni kechiring. Shunda aybdorlik hissi sizni boshqa bezovta qilmaydi.

O‘zingizga qarata baland ovozda: “Men seni kechirdim” deb ayting. Avf etish yo‘li bilan qanday bo‘lsangiz, o‘zingizni shundayligingizcha qabul qilgan bo‘lasiz. Siz ham insonsiz. Sizning ham xato qilishga haqqingiz bor. Bularni tushunib yetsangiz, aybdorlik hissidan xalos bo‘lasiz. Boshqalar sizga aybdorlik hissini singdirishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Bu sizni boshqarishning eng oson usuli ekanligini yodingizda tuting.

 

Sizga bergan saboqlari uchun kechagi kunga minnatdorchilik bildiring uni qo‘yib yuboring. Aybdorlik hissidan qutulish uchun o‘tmish bilan batamom xayrlashish lozim. O‘tmishingiz, undagi barcha xatolaringiz sizning hayotingiz demakdir. Hayotingizning har bir lahzasi qadrli, chunki bu - sizning hayotingiz. Shunday ekan, o‘zingizni sevishni o‘rganing.

 

Biz sizga tuganmas baxt tilaymiz!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.11.2017 04:48
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz