Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ayollar o'rtasida haqiqiy do'stlik bo'ladimi?

Do'stlik - bu so'zning ma'nolari turlicha. Va har kim o'zi xohlaganicha tushunishi mumkin. Lekin ayollar borasiga kelsak, bir oz tushunarsiz holatga kelib qolamiz. Chunki ayollar tabiatan bir-birlari bilan raqobatda dir. Va shu sababdan ayollarga yaqin dugona topish mushkul vazifadir. Keling, ayollar do'stligiga hos bo'lgan xususiyatlarini tushunishga urunib ko'ramiz.

Haqiqiy do'stlar qayerdan olinadi

Odatda bolalikdan yoki talabalik yillaridan, ya'ni hali bizning ko'nglimiz beg'ubor, pok va hayotning turli hil sinovlaridan o'tmagan bo'lgan vaqtda. Bolalikdagi do'stlar - bizni Parvardigori olam qanday yaratgan bo'lsa huddi shunday ko'rgan insonlardir. Barcha kamchiliklarimiz, qo'rquv va boshqa sifatlarimiz bilan. Bu bir tomondan yaxshi, ya'ni biz ular bilan o'zimizni tabiiy va ochiq tutamiz. Ular bilan barcha sirlarimizni, dardlarimizni bo'lishamiz. Barcha odamga bunday do'st kerak dir. Do'st siz, o'zimizni qo'lsiz his etamiz. Ba'zan ayni ular bizga hayotimizda asosiy tanlovni qabul qilishga yordam berishadi. Va ayni ular, biz shubhalaniyotkamizni tushunib, dildan yordam berishga harakat qilishadi.

Qaysidir ma'noda bizning birinchi darajadagi o'rtog'imiz hayotimizda psixoterapevt rolini o'ynaydi, biz ham ularning hayotida huddi shundaymiz. Oxirgi kunimizgacha birga bitta qayiqda suzamiz. Barcha hayotdagi og'ir sharoitda ham qayiqdan tushmaymiz. 

Lekin vaqt o'tgan sari odamlarga bo'lgan aloqalarimiz o'zgaradi. Bizda shaxsiy munosabatlar, do'stlar va boshqa turdagi sharoitlar paydo bo'ladi. Va bularning hammasi o'rtog'ingiz bilan bo'lgan yaqinlikni yo'qotishga sabab bo'lishi mumkin. Va avvalgi ochiqlik sekinlik bilan uzoqlashadi. Va shunday hollar bo'ladi-ki boshqa do'stlar orasida barcha sirlaringizni biladigan o'rtog'ingiz sizni noqulay vaziyatga qoldiradi. Va sekin astalik bilan sizning ko'nglingiz so'vishni boshlaydi. To'g'ri, balkim u no'haqdir, lekin shu dam siz xafa bo'lmastan, do'stingizga to'g'ri tushuntirishga urunib ko'ring. Agar haqiqiy do'st bo'lsa sizni tushunadi, yoki siz noto'g'ri tushungan bo'lsangiz, tushuntiradi.

Qanday sabablar do'stlikni vayron qilishni boshlaydi

Real tomondan qaralganda, ayollar har doim, hatto o'zi bilmagan holda ham o'zini boshqa ayollar bilan solishtiradi, raqobatchilik qiladi. Va ba'zan o'rtadagi do'stlik bir shartnomaga o'xshaydi, har biri o'ziga kerak bo'lgan narsani oladi. Kimdir moddiy bonusga ega bo'lgisi keladi. Kimgadir o'rtoq - ichidagi dardini to'kib barcha muammolarini aytish uchun kerak. A kimgadir esa do'st bebul yordamchi sifatida, uy ishlarida, bolalarga qarashda, diplom ishlarini yozishda kerak bo'ladi. Ba'zan do'stimiz - yo'lko'rsatgich, masqaraboz, massajchi, tog' va do'kolarga borish uchun sherik, tarjimon, suhbatdosh hatto qorovul ham bo'la oladi. Va bu yomon emas! Biz hammamiz kimdirni to'ldirish, qo'llab quvvatlash, qutqarish uchun kerakmiz. Va shuning uchun ham odamlar do'stlashadi. Va bularni do'stlik sifatida, ko'ngildan qilsa muammo yo'q. Lekin ba'zan bunday do'stlik qanday dir "qonso'rish" ga o'xshab boradi. Ayting-chi faqat foydalanish uchun kerak bo'lish kimga yoqadi?

Yana shunday holatlar bo'ladi-ki, ikki o'rtoq ham bir ishga topshirishadi, yoki bir narsani sotib olishmoqchi bo'ladi, va shunday vaziatlarda o'zingiz bilib bilmagan holda raqobatchilik boshlanadi. Har biringiz sizga tegishli bo'lgan narsani olishga, bir-biringizdan yaxshi bo'lishga urunishni boshlaysiz. Va natijada o'rtadagi do'stlik yo'q bo'ladi, yoki qaysi dir muddatga uzoqlashadi. Agar sizda shunday holat bo'lsa nima qilardingiz? Qaysi birini tanlardingiz? Do'stliknimi yoki orzu, maqsadnimi? Bu juda qiyin sovol. 

Lekin nima bo'lishidan qat'iy nazar biz kimga dir: "Maslahat berishing shart emas. Meni tinglasang bas", degimiz keladi. Faqat ayni shuning uchun bizga yaqin do'st kerak bo'ladi.

Do'stlik - bu muqaddas narsadir, va hammaga ham berilavermaydi. Agar sizda shunday inson bo'lsa, uni e'zozlang va qadriga eting. Orangizda qanday xafagarchilik bo'lgan bo'lsa ham, u bilan aloqaga chiqing va masalani hal qiling, lekin do'stlikdan ayrilmang.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 04.09.2017 11:53
- Категория: Ayollarga Maslahat!, Qizlarga Maslahat, Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz