Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Bahtli Xayot Sari 15 Qadam

BAXTLI HAYOT SARI 15
QADAM...
Keling tabarruk juma
kunining ilk
daqiqalaridanoq yangi
hayot sari qadam
tashlaymiz. Mariya
Robinson aytganidek,
“Hech kim o’tmishni
o’zgartira olmaydi, lekin
barchada yangi yakunga
erishish uchun hammasini
boshidan boshlash imkoni
mavjud”. Bu fikrga
qo’shilmay iloj yo’q.
Buning uchun eng avvalo
ayrim narsalarga nuqta
qo’yishingiz zarur:
1. Fikrlash doirangizga zid
insonlar bilan vaqtingizni
o’tkazishni bas qiling.
Har tomonlama
“suvingizni siqib
ichadigan” insonlar bilan
hayotingizni o’tkazish
uchun umringiz juda
qisqa. Agar kimdir siz
uning hayotidan o’rin
egallashingizni istasa,
sizning halovatingiz ustida
qayg’uradi. O’z o’rnida siz
uning oldida bo’lishingiz
uchun kurashishga hojat
yo’q. Yodingizda tuting,
haqiqiy do’stlar sizning
faqat yuqoriga
parvozingiz vaqtida emas,
balki omadsiz
kunlaringizda ham
yoningizda bo’lishi lozim.
2. O’z muammolaringizdan
qochib qutilmaysiz.
Muammolaringizni
yuzma-yuz qarshi oling.
Bu albatta oson bo’lmaydi.
Zero, hayotdagi zarbalarga
beparvo holatda dosh
bera oluvchi mavjudot
yo’q. Bizdan barcha
muammolarni bir
vaqtning o’zida yechish
talab etilmaydi. Bunday
vaziyatlarda — hafa
bo’lamiz, og’riqni his
qilamiz, tushkunlikka
tushamiz, qoqilamiz va
yeqilamiz. Bularning
hammasi bizga hayotiy
saboq, yashash uchun
kurash, o’rganmoq,
diqqatni jamlamoq va
oxir-oqibat muammolarni
hal qilishni o’rgatadi.
Barcha yengib o’tgan
muammolarimiz bizlarni
inson sifatida
shakllanishimizda yordam
beradi.
3. O’zingizga aldashni bas
qiling.
Siz boshqalarni
aldashingiz mumkin, lekin
o’zingizni emas.
Hayotimizdagi
masalalarga tavakkal ila
yechim bersakgina yaxshi
tomonga o’zgarishiga
zamin yaratgan bo’lamiz.
Binobarin, biz uchun ilk va
mushkul tavakkal qadam
— bu o’z-o’zimiz bilan
to’g’riso’z, halol, pok,
vijdonli va sofdil
bo’lishimiz zarur.
4. Istaklaringizdan voz
kechishni bas qiling.
Hayotda eng qo'rqinchli
hodisa — inson o'zligini
yo'qotishidir. Ba'zan yaqin
insonlarimiz uchun
keragidan ziyod e'tibor
qaratamiz va hatto o'z
qiziqishlarimizu,
maqsadlarimizni ham
esdan chiqaramiz. Albatta,
siz o'zgalarga e'tiborsiz
bo'lmang, lekin shu bilan
birga o'zingizni ham esdan
chiqarmasligingiz
lozimligini unutmang.
Agar o'zingizga kerakli
narsalarni tanlash
vaziyatini kutayotgan
bo'lsangiz, kechikmang!
Zero, buning vaqti keldi.
Hayotingizga quvonch
olib kiring.
5. O’zgalarga taqlid
qilmang.
Hayotdagi eng qiyin
masalalardan biri — sizni
o’zgartirishga harakat
qiladigan hayotda
o’zligingizni saqlab
qolishdir. Hayotda doim
kimdur eng chiroyli bo’lsa,
boshqa birov eng aqilli
bo’ladi, yana birov go’zal
bo’ladi, lekin hech kim
“siz” bo’la olmaydi.
Boshqa insonlarni hursand
qilish uchun o’zingizni
o’zgartirishga intilmang.
O’zligingizni saqlab qoling
va siz yoqtirgan insonlar
sizni qanday bo’lsangiz
shundayligingizcha qabul
qilishadi.
6. O’tmishni qo’yib
yuboring.
Siz o’tmishni qo’yib
yubormasakansiz,
hayotingizni yangi
sahifasini ocha olmaysiz.
7. Xato qilishdan
qo’rqmang.
Adashib xatolikka yo’l
qo’yish — hech narsa
qilmaslikdan ko’ra
yaxshiroq. Har bir
muvaffaqiyat bo’lib o’tgan
muvaffaqiyatsizliklar
asnosida vujudga keladi
va har bir yiqilish
muvaffaqiyatga
yetaklaydi. Oxir oqibatda
siz nimalarni qila
olganingiz haqida emas,
nimalarni qila
olmaganingizni o’ylab
afsuslanasiz.
8. O’tgan xatolarni deb
o’zingizni azoblamang.
Biz qilgan xatolarimizni
eslab afsuslanishimiz
mumkin, lekin hammasi
biz istamagandek tus
olgan bo’lsa ham, bir
narsani aniq ayta
olamizki, xatolar
kelajakda bizga to’g’ri yo’l
tanlab, kerakli insonlarni
tanlashda yordam beradi.
Hammamiz o’tgan
xatolarni eslab
tushkunlikka tushamiz,
afsuslanamiz va tabiiyki
ko’z yosh to’kamiz. Ammo
“siz” xatolaringiz emassiz,
“siz” o’zingizni
kurashayotgan
muammoingiz emassiz,
SIZ — hozir va shu
yerdasiz — o’z
hayotingizni va
kelajagingizni qurish
imkoniga egasiz. Sizning
hayotingizda nima
bo’lishidan qat’iy nazar —
bu kelajagingizga
o’zgartirishlar olib kiruvchi
yana bir yangi qadamdir.
9. Baxtni sotib olishga
intilishni to’xtating.
Ko’nglimiz tusaydigan
narsalarni ko’pi
qimmatbahodir. Lekin
haqiqat shundaki, bizni
chindan ham baxtiyor
qiladigan narsalar — oila,
muhabbat, hursandchilik
va boshqalar — mutlaqo
pulsiz ekanligini
unutmaylik.
10. Bekorchilikni
to’xating.
Juda uzoq o’ylamang, aks
holda siz muammo yo’q
yerdan ham muammo
tug’dirasiz. Vaziyatga
to’g’ri baho bering va
vaziyatni uzil-kesil hal
qiling. Qarshilik ko’rsatib
hayotingizni o’zgartira
olmaysiz. Zero, har bir
jarayon tavakkallikdan
boshlanadi va bunda
ketma-ketlik muhim o’rin
tutadi. Axir, siz
savodingizni oshirmay
kitob o’qiy olmaysiz-ku.
11. Hali tayyor emasman,
deb o’ylashni to’xtating.
Hech kim, hech qachon
o’zini biror narsaga 100%
tayyordek his qilmaydi.
Hayotimizdagi ko’p
vaziyatlar bizni imkoniyat
chegaramizdan chiqishga
majburlaydi,

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 21.02.2015 20:18
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz