Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Eringiz qaysi oyda tug‘ilgan

Juftingiz qaysi oyda tug‘ilganligiga qarab fe’l-atvoriga tashxis quyamiz. Keling quyida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz.

Dekabr

Kezi kelganda, juda qattiqqo‘l. Ilm qilishga moyil bo‘lishadi. Notanishlar bilan tez til topishishadi. Karera borasida ham oshig‘i olchi, faqat shuhratga berilib, manmanlik qilishmasa, bas. Jahli chiqqanda, olovga yog‘ sepmay, jim turishingiz shart.

Yanvar

Juftingiz shu oyda tug‘ilgan bo‘lsa, demak, u muloyim va juda ta’sirchan. Do‘st-birodalardan yordamini ayashmaydi. Ko‘ngilsizliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga harakat qilishsa, omad qushi ularni tark etmaydi. Biroz sabrsizliklari sabab munosabatlarda tushunmovchilik kuzatilishi mumkin.

Fevral

O‘ziga ishongan, uyim-joyim deydigan, zakovatli erkaklar aynan shu oyda tug‘ilarkan. Ayriliqdan qo‘rqishadi. Doim oila davrasiga shoshishadi. Ular uchun eng muhimi, oilaviy baxt. Bitta kamchiliklari kurashuvchanmas. Maqsadlari yo‘lida kichik muammo sabab ham hammasiga qo‘l siltab ketishadi.

Mart

Bahorning ilk oyida tug‘ilgan erkaklar sog‘lom firklaydigan bo‘lisharkan. Shu bilan birga, juda tejamkor ham. Pullarini tiyin-tiyinlab yiqqanlari uchun ham katta rejalarni bemalol amalga oshirishadi. Salbiy tomonlari – muammoli vaziyat tug‘ilganda quyon bo‘lishga usta.

Aprel

Katta bo‘lsa-da, bolaligini qo‘ymagan erkaklar tadbirkor va gapga to‘n kiydiradiganlardan. Aynan shu xususiyatlari sabab ular atrofdagilarni o‘z so‘ziga ishontira olishadi va pul borasida omadlari chopadi. Mas’uliyatli bo‘lishsa, hayotda ko‘p narsaga erisha olishardi.

May

Vahimakashligini hisobga olmasak, aqli va topqirligi tahsinga loyiq. Xotirjamlik ular uchun juda muhim. Shuning uchun shovqin-suronga yo‘qlar. hayotlari bir maromda kechishini istashadi. O‘zgarishlardan cho‘chishadi.

Iyun

Mazkur oyda tavallud topgan erkaklar barchaga birdek yaxshilik istashadi, qo‘ldan kelgancha atrofdagilarga yordam qilishadi. Bu oyda tug‘ilganlar bilan taqdiringizni bog‘lasangiz, hayotingiz farovon kechadi. Chunki ular har qanday vaziyatda ham oltin o‘rtalikni topa olishadi. Salbiy jihatlari, salomataliklariga befarqligi.

Iyul

Favqulodda iqtidor egalari ayni shu oyda dunyoga kelishar ekan. Biroz xayolparatsliklari ham shundan. Ular mashhurlikka va boylikka intilishadi. Agar maqsadlari sari tinmay harakat qilishsa, erishishadi ham. Faqat uni doim olg‘a undab turishingiz kerak.

Avgust

Erkinlikni xush ko‘rishadi. O‘ziga xon – ko‘lankasi maydon, bo‘lib yurishni istaydi doim. Shu sabab o‘smirligi ota-onalar bilan muammolar kuzatiladi. Omadlari chopishi yanada o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi.

Sentyabr

Kuzning ilk oyida tug‘ilgan erkaklarning ham taqiqlarga xushi yo‘q. Xolis va ezgulik istovchi bo‘lishadi. Manfaat ko‘zlamaydigan do‘stdir ular. Faqat birovlarning fikri bilan ish tutishi yaxshimas.

Oktyabr

Oilasining, yaqinlarining tashvishi bilan yonib-kuyadiganlar. Ishonuvchanliklar ba’zida pand berib qoladi. Tuyg‘ulariga quloq tutishadi. Vafodorliklari esa tahsinga loyiq.

Noyabr

Ushbu oy vakillari dono, hajviyaga usta va ishning ko‘zini biladigan bo‘lishadi. Karera pog‘onalarining cho‘qqisini zabt etishadi. Chunki ular ma’suliyatli va mehnatkash. Birovlarning manfaatini deb, o‘zining imkoniyatlarini cheklashlari zarariga ishlaydi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 24.05.2017 14:11
- Категория: Ayollarga Maslahat!, Psixologiya, Burjlar Haqida Qiziqarli
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz