Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Haqiqiy ayollar muvaffaqiyatining 8 siri

Quyidagi qoidalar barcha ayollar – ishbilarmon tadbirkorlardan tortib to oddiy uy beklarigacha universaldir. 

1. Muvaffaqiyatli ayollar qo‘rquvga tik boqadilar

Agar siz karyera zinapoyasi sari olg’a intilishni xohlasangiz, bir kun emas bir kun albatta o’z qo’rquvingizga tik boqishni o’rganishingizga to’g’ri keladi. Undan qochishga uringan barcha harakatlaringiz zoye ketib,qimmatli energiyangizni bekorga sarflaganingiz qoladi xolos. Asablar tarangligi esa hech qayerga yo’qolib qolmaydi. Aksincha, salbiy o’y-xayollar qo’rquvingizni yanada kuchaytiradi va oqibatda sizga yomon ta’sir ko’rsatadi. Buning o’rniga o’z aqliy kuchingizni ishga solib, fikringiz va his-tuyg’ularingizni nazorat qilishni o’rganingki, u ishingizga faqat foyda keltirsin. 

2. Biz ziddiyatlardan hech qachon qochmaymiz

Aksariyat hollarda ba’zi odamlar birovlar bilan ziddiyatlarga bormaydilar va buni jahldorlik va hurmatsizlik deb biladilar. Ammo bunday emas. Aslini olganda ziddiyatlar umuman boshqacha tus olishi ham mumkin. Eng muhimi, kimdir sizning fikringiz va his-tuyg’ularingizni atayin boshqarishga urinsa siz bunga e’tiborsiz bo’lmang. Suhbatdoshingiz bilan o‘rtada haqiqatdan ham qandaydir ziddiyatli vaziyat borligini qanchalik barvaqt sezsangiz, uni tugatishga shunchalik tezroq harakat qilganingiz ma’qul (bunda albatta baqirish yoki qo’lni paxsa qilish shart emas). Ammo bunga albatta javob berish kerak. Aks holda xarakteringiz kuchliligi borasida odamlarda shubha uyg‘onishi mumkin. 


3. Muvaffaqiyatli ayollar o’z ichki tanqidlariga quloq somaydilar. 

Aql kuchi – bu o’z o’y-xayollarimizni nazorat qilib, xatti-harakatlarimizni xayol emas, aql orqali boshqarish qobiliyatidir. Bunga erishish qiyin emas. Asosiysi, o’z-o’zimiz bilan suhbatni to’g’ri yo’lga qo’ya olishimiz va faqat aniq (ko’pincha ijobiy) fikrlashga harakat qilishimiz lozim.

4. Biz hech qachon vaziyat ideal bo‘lishini kutib o‘tirmaymiz.


Zo‘r ish joyini topish yoki qulay vaziyatni kutib o‘tirish muvaffaqiyatli ayollarga xos hislat emas. Yuksak pog‘onaga yetishishni istasangiz, noma’lumlik oldidagi normal qo‘rquv bilan o‘ziga ishonchsizlik hislarini ajrata bilishingiz kerak. Omadsizlikda birovlarni ayblash bilan hech narsaga erishmaysiz. Bunday axmoqlik bilan faqatgina o‘zingizni ayblagan bo‘lasiz. Niyat qilgan barcha maqsadlarimga erishdim, deb hisoblasangiz ham o‘qib-o‘rganish va rivojlanishdan to‘xtamang. Imkoniyatlaringizdan maksimal darajada foydalanishga harakat qiling. 

5. Biz o’z o’tmishimizni xatodek qabul qilmaymiz.

Ha, yoshlikda yo’l qo’yilgan xato haqiqatdan ham og’riqli bo’lishi mumkin, ammo qilgan har bir xatoyimizdan albatta biror narsa o‘rganamiz, saboq olamiz. O‘tmish bizning kim ekanligimizni belgilab bermaydi, balki kelajakda qanday shaxs bo‘lib yetishishimizga tayyorlab boradi. 

6. Omadli ayollar boshqalardan ajralib turish imkoniyatini qo'ldan boy bermaydilar.

Omadli ayol bo‘lishning eng samarali va tez usuli – bu hech kim bajarishga botinolmagan ishga qo‘l urishdir. Asosiysi, ishni puxta bajarish va shu tariqa qolganlardan yaqqol ajralib turishdir. Maqsadga yetgach, olg‘a intilishdan to‘xtamaslik kerak. Zero, yangi imkoniyatlardan foydalanmaguncha qo‘limizdan nimalar kelishini tasavvur ham qilolmaymiz. 

7. Biz aql bilan ish tutishni unutmaymiz.

Vaziyat qanday tus olishidan qat’i nazar, muvaffaqiyatli ayollar har doim vaziyatni boshqara oladilar. Ko‘pchilik omadim kelmadi, deya aybni faqat omadga ag‘daradi. Kuchli liderlar esa xato yoki aybni avvalo o‘zlaridan qidiradilar. To‘g‘ri, taqdirimizda omadning ham ahamiyati bor. Ammo diqqatni faqat omadga qaratib, vaqtimizni bekorga sarflash ham to‘g‘ri emas. 

8. “Qila olmayman” degan so‘z biz uchun yotdir.

Muvaffaqiyatli ayollar yuqoridagi gapni hayotining shiori qilib oladilar. Maqsadga yetishish yo‘li qanchalik murakkab bo‘lmasin, ular hech qachon yengilmaydilar, orzularidan voz kechmaydilar. “Qo‘limdan kelmaydi” deyishingiz bilanoq boshqalar ko‘z o‘ngida o‘z hissiyotlaringiz va xarakteringizni boshqara olmaydigandek tuyulishingiz mumkin. Sizning hamkasblaringiz va rahbariyat esa "qila olmayman" degan so‘zingizda qo‘rquv va o‘ziga ishonchsizlikni darrov payqab oladilar. Bu esa muvaffaqiyatli ayollarga xos emas. 

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.11.2017 04:48
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz