Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Pessimist erkak bilan qanday yashash kerak?

Agar sizning yaqin insoningiz pessimist va noliyveradigan bo’lsa nima qilish kerak? Shundayligicha qabul qilish kerakmi yoki qayta tarbiyalab olishga harakat qilish kerakmi? Menimcha unda muloyimlik, masuliyat bor,biroq o’zining doimiy tushkun kayfiyati bilan hammasini chippakka chiqaradi. Salbiy jihatini nima qilish kerak? Bunday insonni o’zgartirib bo’ladimi?

Pessimistlik qachon namoyon bo’ladi?

Pessimistlar – bu shunday odamlarki, istalgan vaqtda xoxlagan g’oyani barbod qilishlari mumkin. Ularning hayoti faqat qora ranglardan iborat va eng muhimi shundaki, ular o’z o’ylagan maqsadllari nima uchun amalga oshmaganligini sababini bilishlarini e’tirof etadilar. Ular doim hayotdan noliydilar va ularning tushkun kayfiyati atrofdagi yaqin odamlariga ham o’tadi. 

Barcha pessimistlar atrofiidagi odamlar bilan o’z bahti, xursandchiligini bo’lishgisi kelmaydi. Ular bu baht bir kun emas bir kun bari bir barbod bo’ladi deb xisoblaydilar. Pessimistlar turli irimlarga ishonadilar. Misol uchun, “Ko’p kulsang – ko’p yig’laysan”, “Agar o’z maqsadlaring haqida biror kimsaga aytsang ishing orqaga ketadi”. Shu sababli ular atrofdagi odamlar bilan yaxshi kayfiyat, baht, xursandchilklarini emas, aksincha, omadsizliklarini dardlarini, baham ko’radilar, noliydilar.

Juda ko’p hollarda pessimistlar ularning energiyalarini so’rib olish maqsadida ko’tarinki kayfiyatdagi odamlar suhbatlashishga harakat qiladilar. Biroq ijobiy odam o’z nomi bilan iijobiy odam. Undan qanchalik ijobiy jihatni olsangiz ham unda unda bu jihatlari kamayib badjahl bo’lib qolmaydi. Pessimistga esa kotarinki ruh qo’shilmaydi, chunki uning qalbi salbiy hislatlarga to’lgan va u hech narsani o’zgartirishni istamaydi. Agar siz pessimist odamning ayoli bo’lsangiz u sizning barcha yaxshi orzu –istaklaringizni chippakka chiqaradi.

Lekin bunday odamlaning ham o’ziiga yarasha yaxshi taraflari bor. Ular oilaviy hayotda anchayin vafodor bo’lishadi va doim qiyinchiliklarga tayyor turishadi. Ammo pessimist erkak bilan yaxshi yashash uchun muayyan qobiliyatlarga ega bo’lishingiz kerak: tushkun kayfiyat bilan zararlanmaslik, aksincha, e’tibor bermaslik, ba’zi vaziyatlarda qo’llab quvvatlashingiz, ba’zilarida esa o’zingizdan itarishingiiz kerak. Agar siz bunnga qodir bo’lmasangiz yoki butun hayotingizni bunday yashab o’tkaza olmasangiz unda umuman harakat qillmang, aks holda sizni ham pessimistlik o’z domiga tortib ketadi.

Pessimist erkaklarning ham ijobiy tarflari bormi?

Pessimist – energetik vampirdir. Ammo uning ham o’ziga yarasha yaxshi taraflari bor. Ular o’z juflarining kamchiliklarini osonlik bilan qabul qiladilar, chunki hamma insonlar ham ideal emasligini tushunadilar. Pessimistlar juda kam hollarda hiyonat qiladilar, o’z olilalarini tashlab ketmaydilar. Bunday erkaklar jiddiy, o’ychan, mehnatkas va mantiqiy fikrlashga usta bo’ladilar. Ular muammolardan qochmaydilar, hammasini boricha qabul qiladilar va shunday bo’lishi kerak deb hisoblaydilar. Pessimistlardan juda yaxshi hisobchi va huquqshunoslar chiqadi. 

Pessimist erkak bilan qanday yashash kerak u bilan qanday munosabatda bo’lish kerak? 

Psihologlarning ta’kidlashicha, bunday insonlarni o’zgartirishning deyarli iloii yo’q. Agarda siz chin dildan shu insonni sevsangiz va o’zingiz uning hayotini bezashga ahd qilgan bo’lsangiz – olg’a. Quyida sizga bir nechta maslahatlar beramiz:

1.Pessimist insonni ertaga yoki bir oydan so’ng ko’ngilsiz voqea bo’lishi mumkinligini o’ylamsdan hozirgi hayot bilan yashashga o’rgating. 

2.Aksariyat bunday erkaklar tund kayfiyatdagi kinolarni ko’radilar vas shu turdagi kitoblarni mutoala qiladilar.Unga komediya janridagi filmlar tomosha qilishni taklif qiling, ko’zga ko’rinar joyga xazil-mutoyibaga boy bo’lgan kitoblarni qo’ying. 

3. Pessimist odam o’ziga nima ravo ko’rsa shu bo’lishini, optimist odam esa nimani xoxlasa shunga erishishini o’rgating. Agar u o’zi mo’jiza yuz berishiga yo’l qo’ysa u albatta ro’y beradi. Hayotda ko’p narsa bo’lishi mumkin. Eng muhimi – buni xoxlash kerak. 

4.Ko’proq xazil qiling. Agar u sizni biror ishni qilmaganingiz yoki taom yaxshi chiqmaganini aytib koyishni boshlasa siz buni xazilga burishga harakat qiling. 

5.Pessimist odamni ham biror nima xursand qilishi aniq, unga nima yoqishini bilib oling. Bu dengizda cho’milish, uyda tayyorlangan non, klassik musiqa tinglash, pista chaqib suhbatlashib o’tirish kabi oddiy narsalar bo’lishi ham mumkin. Endi bu sizning ham hayotingiz. Iloji boricha barcha narsalarni birga barjarishga harakat qiling. Uning qadriyatlarini hurmat qilishingizni ko’rsating.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 04.09.2017 11:53
- Категория: Ayollarga Maslahat!, Qizlarga Maslahat, Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz