Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Psihologiya Tarixi va Bugungi kun

Psixologiya (psixo...
va ...logiya) — inson
faoliyati va hayvonlar
xattiharakati jarayonida
voqelikning psixik aks
etishi, ruhiy jarayonlar,
holatlar, hodisalar,
hislatlar toʻgʻri-sidagi
fan. P.ning tadqiqot
predme-tiga sezgilar va
idrok obrazlari, ta-fakkur
va hissiyot, faoliyat va
muomala kabi
psixologik jarayonlar,
kate-goriyalar kiradi.
P.ning asosiy vazifalari
— psixika
qonuniyatlarini, inson
ruhiy holatlari
shakllanishini filogenetik
va ontogenetik tarak,-
qiyot birligida ochishdan
iboratdir. Mazkur
vazifalar yechimini
topishda P. bir
tomondan, biol. fani
sohalari b-n, jumladan,
fiziologiya b-n, boshqa
tomondan esa,
sotsiologiya,
pedagogika, madaniyat
tarixi, mantik hamda
ijtimoiy fanlar bilan jips
aloqaga kirishadi. P. eng
avvalo, psixikaning
insonga xos shakli
boʻlmish ong va oʻzini
oʻzi anglashni tadqiq
etadi.
Antik davrdan boshlab
psixologik bilimlar
falsafa va tibbiyot fanlari
negizida rivojlanib
kelgan. Yunon
shifokorlari Gippokrat,
Erasistrat psixikaning
organi miya ekanligini
bilganlar va inson jonini
koinotning ashyoviy
boʻlagi sifatida
(Demok-/shyaning
moddiyunchiligi asosida)
tal-qin qilganlar.
Ularning gʻoyalari
Platonning jon abadiyligi
toʻgʻrisidagi taʼlimotiga
qaramaqarshi qoʻyilgan.
Aristotel "Jon
toʻgʻrisida"gi asarida
psixologik tushunchalar
tizimini ishlab chiqdi.
Oʻrta asrlarda psixikaga
nisbatan har xil
koʻrinishdagi
gʻayritabiiy qarashlar
hukmronlik qildi. Shu
tufayli psixologik
bilimlar rivojlanmay
qoldi. Ammo baʼzi
faylasuflar va shifokorlar
(Ibn Sino va b.)
asarlarida bu sohada
olgʻa qadam qoʻyildi.
Inson xususiyatlari
toʻgʻrisidagi
maʼlumotlar qad.
qoʻlyozmalar,
yodgorliklarda oʻz aksini
topa boshladi. Turli
mamlakatlarda va
shaharlarda tuzilgan
akademiyalarda
(Xorazm, Samarqand,
Kiyev, Moskva va b.
shaharlarda) P.
yuzasidan
tinglovchilarga saboq
berilgan.
Yevropa Uygʻonish
davrida Leonardo da
Vinchi, X. Vives kabilar P.
rivojiga oʻz hissalarini
qoʻshdilar. 18-a.gakelib
M. V. Lomonosov, A.N.
Radishchev, G. S.
Skovoroda, T. Gobbs, B.
Spinoza, G. Leybnits. J.
Lokk, K. A. Gelvetsii, P. A.
Golbax, D. Didro P.da bir
talay kashfiyot qildilar,
uni amaliy maʼlumotlar
bilan boyitdilar. P. 19-
a.ning 2yarmiga kelib
mustaqil fan sifatida
ajralib chikdi. Nemis
olimi V. Vundt Leypsigda
1879 y. dastlabki
eksperi-mental lab.ni
jihozlashga erishdi.
P. taraqqiyotida
umuman 19-a.dagi ek-
sperimentlar alohida
ahamiyat kasb etdi. Bu
davrda psixologik real
voqelikni oʻrganish
uchun metodlar majmu-
asi qoʻllana boshlandi:
kuzatish, lab.
eksperimenti, tabiiy
eksperiment, faoliyat
natijasini tahlil qilish,
ruhiy jarayonlarni
modellashtirish genetik
metodi, test, ekspert
baholash, intervyu,
anketa, soʻrovnoma,
tarjimai hol va h.k. 19-a.
oxiri —20-a. boshlarida
qator psixologik ilmiy
maktablar, yoʻnalishlar
vujudga keldi:
bixeviorizm,
geshtaltpsixologiya,
personalizm, freydizm va
h.k. P.ningrivojiga I. M.
Sechenov (psixikaning
reflektor tabiati), I. P.
Pavlov (oliy nerv
faoliyati) taʼlimotlari
muhim hissa boʻlib
qoʻshildi. Rossiyada V. M.
Bexterev eksperimental
lab. (Qozon, 1885),
Harkov universiteti va N.
N. Langening Odessadagi
lab., G.Chelpanovning
Kiyevdagi, S. Korsa-
kovning Moskvadagi,
keyinchalik V. M.
Bexterev, A. Lazurskiy, A.
Nechayevlarning
Peterburgdagi, V.
Chijning Yuryev (Tartu,
Estoniya)dagi
eksperimen-tal lab. lari P.
taraqqiyotiga alohida
taʼsir oʻtkazdi. 1912 y.
Moskva universitetida
Psixologiya instituti
ochildi. Shu yilda I. A.
Sikorskiy tomonidan
Kiyevda jahonda birinchi
marta Bolalar psi-
xologiyasi inti tashkil
qilindi. 20-a. ning
1yarmida Rossiyada K. N.
Kornilov, P. P. Blonskiy
va b. dialekti-kaga
asoslangan ilmiy P.ni
yaratishga kirishdilar.
Hoz. zamon P.si koʻp
tarmoqli psixologik
bilimlar tizimidan iborat
fan hisoblanib, oʻzining
tadqiqot predmetiga ega
boʻlgan koʻplab
sohalardan tashkil
topgan: umumiy P.,
aviatsiya P.si, harbiy P.,
differensial psixologiya,
psixofiziologiya,
muhandislik
psixologiyasi, kosmik
psixologiya, huquq P.si,
tibbiyot P.si,
neyropsixologiya,
patopsixologiya,
pedagogik psixologiya,
mehnat P.si, sport P.si,
max-sus P., ijodiyot P.si,
menejment P.si,
marketing P.si, ijtimoiy
psixologiya, yosh
psixologiyasi, tashkiliy
P., din P.si, oila P.si, P.
tarixi, genetik P., amaliy
P., eksperimen-tal P.,
kasb P.si,
psixolingvistika, siyosiy
P. va b. P.ning
tarmoqlarga ajralishining
asosiy sababi uning
tarkibida tatbiqiy sohalar
vujudga kelishidir. P.
sanoatda, jamiyat
boshqaruvida, taʼlim
tizimida, sogʻliqni
saklash, madaniyat,
sport, transport, radio,
televideniye va b.
tuzilmalarda muhim
masalalarni hal qilishda
faol ishtirok qilmoqda. P.
erishgan yutuqlari shaxs
imkoniyatlarini
roʻyobga chiqarish va
ularni harakatga
keltirishda alohida
ahamiyat kasb qilmoqda
hamda shu asnoda
mehnat samaradorligini
oshirishga taʼsir
oʻtkazmoqda.
Zamonavyy

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 21.02.2015 20:19
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем
hmmm

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz