Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Psixolog maslahati: O‘zingizni boshqalar bilan taqqoslamaslikning 7 usuli

Ulg‘ayganimdan keyin o‘zimning hayotimni boshqalarniki bilan qiyoslashni va atrofdagilarning fikri bilan yashashni boshladim. Men shu holatda qolib ketdim. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun menga quyidagi maslaxatlar yordam berdi

Bolalik paytlarimda atorfdagilarning hatti-harakati meni qiziqtirmagan. O‘zimning rejam va qoidalarimga rioya qilib yashaganman. O‘zimni boshqalar bilan taqqoslamaganman va boshqalarning fikri mening hayotimga ta’sir ko‘rsatishiga yo’l qo‘ymaganman. Ulg‘ayganimdan keyin esa o‘zimning hayotimni boshqalarniki bilan qiyoslashni boshladim va atrofdagilarning fikri bilan yashashni boshladim. Men shu holatda qolib ketdim. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun menga quyidagi maslaxatlar yordam berdi.

1. Hayotingizni anglab yashang

Harakatlaringizni chuqur anglasangiz - siz bu hayotda nima xohlayotganingzni tushunishga yordam beradi. O‘zingizni boshqalar bilan taqqoslaydigan hayollardan o‘zingizni olib qochishga harakat qiling. Biz o‘zimizni qanchalik boshqalar bilan solishtirsak, bu bizga shunchalik ko‘p aziyat yetkazadi.

2. O‘zingizni sevishni o‘rganing

Biz nimaga o‘zimizni atrofdagilar bilan solishtirishni boshlaymiz? Chunki biz hayotdan aslida nima xohlayotganimizni unutib qo‘yganmiz. Agar siz o‘zingizni sevishni o‘rgansangiz - bu sizga aslida nimalarga qodir ekanligingizni tushunishga yordam beradi.

3. Sizda tanlov borligi haqida unutmang

Atrofdagilarning hayoti va yutuqlarini kuzatib borganingizda o‘zingizni omadsizdek his etishingiz mumkin. Ammo o‘sha o‘zingizni taqqosllagan odamlar ushbu yutuqlarga erishish uchun ko‘p qaror qabul qilaganliklari haqida unutmang. Diqqatingizni oldingizda turgan ishlar va rejalaringizga qarating. Biz o‘zimizni boshqalar bilan taqqoslaganimiz sari bu bizning orzularimiz ushalishiga to‘sqinlik qiladi. Bu hayotda sizni ko‘p ishlar va amalga oshirishingiz kerak bo‘lgan rejalaringiz kutmoqda.

4. Maqsadlaringiz haqida o‘ylab ko‘ring

Agar siz boshqacha hayot kechirmoqchi bo‘lsangiz ushbu maqsadga qanday yo‘l bilan borishni tushunishingiz kerak. Hayotingizga o‘zgartirish kiritish haqida ma’lumot yig‘ishni boshlang

5. Yagona ekanligingizdan g‘ururlaning

O‘zingizga bo‘lgan muxabbatni har kuni namoyon qilishingiz kerak. Kuchli tomonlaringizni tan olishdan qo‘rqmang. Agar atrofdagilar boshqacha yashayotgan bo‘lsa, bu siz tanlagan yo‘l xato degani emas. Siz o‘z hayotingizni begonalarning hayotiga taqqoslab yashamaysiz-ku, to‘g‘rimi?

6. O‘z kamchiliklaringizni qabul qilishni o‘rganing

Hech kim bu dunyoda mukkamal qilib yaratilmagan. Siz hayotda xato qilishni va qoqilib yana oyoqqa turishni o‘rganishingiz kerak. Ushbu qiyinchiliklar sizga shaxs sifatida ulg‘ayishga va siz o‘ylagan rejalar har doim ham amalga oshirilmasligini anglab yetishga yordam beradi. 

7. Atrofdagilarning yutuqlarini hurmat qiling

Boshqalarning yutuqlarini hurmat qilishni o‘rgansangiz o‘z hayotingizdan manmunligingiz ortadi. Biz bir-birimizni qo‘llab quvvatlashimiz kerak. Har kuni har xil muammolarga duch kelamiz, shuning uchun atrofimizda sodir bo‘layotgan yaxshiliklarni qadriga yetishimiz lozim.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.12.2017 21:12
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz