Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qo‘pol tanqidga qanday javob berish kerak?

Ba’zi odamlar bilan mulohazali suhbat qilishning imkoni bo‘lmaydi. Vaziyat javoban aytiladigan haqoratlargacha yetib bormasligi uchun, quyidagi maslahatlardan foydalaning.

  1. Tanqidni oldindan sezishga harakat qiling

Agar siz taqdimot yoki ma’ruza bilan chiqmoqchi bo‘lsangiz, qaysi bandlar tanqidga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Balki sizga avval ham shunga o‘xshash tanbehlar berishgandir. Nima deb aytishni oldindan o‘ylang. Tayyor javobingiz bo‘lsa, yoqimsiz so‘zlarga munosabat bildirishingiz osonroq bo‘ladi.

  1. Darrov javob qaytarmang

Achchiqlanmang va shoshilib javob qaytarmang. Piyolaga suv quying, fikringizni to‘plang, kerakli so‘zlarni tanlab oling.

  1. Umumiy samimiy jumlalardan boshlang

Jobs o‘zining bir ma’ruzasi vaqtida aytilgan tanqidga javob qaytarishda shunday iboradan boshlagan edi: «Biron narsani o‘zgartirishga urinayotganingda, eng qiyin to‘siqlardan biri hisoblanuvchilar – shu savolni beruvchi odamlar, ba’zi jihatdan haqdirlar». U o‘z javobini yumshatdi, va bir qarashda xuddi u opponentning fikriga qo‘shilayotgandek ko‘rindi, lekin keyingi so‘zlaridan bu unday emasligi ma’lum bo‘ldi.

Har doim, hatto agar siz suhbatdoshingiz fikriga mutlaqo qarshi bo‘lsangiz ham, javob berishni samimiylik bilan boshlang.

  1. Yakunida o‘z xatolaringizni tan oling, lekin o‘z jamoangizni qo‘llab-quvvatlang

Siz o‘zingizning eng katta muxlisingiz bo‘lishingiz kerak. Ayniqsa boshlanishida, siz faqat o‘zingizga va jamoangizga suyanishingiz mumkin. O‘z xatolaringizni tan oling, ulardan qanday xulosalar chiqarganingiz haqida aytib bering, lekin oxirida, siz va sizning jamoangiz ko‘p ishlayotgani, nima uchun siz qo‘llab-quvvatlashga loyiq ekanligingiz haqida albatta eslatib o‘ting.

Odamlar mashaqqatli mehnatni qadrlashga odatlangan, shuning uchun bu haqda eslatish bilan, siz tinglovchilarni o‘zingizga jalb qilasiz.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 23.11.2017 20:55
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz